Telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida xizmatlar ko‘rsatuvchi subyektlar uchun seminar o‘tkazildi
02.02.2016
Rukn: Коnferensiyalar, seminarlar va taqdimotlar.
Muallif: Jurnal tahririyati.
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi (Inspeksiya) tomonidan 2016-yil 29-yanvar kuni soha xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlarida, profilaktika ishlarini tashkil etish maqsadida mahalliy, shaharlararo va xalqaro telekommunikatsiya tarmoqlarini loyihalash, qurish va xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha faoliyat yuritib kelayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar — “O‘zbektelekom” AK, “O‘zbektelekom” AK “TSHTT” filiali, “IST Telekom” MCHJ, “Buzton” XK, “Sharq Telecom” MCHJ, “Unitech” MCHJ xodimlari ishtirokida seminar tashkil etildi.
Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 15-maydagi “Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-4725- son Farmoni va 2015-yil 28-sentabrdagi “Tadbirkorlik subyektlariga “Yagona darcha” tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-2412- son Qarorining mazmun mohiyati muhokama qilindi. Seminarda qatnashuvchilar tomonidan berilgan savollarga Inspeksiya xodimlari tomonidan tegishli javoblar berildi va bayonnoma rasmiylashtirildi.