Bitiruvchi bosqich magistratura talabalarining malaka amaliyoti va ish-joylarga taqsimoti
28.01.2016
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

tuit_28_01_2016

Toshkent аxborot texnologiyаlаri universiteti rektori X.Muxitdinov boshchiligidа, universitetning barcha fakul’tetlari hamda Samarqand, Farg‘ona, Qarshi, Urganch va Nukus filiallari bilan birgalikada, universitetning bitiruvchi bosqich magistratura talabalari orasidan ish-joylarga dastlabki taqsimlash bo‘yicha suhbat bo‘lib o‘tdi.

tuit_28_01_2016_1

O‘tkazilgan suhbat davomida universitet rektori, kelgusida ilmiy-pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishni rejalashtirayotgan magistrantlar orasidan universitet va uning hududiy filiallari uchun zaxira kadrlarni shakllantirish hamda vazirlik tizimidagi korxona va tashkilotlarga ishga yuborilishi ko‘zda tutilgan magistrantlarning dastlabki taqsimoti bo‘yicha aloxida ta’kidlab o‘tdi.

tuit_28_01_2016_2

Suhbat natijasida, kelgusida universitet va uning hududiy filiallarida ilmiy-pedagogik faoliyat yuritishga 36 nafar, vazirlik tizimidagi korxona va tashkilotlarda mehnat faoliyatini davom ettirish uchun 120 nafar bitiruvchi magistrantlar istagini bildirishdi.

Universiteti rektori X.Muxitdinov bitiruvchi bosqich magistratura talabalariga, Malaka amaliyotini muvaffaqiyatli o‘tab kelishlari haqida o‘zlarining yaxshi tilaklarini bildirdi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq