Butunjahon saylov organlari assotsiatsiyasi bosh kotibi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
03.02.2016
Rukn: Коnferensiyalar, seminarlar va taqdimotlar.
Muallif: .

uz_3_02_2016

3 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida Butunjahon saylov organlari assotsiatsiyasi (BSOA) va Koreya Respublikasi Milliy saylov komissiyasining bosh kotibi Kim Yon Xi boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Delegatsiya mamlakatimizga O‘zbekiston Respublikasining Markaziy saylov komissiyaisi bilan hamkorlikda ikki davlat saylov organlarining hamkorligi istiqbollarini muhokama qilish, saylov qonunchiligi va huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish sohasida tajriba almashish maqsadida tashrif buyurgan.

Uchrashuvda delegatsiya a’zolari mamlakatimizda elektron hukumat tizimini joriy qilish, axborot-kommunikatsiyalarini rivojlantirish sohasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar bilan tanishdilar.

Jumladan, mehmonlarga fuqarolik jamiyatini shakllantirish, qabul qilinayotgan me’yoriy-huquqiy hujjatlar ta’sirini o‘rganish, davlat organlari faoliyati ochiqligini ta’minlash va boshqa yo‘nalishlardagi loyihalar xususida ma’lumot berildi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq