Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan tantanali yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
13.01.2016
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

uz_13_01_2015

Bugun Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Maxsus fakultetida Qurolli Kuchlarimiz tashkil etilganining 24 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi rahbariyati, fakultetning ofitser va kursantlari ishtirok etishdi.

Qayd etilganidek, O‘zbekiston Respublikasida Prezidentimiz rahbarligida zamonaviy talablarga javob beradigan, yaxshi tayyorgarlikka ega bo‘lgan armiya shakllantirildi. Ayniqsa, harbiy ta’lim sohasida olib borilgan izchil islohotlar xozirgi kunda o‘z samarasini bermoqda. Harbiy bilim olishda axborot texnologiyalari texnologiyalaridan keng foydalanilmoqda.

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Maxsus fakulteti ham o‘tgan 23 yillik faoliyati davomida Qurolli Kuchlar safiga axborot texnologiyalari yo‘nalishida yuqori malakali ofitser kadrlar tayyorlab kelmoqda. Fakultet moddiy-texnika bazasi zamonaviy axborot- texnologiyalari, telekommunikatsiya vositalari asosida takomillashtirildi, o‘quv jarayoni davlat ta’lim standartlari mezonlari asosida tashkillashtirildi, axborot resurslari bazasi hamda shaxsiy tarkibning maishiy qo‘llab-quvvatlash tizimi tashkillashtirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 12 yanvardagi “Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan huquqni muhofaza qilish organlari, mudofaa va favqulodda vaziyatlar vazirliklari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi farmoni bilan Maxsus fakultetning katta o‘qituvchisi Siddikov Alesher Abdullayevich «Shuhrat» medali bilan taqdirlandi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq