Iqtidorli talabalar davlat stipendiyasi sovrindori bo‘ldilar!
01.02.2016
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

uz_1_02_2016

Toshkent axborot texnologiyalari universitetining 3 nafar talabalari: Xusanboy Ubaydullayev, Xurshida Abdullayeva, Muazzam Muxitdinovalarning Beruniy nomidagi Davlat stipendiyasini qo‘lga kiritganliklarini ma’lum qilingandi. Ularga universitet Ilmiy Kengashida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘zbekiston Respublikasi bakalavrlari uchun ta’sis etilgan Beruniy nomli Davlat stipendiyasiga 2015-yilgi tanlovining g‘olibi haqidagi guvohnomalari topshirildi.

Shu bilan birga, Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan «Universiada — 2016” sport musobaqalarida faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan 4 nafar talabaga: sportning Shaxmat turi bo‘yicha Ulug‘bek Tillayev va Oybek Muslimov, sportning Taekvando VTF turi bo‘yicha Zabardast Haydarov, sportning Erkin kurash turi bo‘yicha Saidakbar Yosinovlarga ham Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining diplomlari topshirildi. Barcha talabalarning erishgan yutuqlari muborak va keyingi ishlarida omad yor bo‘lsin!

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq