Janubiy Koreyaning TMON kompaniyasi IUT bilan hamkorlik qilmoqchi
02.02.2016
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

inha_2_02_2016

Janubiy Koreyaning Ticket Monster (TMON) kompaniyasi delegatsiyasi 2016-yil 29-yanvar kuni Toshkent shahridagi Inha universitetiga (IUT) tashrif buyurdi.

inha_2_02_2016_1

Delegatsiya tarkibida TMONning bosh texnik mutaxassisi Li Seong Bae, xodimlar bo‘yicha menejeri Park Syun Xyun va AT-departamenti rahbari Li Chang Englar ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori Sherzod Shermatov mehmonlarni universitet faoliyati, kelajakdagi rejalari va ta’lim jarayonlari bilan tanishtirdi.

TMON vakillarining ta’kidlashlaricha, ular Toshkent shahridagi Inha universiteti bilan hamkorlik qilish istagi borligini aytdilar va axborot-texnologiyalari (AT) bozori uchun yetuk mutaxassislar tayyorlash uchun yangi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berdilar.

Mehmonlar TMON kompaniyasi turli autsorsing loyihalari orqali yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga o‘z hissasini qo‘shishga tayyor ekanliklarini aytdilar.

Muzokaralar natijasiga ko‘ra, tomonlar Universitet va TMON kompaniyasi o‘rtasida uzoq muddatli hamkorlik aloqalarini o‘rnatishga kelishib oldilar.

Tashrif davomida TMON kompaniyasi vakillari Toshkent shahridagi Inha universitetida talabalar va o‘qituvchilar uchun yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar bilan tanishdilar. Ular O‘zbekistonda AT mutaxassislarini tayyorlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlardan katta taassurotda ekanliklarini aytdilar.

Uchrashuv so‘nggida Li Seong Bae universitet tashriflar kitobiga o‘zining iliq tilak va istaklarini yozib qoldirdi.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq