6-8 yanvar kunlari Toshkent shahridagi Inha universitetida “Ajoyib matematika” festivali tashkil etilmoqda
07.01.2016
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

inha_7_01_2015

2016 yilning 6-8 yanvar kunlari Toshkent shahridagi Inha universiteti tashabbusi bilan “Ajoyib matematika” festivali tashkil etilmoqda. O‘qituvchilar, maktab, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari, matematika fani qiziquvchilari ishtirok etayotgan festivalda bu fanning qiziq va jozibador jihatlari intellektual, qiziqarli o‘yinlar, mashqlar, viktorina va mashg‘ulotlar orqali namoyish etiladi.

Matematika fanini qiziqarli va yangi uslublarda o‘qitish bo‘yicha xalqaro tajribani o‘rganish, yurtimiz o‘qituvchilari bilan o‘zaro tajriba almashish maqsadida, tadbirga Janubiy Koreyadan 20 nafar o‘qituvchilar, professor va pedagoglar tashrif buyurishgan. Xususan, festivalning faxriy mehmoni, Janubiy Koreyaning Inha universiteti professori, janob Xun Changning giperkub va kundalik hayotimizdagi matematika to‘g‘risida ma’ruzalar o‘qishi kutilmoqda.

Festival doirasida Toshkent shahridagi Inha universiteti tomonidan kollej va litsey o‘qituvchilari o‘rtasidagi matematika tanlovi g‘oliblari aniqlanib, eng iste’dodli pedagoglar Janubiy Koreyaning nufuzli universitetlarida magistratura va doktorantura yo‘nalishlarida o‘qishni davom ettirish va o‘z malakalarini oshirish huquqiga ega bo‘ladilar. Shuningdek, festival doirasida 9 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun bepul dasturlash soati tashkil qilinib, unda bolalar vizual dasturlash tiliga oid boshlang‘ich bilimlarga ega bo‘lishadi.

8 yanvar kuniga qadar davom etadigan festivalga farzandida matematika, mantiq va geometriya fanlariga qiziqish uyg’otish istagida bo’lgan ota-onalar farzandlari bilan birga borishlari mumkin.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq