AКТ: Oldinga ildam intilmoqda!
04.01.2016
Rukn: Intervyu.
Muallif: .

nihol_28_12_2015

infoCOM.UZ jurnali Yangi yil arafasida an’anaviy holda, faoliyatlaridagi asosiy voqelik va yutuqlardan, oldilariga qo‘ygan rejalaridan xabardor bo‘lish maqsadida mamlakatimizdagi yetakchi  IT-kompaniyalariga murojaat etdi. Mazkur bozorning yetakchi vakillaridan biri – deyarli 30 yillik tajribaga ega bo‘lgan NIHOL kompaniyasi guruhidir.

NIHOL kompaniyasi ta’sischilar guruhi kengashi raisi Fazliddin Abdullayyevich Mirzayev:

— Buyurtmachining ishlarini  hal qilishga individual yondashuv, professionallik, yuqori sifat va qulay narxlar – bu yakunlanayotgan yilda biz amal qilgan qoidadir. Yil sarhisobini qilishda, mazkur yil kasbiy jihatdan biz uchun qiziqarli, hodisalarga boy bo‘lganligini ta’kidlab o‘tmoqchiman. Qisqa muddatli va shuningdek, mashaqqatli, ammo juda qiziqarli ko‘pgina loyihalar amalga oshirildi. Ular orasida biz 2015-yilda boshlagan loyihalar ham bor, ammo ular faqatgina 2016-yildagina to‘liq amalga oshiriladi.

Bizning xolding IT sohasidagi aniq yo‘nalishdagi faoliyatga ixtisoslashtirilgan, bir necha kompaniyalarni birlashtirganligi va ularning har birining faxrlashnishga arzigulik o‘z loyihalari bo‘lganligi sababli mazkur yilga yakun yasashda sonlarni va nomlarni keltirish katta hajmdagi ma’lumotlarni tashkil qilishi mumkin. Shuning uchun ham, faqatgina ayrimlarini keltirib o‘taman.

Avvalo, NIHOL uchun 2015-yildagi ikki eng ahamiyatli hodisalarni ajratib o‘taman.

Yakunlanayotgan yilda biz Yevropa Ittifoqi Komissiyasining DCI dasturi doirasidagi «O‘zbekistonda ikki palatali parlament tizimini yanada mustahkamlash va mahalliy Kengashlar bilan aloqalarni rivojlantirish» loyihasida ishtirok etdik. Qonunchilik jarayoni segmentida elektron hujjat almashinuvi tizimini hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Me’yoriy-huquqiy hujjatlar elektron ma’lumotlar bazasini ishlab chiqish va joriy etish tenderida g‘olib bo‘ldik. Ikki tizimni ham LexDOCS (http://www.Nihol.com/lexdocs) Hujjatlarni boshqarish tizimi dasturiy mahsulotimiz bazasida ishlab chiqqanimizni ta’kidlash lozim.

Mazkur darajadagi tizimlarni ishlab chiqish, shubhasiz, murakkab, sermashaqqat, ammo juda qiziqarli jarayon bo‘lib, ishlab chiquvchilardan  unumli ishlashni va yuqori mahoratni talab qiladi. Qonunchilik faoliyatini boshqarish tizimi mamlakat parlamenti darajasida qonunchilik jarayoni axborot-texnologik platforma asosi bo‘lib hisoblanadi.

nihol_28_12_2015_1

Mazkur tizimni joriy etish qonunchilk faoliyatini optimallashtirish, qog‘ozdan elektron qonunchilik faoliyatiga bosqichma-bosqich o‘tishni ta’minlaydi. Umuman, parlament faoliyatiga yangi axborot texnologiyalarini joriy etish byudjet mablag‘lari va vaqtni tejashni nazarda tutadi. Biz tomonimizdan parlament va loyiha vakillari bilan hamkorlikda ulkan, sermahsul ishlar amalga oshirildi. NIHOL  tizimlarini kelgusi yillik bepul texnik qo‘llab-quvvatlash davri ularning kelgusi rivojlanishiga ko‘maklashadi, chunki buning uchun mustahkam poydevor yaratilgan. Mazkur mavzu katta hajmli bo‘lib, biz uni alohida interyuda batafsil yoritishimiz mumkin.

NIHOL yana bir loyihasi ham shu kabi ahamiyatli va murakkabligi bo‘yicha noyob ishlanma bo‘ldi. Tanlov asosida «NIHOL-KOMTEX» MCHJ kompaniyasi “Davlat organlari xodimlari to‘g‘risidagi axborotlarni tizimlashtirish va saqlash uchun «Kadrlar»  namunaviy axborot tizimini ishlab chiqish va joriy etish” («Kadrlar» NAT) loyihasi bo‘yicha tizimni ishlab chiqish va joriy etishda g‘olib deb topildi. Hozirgi vaqtda tizimni ishlab chiqish va sinovdan o‘tkazish yakuniga yetmoqda.

«Kadrlar» NAT O‘zbekiston Respublikasi davlat organlari kadrlarini boshqarishning namunaviy axborot tizimi hisoblanadi hamda O‘zbekiston Respublikasi davlat organlari kadrlar xizmatida foydalanish uchun mo‘ljallangan.

Tizim kadrlarni boshqarishga oid katta hajmli vazifalarni avtomatlashtirishni ta’minlash va O‘zbekiston Respublikasi davlat organlarining kadrlar masalasi bo‘yicha yagona idora ichidagi va idoralararo axborot muhitini shakllantirish uchun platformani yaratishga mo‘ljallangan.

nihol_28_12_2015_2

Hozirgi vaqtda O‘zbekiston Respublikasi Hukumati “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratmoqda. «Kadrlar» NAT O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonini hamda davlat buyurtmasi loyihalarini amalga oshirish doirasida 2013-2020 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Milliy axborot-kommunikasiya tizimini rivojlantirish kompleks dasturini amalga oshirishni muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika komissiyasi tegishli bayonnoma qarori ijrosini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilmoqda. Kadrlarni boshqarish tizimlari “Elektron hukumat” tizimini qurishda asosiy hisoblanadi, chunki tashkilotlarning tashkiliy tuzilmasi va uning bosqichlarini, shuningdek lavozimlar, shtatlar jadvali, kadrlar bo‘yicha ma’lumotlar va boshqalarni aks ettiradi. Mazkur komponentlar elektron hukumat doirasida amalga oshiriladigan ko‘pgina tizimlarda talab qilinishi mumkin. Jahon tajribalari mazkur davlatlarning mehnat vazirliklari avtomatlashgan kadrlar tizimining rivoji hisoblangan kadrlarni boshqarish tizimlari samaradorligini ko‘rsatmoqda, chunki kadrlarni boshqarish sohasida milliy qonunchilik va zamonaviy boshqarish metodlari katta ahamiyatga molik hisoblanadi. Shuning uchun mehnat sohasida davlat siyosati va normativ-huquqiy boshqaruvni ishlab chiqish, shuningdek bandlikka samarali ko‘maklashish va ishga joylashish sohasida axborot ko‘magi hamda boshqaruv yechimlari ishlab chiqilishini muvofiqlashtirishda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining funksiyalari ahamiyatini hisobga olgan holda «Kadrlar» NAT sinovdan o‘tkazish va joriy etilishi aynan O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligida amalga oshirilmoqda.

«Kadrlar» NATni ishlab chiqishda O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi vazifalarini yagona axborot muhitida kelgusida imkon qadar integrasiyalash uchun platforma yaratish ko‘zda tutilgan. Jumladan, vazirlikning boshqa dolzarb vazifalarini avtomatlashtirish va ularning ma’lumotlarini Kadrlar masalasi bo‘yicha milliy idoralararo axborot muhiti portal yechimiga integrasiyalash imkoniyati kiritilgan. Bundan tashqari,  mehnat daftarchalari yozuvlarini shakllantirishning avtomatlashgan jarayonlari kiritilgan «Kadrlar» NAT yechimlari kelgusida elektron mehnat daftarchasini yaratish uchun asos bo‘ladi.

Shuni ta’kidlash kerakki, bugungi kunda O‘zbekistonda mazkur sohada amalga oshirilgan loyihalar mavjud. Ammo hozirgi vaqtda qadar elektron hukumatning asosiy masalalariga javob beruvchi: davlat va jamoat sektorida xizmat ko‘rsatishni yaxshilash va samaradorligi hamda mahsuldorligini oshirish uchun turli veb-telekommunikasiya texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha to‘laqonli joriy etilgan integrasion yechimlar yo‘q.

«Kadrlar» NAT O‘zbekiston Respublikasida barcha davlat organlari kadrlar xizmati uchun ichki idoraviy yechimlarni hamda ularni yagona Kadrlar masalalari bo‘yicha milliy idoralararo axborot muhitida birlashtiruvchi birinchi integrasion tizim bo‘lishi kerak. Loyiha tomonidan mamlakatning barcha davlat organlari kadrlar xizmatida tizimni bosqichma-bosqich joriy etish ko‘zda tutilmoqda. Bu uzoq muddatli loyiha. Uning barcha qirralarini ochib o‘tirmayman, faqatgina hozirgi vaqtda ishlab chiqilayotgan va joriy etilayotgan kadrlar axborot tizimining analoglari yo‘qligini ta’kidlayman. O‘ylaymanki, uni amalga oshirish yakunlanganidan so‘ng jurnal muxlislariga u to‘g‘risida batafsil ma’lumot beramiz.

— Dasturiy yechimlarni ishlab chiqish va joriy etish bilan bog‘liq loyihalardan tashqari, xolding kompaniyalarining qanday ishlarini ajratib ko‘rsatish mumkin?
— O‘tgan yilda biz tomonimizdan General Motors mashhur kompaniyasi uchun loyihalar amalga oshirildi. Masalan, ishdan chiqishga bardoshli, ma’lumotlarni qayta ishlash markazini qurish, jumladan, server kompleksini montaj qilish va sozlash hamda ma’lumotlarni saqlash, arxivlash va zaxiralash ta’minlandi. Shuningdek, IBM (Tape Labrary) kompaniyasining lentali jamlovchi asosidagi ma’lumotlarni zaxirali saqlash tizimini yetkazib berish amalga oshirildi. Bundan tashqari, Power System uchun IBM dasturiy ta’minotiga lisenziya kelishuvi uzaytirilishi ta’minlandi. Coca Cola Ichimligi kompaniyasi uchun yirik loyiha amalga oshirildi. U shimoliy kompleksni modernizasiyalashni qamrab olgan va IBM va LENOVO kompaniyasining uskunalari va jamlanmalarini yetkazib berish va sozlashni ko‘zda tutgan edi. Jumladan, Coca Cola Ichimligi kompaniyasining server kompleksi ishlab chiqarish kuchi mavjud server maydonlariga qo‘shimcha Intel Xeon prosessorlarini o‘rnatish hisobiga oshirildi, operativ xotira oshirildi, komplektida diskli tizimosti o‘rnatildi, shuningdek ishdan chiqishga bardoshli klasterda ishlash uchun jamlangan yangi server yetkazib berildi. Natijada, umumiy server kompleksining ko‘pgina ko‘rsatkichlari va xususiyatlari bo‘yicha funksionalligi oshdi.

nihol_28_12_2015_3

«Savdogar» aksiyadorlik-tijorat bankida xorijiy kapital ishtirokidagi kalit ostidagi server kompleksini modernizasiyalash bo‘yicha shartnoma ham ahamiyatli bo‘ldi. Biz tomonimizdan axborot texnologiyalari va dasturiy ta’minot sohasida jahonda yetakchi hisoblangan IBM ishlab chiqaruvchi kompaniyasining uskunalari yetkazib berildi. Ular qatorida – POWER SYSTEM zamonaviy serverlari, IBMStorwizeV7000 ma’lumotlar bazasini saqlash tizimi, optik va tarmoqli kommutasion uskuna, lentali jamlovchilar asosidagi zaxirali arxivlash tizimi va boshqalar. Bunda bankda amal qilayotgan uskuna bilan to‘liq muvofiqlikka erishildi, bu bankning hisoblash kuchini oshirish va mahsuldorlikni o‘stirishga, shuningdek xizmatlar ko‘rsatishda mijozlar bilan ishlash sifatini ko‘tarishga imkon berdi. Xuddi shu kabi ishlar «O‘zsanoatqurilishbank» aksiyadorlik-tijorat banki uchun ham amalga oshirildi, unda IBMStorwizeV7000 Ma’lumotlar bazasini saqlash tizimini yetkazib berish ko‘zda tutilgan edi.

Bundan tashqari bizning yo‘nalishlarimizdan biri har qanday obyektlar uchun strukturali kabel tizimi montaji bo‘yicha ishlar  hisoblanadi. Masalan, «Turon-bank» ATB Yunusobod  filialida  strukturali kabel tizimi montaji bo‘yicha vazifalarni amalga oshirish doirasida  axborot infratuzilmasi yaratildi, bu har qanday bank operasiyalarini tez va ishonchli amalga oshirish imkonini berib, mijozlar bilan ishlash xavfsizligi va samarasini oshirdi, shu jumladan bank filiali faoliyatini optimallashtirdi. Bizning mutaxassislarimiz buyurtmachining ehtiyojlarini imkon qadar qondiruvchi, yetakchi vendorlarning zamonaviy aktiv va passiv tarmoq uskunalarini tanlashga harakat qiladilar, bo‘lajak tarmoqning keng qamrovli bo‘lishini, uning bardoshliligini ta’minlash uchun barcha imkoniyatni ishga soladilar. Aynan shu kabi tamoyil asosida magistral optik tolali aloqa liniyasi montaji bilan bog‘liq boshqa loyiha, Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitasiya ilmiy amaliy tibbiyot markazida amalga oshirildi. Takror qaytarib o‘taman, bundan misollar ko‘pgina.

– O‘tgan yildagi AKT sohamizdagi kasblararo tajriba almashish bo‘yicha qanday  hodisalar ro‘y berdi?
O‘tgan  yilda ixtisoslashtirilgan seminar va ko‘rgazmalarni o‘tkazish hamda ishtirok etish biz uchun yangi g‘oyalar va rejalarni ishlab chiqishimizga sabab bo‘ldi. Bu borada «ICTExpo-2015» axborot texnologiyalari yillik milliy ko‘rgazmasida ishtirok etganligimiz muhim hodisaga aylandi. O‘tgan yilda «ICTExpo» ko‘rgazmasida alohida «Best Soft Uzbekistan» seksiyasi kiritildi, unda mamlakatimizning softver sanoati yutuqlari, yosh dasturchilarning muvaffaqiyatlari namoyish  qilindi. O‘zbekiston dasturiy mahsulotlari bozorida muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgan mahalliy ishlab chiquvchilar orasida «Nihol» guruhi kompaniyalari o‘z imkoniyatlarini munosib namoyish etdilar.

Bundan tashqari, Nihol IBM kompaniyasining ko‘p yillik biznes-hamkori sifatida IBM Markaziy Osiyodagi Vakolatxonasi tashabbusi bilan tashkil etilgan yillik xalqaro IBM forumida ishtirok etdi. Unda IT sohasi vakillari hamda O‘zbekiston,  Rossiya va  Qozog‘istondan tashrif buyurgan IBM biznes-hamkorlari ishtirok etdilar. Bizni IBMning Ma’lumotlar ombori va hisobot tizimini qurish bo‘yicha g‘oyalari va umuman IT sohasining kelgusi rivojiga bo‘lgan qarashlari juda qiziqtirdi. Hozirgi vaqtda biz shu yo‘nalishdagi, shu jumladan axborot xavfsizlik tizimlarini ishlab chiqish va joriy etish bilan bog‘liq marketing tadqiqotlarini boshladik hamda zamonaviy bozorda unga bo‘lgan talabni inobatga olgan holda mazkur yo‘nalishni faol rivojlantirishni ko‘zlamoqdamiz.

nihol_28_12_2015_4

Bizning mutaxassislarimiz an’anaviy yillik Oracle Technology Day seminarida ishtirok etdilar. Oracle kompaniyasi bizning yana bir ko‘p yillik hamkorimiz. Bizni Oracle asosiy bulutli servislarining zamonaviy imkoniyatlari, Oracle muhandislik yechimlari, ma’lumotlarni saqlash uchun eng maqbul yechimlar, ma’lumotlarni saqlashga innovasion yondashuvlar, biznes tahlil yangiliklari qiziqtirdi. Oracle ilovalari yordamida zamonaviy biznes imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha taklif etilgan yechimlar ko‘rib chiqildi. Oracle Systems yechimlari bazasida IT-infratuzilmasi samarasini oshirish, Oracle Database 12c dagi innovasiya kabi masalalar qiziqish uyg‘otdi.

Shu kabi  forumlarda ishtirok etish Nihol mutaxassislariga doim dolzarb yo‘nalishlar va IT sohasidagi zamonaviy ishlanmalar haqida xabardor bo‘lish, g‘oyalarni mutaxassislar bilan muhokama qilish, taklif etiladigan yechimlarning afzallik va kamchiliklarini ko‘rish imkonini beradi, bundan tashqari esa kompaniya mutaxassislari va menejerlarining shaxsiy sohada o‘sishlariga qo‘shimcha rag‘bat bo‘ladi.

– 2016-yilda qaysi yo‘nalishlarga ko‘proq e’tibor qaratishni rejalashtirmoqdasiz?
– Kelgusi ishlarni rejalashtirishda, ishlab chiqaruvchilarning “paket takliflari” ko‘proq ommalashib borayotganligini ta’kidlab o‘tmoqchiman, unda loyiha taqdimoqlari va namoyishlarini yaratish hamda dasturiy ta’minotni texnik joriy etish bo‘yicha amaliy ko‘makni tashkil etish va ko‘rsatish, xodimlarni joriy etilayotgan tizimlar bilan ishlashga o‘rgatish kabilar taklif qilinadi. Bugungi kunda ayniqsa turli platforma va dasturiy mahsulotlarning to‘liq solishtirma xususiyatlari keltiriladigan maxsus tahliliy materiallarga e’tibor qaratilmoqda, ularning asosida u yoki bu dasturiy ta’minotning afzallik va kamchiliklari ko‘rsatilgan holda tizimlar ishlab chiqilishi va joriy etilishi mumkin bo‘ladi. Kirib kelgan yildan mazkur masalalarga ko‘proq e’tibor qaratishni rejalashtirganmiz. Bizning dasturiy yechimlarimizni ham shubhasiz joriy etishda davom etamiz, chunki turli axborot ma’lumotlari bazasi, elektron hujjat aylanishi tizimi hamda turfa ilovalar, IBM va Oracle yechimlari asosidagi turli umumdavlat, idoraviy va korporativ foydalanishga oid tizimlarni ishlab chiqishda ulkan tajribalarga egamiz. Bundan tashqari, kichik korxonalar uchun «1S» firmasining mahsulotlari yechimlari asosidagi axborot tizimlarini ishlab chiqish va joriy etish bilan faol shug‘ullanmoqdamiz.

Yil yakuni kelgusi yil uchun buyurtmalarni faol shakllantirish vaqti hisoblanadi. Biz mazkur yo‘nalishda faol ishlamoqdamiz va erishgan natijalarimizda to‘xtab qolish va xotirjam bo‘lish bizning qoidalarimizga zid hisoblanadi. Asosiysi muvaffaqiyatlarni sanash emas, balki kelajakkka ilg‘or qadam bosishdir. Bizning jamoamiz yangi yilni – faqatgina faol taraqqiyot, yangi qiziq loyiha va masalalarga intilish, ularni amalga oshirish yo‘llarini izlash  kabi maqsadlar bilan qarshilamoqda.

Xulosa qilib aytganda, fursatdan foydalanib, jurnal muxlislari va hamkasblarni  yangi 2016-yil bilan chin yurakdan tabriklayman! Yangi yil barchamizga yangi qiziqarli loyihalar, omad, har bir xonadonga farovonlik va eng asosiysi salomatlik va baxt olib kelsin!

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq