Yevropa Ittifoqi vakili Toshkent shahridagi Inha Universitetiga tashrif buyurdi
31.01.2016
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: Jurnal tahririyati.
Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi delegatsiyasining texnik hamkorlik bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i Mik Ovidiu 2016-yil 27-yanvar kuni Toshkent shahridagi Inha universitetiga tashrif buyurdi. Unga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yevropa Ittifoqi komissiyasining texnikaviy yordamini muvofiqlashtirish byurosi direktori Jamshed Sharipov unga hamrohlik qildi.
Toshkent shahridagi Inha universiteti xalqaro tashkilotlar va kompaniyalar, mahalliy korxonalar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish ustida ish olib bormoqda.
Ushbu yo‘nalishda olib borilayotgan ishlar doirasida Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi delegatsiyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Tashrif davomida Yevropa Ittifoqi vakili Toshkent shahridagi Inha universitetida talabalar va o‘qituvchilari uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi. Jumladan, u auditoriyalar, laboratoriyalar, ma’lumotlar markazi va boshqa inshootlar bilan tanishdi.
Muzokalar davomida Toshkent shahridagi Inha universiteti va Yevropa Ittifoqi universitetlari hamda Yevropa Ittifoqining turli dastur va loyihalari o‘rtasidagi hamkorlik masalalari muhokama etildi.
Uchrashuv so‘nggida Mik Ovidiu universitet mehmonlari uchun tashkil etilgan tashriflar kitobiga o‘zining iliq tilak va istaklarini yozib qoldirdi.