Ochiq ma’lumotlar portali faol to‘ldirilib borilyapti
21.01.2016
Rukn: Internet.
Muallif: .

data_21_01_2016

O‘tgan yilning mart oyida ishga tushgan “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonuni asosida ishlab chiqilgan data.gov.uz portali faol to‘ldirib borilyapti.

Hozir portalda 62 ta idora va tashkilotlardan kelgan 15 ta yo‘nalish bo‘yicha 671 ta ma’lumotlar to‘plami bor, ulardan foydalanish uchun 229 458 marta ma’lumot yuklab olingan.

Portaldan ma’lumotlar olish uchun ko‘p murojat qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Sog‘liqni saqlash Vazirligi tommonidan kiritilgan xorijda ishlab chiqarilgan dori vositalari reyestri yetakchilik qilmoqda.

Ikkinchi o‘rinni O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi tomonidan kiritilgan oliy ta‘lim muassasalari haqida ma‘lumot egallamoqda.

Uchinchi o‘rinni Ichki ishlar idoralari navbatchilik qismlari va sohaviy xizmatlariga o‘rnatilgan ishonch telefonlar raqamlari egallamoqda.

To‘rtinchi o‘rinda Davlat organlari veb-saytlarining ro‘yxati.

Beshinchi o‘rinni O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy-hududiy tuzilmalarni (ob’yektlarni) belgilash tizimi egallamoqda.

Oltinchi o‘rinni hududiy davlat soliq xizmati organlarining ro‘yxati egallamoqda.

Yettinchi o‘rinni Bektemir tumanida joylashgan mahalla fuqarolar yig‘ini idoralari egallamoqda.

Sakkizinchi o‘rinni temir yo‘l transporti sohasidagi obyektlar, mahsulotlar va texnologiyalarining loyihalarini hamda foydalanishga qabul qilib olish ishlari yuzasidan berilgan xulosalar reyestri egallamoqda.

Ro‘yxatni litsenziyaga ega turoperatorlar ro‘yxati yakunlaydi.

Bundan tashqari portalga yuklanayotgan fayllarning qaysi shakllari ko‘proq yuklanayotgani ko‘rsatuvchi statistikasi bor.

Portalda iqtisodiyot, sog‘liqni saqlash, ta’lim, aholi, transport, madaniyat, AKT, yer mulki, tadbirkorlik, turizm, ekologiya, sport, sug‘urta va adliya sohasiga oid ma’lumotlar to‘plamidan foydalanish mumkin.

Keyinchalik bu ro‘yxat faqat kengayib boradi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq