INHA universitetda «Ajoyib matematika» 1-o‘quv-amaliy festivali o‘tkaziladi
04.01.2016
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

inha_4_01_2015

2016-yil 6–8 yanvar kunlari INHA universitetda «Ajoyib matematika» 1-o‘quv-amaliy festivali o‘tkaziladi. Festival umumta’lim maktablari va boshqa ta’lim muassasalari o‘quvchilari, matematika o‘qituvchilari, shunindek, barcha matematikani yoqtiradigan hamda qiziqadiganlarga mo‘ljallangan. Festivalning asosiy maqsadi matematika fanining qiziqarliligini namoyish etish, matematika — bu juda qiziqarli fan ekanligi, uni o‘rganib bolalarga o‘qitishda darsning qiziqarli va quvnoq o‘tishini ta’minlashdan iborat. Festivalda Janubiy Koreyaning turli ta’lim muassasalaridan 20 nafar matematika fani o‘qituvchilari tomonidan 20dan ortiq matematik stendlar taqdim etiladi.

Shuningdek, ko‘rgazma doirasida o‘quvchilar va o‘qituvchilar o‘rtasida esdalik sovg‘alari va sertifikatlar taqdim etiladigan tanlovlar o‘tkaziladi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq