Innovatsion iqtisodiyotni rivojlanishida elektron hukumatning roli
28.01.2016
Rukn: Коnferensiyalar, seminarlar va taqdimotlar.
Muallif: .

el_28_01_2016

Seminar davomida «Elektron tijorat to‘g‘risida»gi qonun axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalangan holda hukumat organlarining ish faoliyati samaradorligini yanada oshirishga, hukumat interaktiv xizmatlarini ko‘rsatitishni takomillashtirishga yo‘naltirilganligi e’tirof etildi.

Mazkur Qonun Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan 2015-yil 18-noyabrda qabul qilingan hamda Senat tomonidan 2015-yil 3-dekabrda ma’qullangan edi. 2015-yil 9-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolandi.

Qonunda «Elektron hukumat» tushunchasiga – davlat organlarining jismoniy va yuridik shaxslarga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash yo‘li bilan davlat xizmatlari ko‘rsatishga doir faoliyatini, shuningdek idoralararo elektron hamkorlik qilishni ta’minlashga qaratilgan tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar va texnik vositalar tizimi, deya tarif berilgan.

Mamlakatimizda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan davlat siyosati izchil amalga oshirilmoqda. Bu esa milliy axborot makonini shakllantirish, boshqaruv tizimlari faoliyatining samaradorligini oshirish borasida sezilarli natijalarga erishishga xizmat qiladi. Rivojlanishning milliy «o‘zbek modeli» tamoyillariga muvofiq, axborot sohasidagi munosabatlarni tartibga solishning normativ-huquqiy negizini yanada takomillashtirish bo‘yicha tizimli va izchil faoliyat amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy islohotlarning asosini tashkil qiladi.

el_28_01_2016_1

«Elektron hukumat» tizimi milliy modelining samarali tashkiliy-huquqiy shakli va texnologik prinsiplarini tanlash yuzasidan tizimli va ko‘p qirrali faoliyatga aylandi. Ushbu qonun axborot texnologiyalaridan davlat organlari faoliyatida fuqarolar, tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda foydalanishni kengaytirishga, davlat boshqaruvi organlari faoliyatining samaradorligi, shaffofligi va ochiqligi darajasini oshirishga ko‘maklashadi.

Xususan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yordamida aholi manfaatlariga xizmat qiluvchi, davlat organlari bilan qulay va samarali munosabatlarni o‘rnatuvchi «elektron hukumat tizimi izchil tatbiq etilayapti.

Bugun davlat organlari tomonidan o‘z faoliyatiga axborot tizimi hamda resurslarini joriy qilish bo‘yicha jadal ish olib borilayotir. Natijada 320dan ortiq davlat axborot resurslari va 465dan ziyod davlat axborot tizimi faoliyati yo‘lga qo‘yilib, ular orqali aholi hamda tadbirkorlarga xizmat ko‘rsatilayapti. Jumladan, 2015-yilda joriy etilgan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali aholining uzog‘ini yaqin, og‘irini yengil qiluvchi 267 turdan ortiq davlat xizmatlari elektron shaklda ko‘rsatilayotir. O‘tgan davr mobaynida ulardan 415 mingdan ziyod aholi va tadbirkorlar masofadan turib foydalangani e’tiborlidir.

Seminar davomida shular haqida batafsil so‘z yuritilib, «O‘zbekiston elektron hukumatni rivojlantirishning muhim jihatlari», «Milliy iqtisodiyotni rivojlanishida elektron hukumatning roli», «O‘zbekiston Respublikasida elektron hukumatning rivojlanishi va istiqbollari» kabi mavzular muhokama qilindi.
Mavzu yuzasidan ma’ruzachilar ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga atroflicha ma’lumot berdilar.

Muallif: Qo‘shbaqov Aybek Shovqiyevich

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq