Alisher Navoiy tavalludining 575 yilligi qutlug‘ sanasi munosabati bilan “So‘z mulkining sultoni” mavzusidagi Viktorina
26.01.2016
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

So‘z mulkining sultoni, ulug‘ shoir va mutafakkir, davlat va jamoat arbobi Аlisher Navoiyning boy adabiy merosini o‘rganish va targ‘ib etishni keng yo‘lga qo‘yish, o‘quvchi-yoshlar qalbi va ongiga Navoiy asarlarining mazmun-mohiyatini, badiiy xususiyatini va tarbiyaviy ahamiyatini chuqur singdirish maqsadida shoir tavalludining 575 yilligi munosabati bilan Viktorina tashkil etilmoqda.

Yosh avlodni yuksak ma’naviyatli insonlar etib voyaga yetkazish, ularni vatanparvarlik, yurtga sadoqat ruhida tarbiyalashda Alisher Navoiy asarlari beqiyos ahamiyatga ega.

Ushbu Viktorinaning мaqsadi Alisher Navoiyning o‘zbek tili va adabiyoti rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi, asarlaridagi teran ijtimoiy falsafa mohiyati, ulug‘ shoir ijodining yoshlarni Vatanga muhabbat, yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash, insonlar o‘rtasida mehr-oqibat va samimiyat tuyg‘ularini mustahkamlashdagi beqiyos ahamiyatini anglashga hissa qo‘shish, shoir asarlaridagi insonni ma’naviy kamolotga da’vat etuvchi tuyg‘ular — hamjihatlik, tinchlik va osoyishtalik, bunyodkorlik, vatanparvarlik, halollik singari ezgu g‘oyalar mujassamligini targ‘ib qilish va bu borada yoshlar bilimini nazorat qilishdan iboratdir.

Viktorinada Alisher Navoiy hayoti va ijodiga hamda asarlariga oid savollar beriladi va unga o‘quvchi-yoshlar (foydalanuvchi) Fikr.uz saytining tegishli blogida yozma javob berish(iqtibos qoldirish) orqali javob berishadi.

G‘oliblarni baholash mexanizmi:

Viktorinada 1, 2 va 3-o‘rin g‘oliblari savollarga vaqt mezoni bo‘yicha to‘liq to‘g‘ri javob qoldirilgan izohlar asosida aniqlanadi. Agarda barcha savollarga to‘g‘ri javob bergan muxlislar soni ko‘p bo‘lsa, unda eng birinchi bo‘lib, javoblarni yo‘llagan muxlisimiz g‘olib deb topiladi. G‘olib muxlisimiz UZINFOCOM  markazining sovg‘alari bilan taqdirlanadi va u haqdagi maqola suratlari bilan saytda yoritiladi.

Viktorinada maktab, kasb-hunar kolleji va litsey o‘quvchilari ishtirok etishlari mumkin.

O‘tkazish vaqti: 2016-yil 25-yanvardan 8-fevralgacha davom etadi. G‘oliblar 2016-yil 10-fevral kuni Fikr.uz saytida e’lon qilinadi.

Muallif: Zumrad Shadjalilova

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq