2015-yil mobaynida radiomonitoring bo‘yicha olib borilgan texnik-tadbirlar natijasi
03.02.2016
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

cemc_2_02_2016

O‘zbekiston Respublikasi hududida radioelektron vositalarini (REV) elektromagnit moslashuvi va xavfsiz foydalanilishini ta’minlash maqsadida Elektromagnit moslashuv markazi doimiy ravishda — radiochastota spektri holatini kuzatish, undan foydalanishni baholash va radiochastota spektri to‘g‘risidagi qonun buzilishining oldini olish va bartaraf etish uchun mo‘ljallangan tashkiliy-texnik tadbirlar majmuini amalga oshiradi.

cemc_2_02_2016_1

Radiochastota spektri monitoringini amalga oshirish maqsadida, EMMM xodimlari tomonidan 2015-yil mobaynida O‘zbekiston Respublikasi hududida radioelektron vositalarini (REV) chet eldan olib kirish, sotish va ulardan foydalanish tartibiga rioya qilish ustidan nazorat olib borish bo‘yicha tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasi asosida Elektromagnit moslashuv markazi (“EMMM” DUK) mutaxassislari va Davlat Huquq targ‘ibot idoralari xodimlari, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hududiy boshqarmalari (O‘zRATKRVHB) hamda Aloqa va axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspektsiyasi (AATTSNBDI) tarkibiy bo‘linmalari vakillari bilan hamkorlikda chora-tadbirlar olib borildi.

Tezkor-texnik tadbirlar doirasida O‘zbekiston Respublikasi hududida 1189 reyd o‘tkazildi.

Olib borilgan ishlar natijasida:

  • — 662 REV noqonuniy sotilishi,
  • — 4993 REV noqonuniy olib kirilishi to‘xtatildi,
  • — 1179 REV tegishli ruxsatnomalarsiz foydalanilayotgani aniqlandi.

Jami 6834 REVni tashkil etdi.

Barcha noqonuniy faoliyat olib borgan REV egalariga nisbatan ma’muriy javobgarlik ko‘rilgan va o‘rnatilgan tartibda ruxsatnomalar rasmiylashtirilgan.

Zamonaviy raqamli radioaloqa tizimlari rivojlanishi va kundalik hayotga tatbiq etilishi natijasida EMMM muhandislari malakasining doimiy oshirilib borishi, hozirda mavjud o‘lchov qurilmalarini, radiochastotalarni avtomatik tarzda nazorat qilish tizimlarini mukamallashtirishni talab etadi.

2016-yil EMMM tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududini 100% radionazorat qamrovini va yuqori diapazonlarda ishlatilinayotgan chastotalarni nazorat qilishni ta’minlash maqsadida Germaniyaning «ROHDE&SCHWARZ» firmasining yangilangan mobil va portativ o‘lchov qurilmalari bilan radiomonitoring tizimini modernizatsiyalash rejalashtirmoqda. EMMM mutaxassislarini zamonaviy o‘lchov qurilmalarida ishlash bilim va malakalari darajasini ko‘tarish va Radiomonitoringni amalga oshirishda xalqaro tajriba bilan almashish rejalashtirilgan.

TRNS boshlig‘i o‘rinbosari – F.Yusupov

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq