Andijon shahrida tashkil etilgan “Yagona darcha” markazida tadbir o‘tkazildi
17.01.2016
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 28 sentabrdagi “Tadbirkorlik subyektlariga “Yagona darcha” tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2412- son Qarorining mazmun-mohiyatini tadbirkorlik subektlariga yetkazish maqsadida 2015 yil 30 dekabr kuni Andijon shahrida tashkil etilgan “Yagona darcha” markazida tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasining Andijon viloyati hududiy bo‘linmasi mas’ul xodimlari hamda kichik biznes, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. Keng jamoatchilik e’tiboriga Prezident qarorining mazmun-mohiyati, shuningdek «Yagona darcha» markazlarining asosiy vazifalari etib belgilangan — “Yagona darcha” tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish, tadbirkorlik sub’ektlariga ro‘yxatdan o‘tkazish, ruxsat berish va lisenziyalash tartib-taomillaridan o‘tishda shaffoflikni ta’minlash, tadbirkorlarga davlat xizmatlarini ko‘rsatishda byurokratik g‘ov-to‘siqlarga yo‘l qo‘ymasdan davlat xizmatlari ko‘rsatayotgan davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan yaqin hamkorlik o‘rnatish, arizachilarga informatsion yordam ko‘rsatish, shuningdek davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibi va muddatlari to‘g‘risida bepul konsultatsiya berish yuzasidan ma’lumotlar yetkazildi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq