O‘zbekiston Milliy kutubxonasi fondi “Xisoblash va amaliy matematika muammolari” jurnali bilan boyitildi
19.01.2016
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

mat_18_01_2015

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi fondi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi Dasturiy maxsulotlar va apparat-dasturiy majmualar yaratish markazi ta’sis etgan “Xisoblash va amaliy matematika muammolari” jurnalining 1- va 2-soni bilan boyitildi.

Mazkur davriy ilmiy jurnalning maqsadi va vazifalari quyidagilardan iborat: fundamental va amaliy ilmiy-tadqiqot va tajriba konstruktorlik ishlari natijalarini yoritish, yangi ilmiy maktablar shakllantirish va mavjudlarining yutuqlarini targ‘ib etish, fanning ilg‘or yutuqlarini joriy etish uchun ilmiy salohiyatni aniqlash, MDX va boshqa mamlakatlar ilmiy va nashriyot markazlari bilan ilmiy hamkorlikka imkoniyat yaratish.

Jurnal mavzulari O‘zbekiston Respublikasi hukumat Qarorlari bilan tasdiqlangan quyidagi asosiy yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi: fizik, biologik, ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarni matematik modellashtirish, hisoblash matematikasi va amaliy masalalarning son yechimi, ma’lumotlarning intellektual tahlili, sun’iy intellekt va bilimlar bazasiga ishlov berish texnologiyasi, parallel va taqsimlangan hisoblash texnologiyalari.

Jurnalning 1-sonidan ikki karra nochiziqli ko‘chishli kross-diffuziya modellari, g‘ovak jismlarda bug‘lanish fronti bilan kechadigan issiqlik va massa almashinuvi, elastiklik nazariyasi dinamik fazoviy masalasining xulosasiga umumiy yondoshuv, hosilali kvadratur formulalarni optimallashtirish, genetik algoritmlarning hususiyatlarini tahlil qilish kabi maqolalar joy olgan bo‘lsa, 2-sonida kompyuterda neft konlarining asosiy ko‘rsatkichlarini hisoblash algoritmi va dasturiy ta’minotini yaratish, og‘ma quvurda suyuqlik oqimining tormozlanishini yuzaga keltiruvchi zichlanish to‘lqini tarqalishi masalasining tahliliy yechimi, dinamik xaos sohasida tirik tizimlar regulyatorikasi tenglamalari yesimlari tahlili kabi mavzularga bag‘ishlangan maqolalar chop etilgan.

“Xisoblash va amaliy matematika muammolari” jurnali mazkur yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy izlanishlar ustida ish olib borayotgan ilmiy muassasalar va tadqiqot institutlari olimlari va mutaxassislari, OO‘Yu talabalari va matematika muammolariga qiziquvchi kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq