“Hisor davlat qo‘riqxonasi” pochta markalari turkumining chiqarilishi haqida
26.01.2016
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

pochta_26_01_2016_5

“O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan tayyorlanib, O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan 2016 yil 15 yanvaridan “Hisor davlat qo‘riqxonasi” turkumi muomalaga chiqarildi.

Turkum 4 ta pochta markasidan va 1 ta pochta blokidan iborat. Pochta markalarida Hisor davlat qo‘riqxonasida yashovchi va O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan noyob hayvonlar tasvirlangan.

Pochta blokida o‘zbek tilida lotin grafikasida “Hisor davlat qo‘riqxonasi” yozuvi joylashgan. Hayvonlarning nomlari lotin tilida berilgan.

Pochta markalari va pochta bloki bir necha rangda ishlangan. Ofset usulida bosilgan. Perforatsiyasi taroqsimon. Qog‘ozi oq silliq. Pochta markalarning o‘lchami 37×37 mm. Pochta blokining o‘lchami 100×90 mm. Pochta blokidagi pochta markalarining o‘lchami 37×37 mm.

Identifikatsiya raqamlari berilgan va nominallar o‘rnatilgan.

pochta_26_01_2016 pochta_26_01_2016_1
№ 1144 № 1145
pochta_26_01_2016_2 pochta_26_01_2016_3
№ 1146 № 1147

1144. «Cetonia aurata» (Tilla qo‘ng‘iz) Nominali – 1000 so‘m

1145. «Mustela eversmanni» (Cho‘l sassiqkuzani) Nominali – 1200 so‘m

1146. «Salmo trutta oxianus» (Amudaryo gulmohisi) Nominali – 1500 so‘m

1147. «Upupa epops» (Sassiqpopishak) Nominali – 1800 so‘m

Pochta markalarning adadi 10 ming nusxadan.

№ 1148

1148. «Merops apiaster» (Tilla rang ko‘rkinak) Nominali – 2500 so‘m

Pochta blokining adadi 7 ming nusxa.

Dizayner – Kanives Ye.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq