Toshkent shahrida INHA universiteti: kelajakka katta umidlar bilan!
03.01.2016
Rukn: Intervyu.
Muallif: .

inha_25_12_2015

Toshkent shahrida INHA universiteti (keyingi o‘rinlarda TIU) O‘zbekistondagi eng yosh universitet bo‘lib hisoblanishini hisobga olib, 2015-yilda asosiy e’tiborni va bor kuch-g‘ayratimizni TIU ning ta’lim muassasi sifatida, shuningdek, oldiga qo‘yilgan vazifalarni hal etishga intiluvchan, pedagog va xodimlarining samarali jamoasini shakllantirish masalalariga qaratdik. Bundan tashqari, universitet jamoasi multi-madaniyatli bo‘lib, turli mamlakatlardan va turli hayotiy tajribaga ega bo‘lgan turlicha insonlarning o‘zaro hamjihatligi uchun ko‘proq kuch talab etiladi.

Shunday bo‘lsada, sifatli ta’lim jarayoni va talabalarning mustaqil ta’lim olishlari uchun qulay muhitning ta’minlanishidan tashqari, joriy yilda ayrim qiziqarli loyihalarni amalga oshirishda qator ijobiy natijalarga erishildi. TIU taskil etilganligining dastlabki kunlaridanoq O‘zbekiston yoshlarini respublikamizda axborot texnologiyalari sohasida xalqaro darajada ta’lim olishlari uchun yangi imkoniyatlar haqida xabardor qilishga alohida e’tibor qaratiladi. Doimiy hamkorlarimiz qatoriga — infoCOM.UZ jurnali ham kiritilgan, ko‘plab OAV tomonidan qo‘llab-quvvatlangan mazkur axborot kampaniyasi o‘z natijalarini bermoqda. Qabul imtihonlarida ishtirok etish uchun hujjat topshirgan abituriyentlar soni deyarli 2 marta oshdi, muvofiq ravishda, bu yil o‘rtacha kirish ballari o‘tgan yildagidan ancha yuqori bo‘ldi va hatto 3 nafar talaba maksimal ball: 100dan 100 olishga muyassar bo‘ldilar! Shu bilan birga, quvonch bilan ta’kidlash kerakki, turli OTM larga kirish uchun parallel ravishda, imtihon topshirigan abiturientlar tomonidan eng yuqori o‘rindagi tanlov aynan TIU bo‘ldi.

2015-yilda ta’lim muassasamizga O‘zbekistondan ikki nafar juda yuqori malakali, chet ellarda ingliz tilida o‘qitish tajribasiga ega, fizika fani bo‘yicha professorlar taklif etildi. Biroq shunday bo‘lsada, boshqa barcha fanlar bo‘yicha professorlar xorijliklardir. Ingliz tilini sifatli o‘rganish uchun shu tilda muloqot qiluvchi mutaxassislarni AQShdan ham taklif etdik. Talabalarda o‘zlarining til bilishga oid malakalarining yanada yaxshilanishi uchun imkoniyatga ega bo‘lishlarini ko‘zda tutib, kelgusida mazkur tilda so‘zlashuvchilar sonini oshirishni rejalashtirganmiz.

inha_25_12_2015_1

Bundan tashqari, Konstitutsiya kuniga bag‘ishlab, tizimli ravishda malaka oshirish, jumladan, chet el OTMlarida magistrlik va doktorlik ilmiy darajasiga erishishga yo‘naltirish madsadida matematika, fizika va AKT sohasida yosh istiqbolli hamda salohiyatli pedagoglarni jalb etishga yo‘naltirilgan maxsus loyiha amalga oshirildi. Asosiy maqsad — o‘qitish sifatini tushirmasdan, bosqichma-bosqich mahalliy professorlar tarkibini shakllantirishdan iborat.

Bu yil stajirovka, ekspertlar bilan uchrashuvlar va boshqalar tashkil eish bo‘yicha imkoniyatlar taqdim etuvchi industriya bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha ishlar davom ettiriladi. Jumladan, talabalar uchun bepul dasturiy ta’minot paketlarini taqdim etgan Microsoft kompaniyasi bilan yaqindan hamkorlik o‘rnatilgan bo‘lib, bundan tashqari, TIUda o‘tkaziladigan Microsoft Tech Meetup uchun ekspertlar taklif etadi. Jahonning qator HP, IBM, SAP va boshqalar kabi yirik kompaniyalari vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi va ular bilan ham o‘zaro manfaatli hamkorlik yo‘llari ishlab chiqildi.

Newmax kompaniyasi talabalar o‘rtasida dasturlashtirish bo‘yicha tanlovlar o‘tkazishni qo‘llab-quvvatladi, shuningdek, bir necha talabalarni stajirovka o‘tkazishga taklif etdi. Bundan tashqari, mazkur kompaniya mutaxassislari bilan hamkorlikda «Yozgi dasturlashtirish maktabi» pilot tashabbusi amalga oshirildi, unda xohlovchilar yoz faslida dasturlashrirish bo‘yicha bepul o‘qitiladi. TIUda Brand.uz kompaniyasi AT-mutaxassislari bilan hamkorlikda oyda bir marta startap-loyihalarini qo‘llab-quvvatlash uchun Startup Mix-uchrashuvlari o‘tkazish an’anaga aylandi. Xalqaro va mamlakatimiz kompaniyalaridan tashqari, koreya kompaniyalari bilan faol ishlar olib borilmoqda. Masalan, Samsung kompaniyasi tomonidan tashrifchilar AKT sohasida ko‘proq yangiliklardan xabardor bo‘lishlari uchun universitet xollida IT Vision Centre (IT-texnologiyalari markazi)ga uskunalar taqdim etildi. Shuningdek, TIU mazkur kompaniya bilan birgalikda yoshlar o‘rtasida dasturlashtirish  bo‘yicha BestSoft Challenge tanlovini tashkil etishda ishtirok etdi.

inha_25_12_2015_2

Korean Telecom tomonidan IT Vision Centrega uskunalar, shuningdek, TIU kutubxonasiga 700tadan ortiq kitob taqdim etildi. LG kompaniyasi 4ta keng formatli monitor taqdim etdi, ulardan TIU tadbirlari anonslari uchun foydalaniladi. TIU «Ta’lim va karyera 2015» 12-Xalqaro ko‘rgazmasida, ICTWeek 2015 haftaligi tadbirlarida, shuningdek, Milliy Internet Tanlovi (MIT.uz)da faol ishtirok etdi.

TIU talabalari tashabbusi bilan Jahonning so‘nggi yangi va ajoyib IT yechimlaribilan tanishish uchun Google I/O Extended konferensiyasi tashkil etildi. Talabalar kuchi bilan IUTLab.uz loyihasi — talabalar uchun onlayn-ishlanmalar va IT-loyihalari ustida hamkorlikdagi ishlar platformasi ishga tushirildi. Shuningdek, talabalar bilan hamkorlikda ishlash uchun virtual reallik, desktop uchun dasturlar, mobil ilovalari va boshqalar bo‘yicha talabalar klubi yo‘lga  qo‘yildi. Yozgi ta’tilni o‘tkazishga 40dan ortiq IT-kompaniyalar jalb etilib, stajirovka va karyera ko‘rgazmasi tashkil etildi, bu TIU talabalariga salohiyatli ish beruvchi va rekruting menejerlari bilan uchrashish imkonini berdi. Yaqinda Ucell bosh direktori janob Gryunberg universitetga tashrif buyurdi va kelajakda AKT sohasidagi muammolarni hal etishda yuqori malakali IT-mutaxassislari tayyorlashda hamkorlik masalalari muhokama etildi. Umid qilamizki, qator hamkorlik tashabbuslarini amalga oshira olamiz. Shuningdek, boshqa yirik operatorlar bilan ham o‘zaro manfaatli hamkorlikni o‘rnatish rejalashtirilmoqda.

Chet eldagi yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan faol hamkorlikni rivojlantirmoqdamiz. Hozirgi vaqtda Janubiy Koreya fan va  texnologiyalar universiteti, Seul milliy universiteti bilan Memorandum imzolangan. Koreyaning fan va texnologiya instituti, Koreya universiteti, Sungyunkvan universiteti, Yevropa politexnika universiteti va Malayziya texnologiya universiteti bilan hamkorlik uchrashuvlari o‘tkazildi va kelgusidagi hamkorlik sohasida ish olib borilmoqda. Yana bir asosiy vazifa  yoshlarda tabiiy va muhandislik fanlariga qiziqishni rivojlantirishdir. Shu sababli mazkur vazifani hal etish  uchun Milliy teleradiokompaniya rahbariyati qo‘llab-quvvatlovi va «Yoshlar» teleradiokanali bilan hamkorlikda «Fan va Yoshlar» TV-loyihasi yo‘lga qo‘yildi. Yangi yilda sehrli fizika, qiziqarli matematika va zamonaviy AKTga oid bilimlarga qiziqishlarini rivojlantirish va keng tanishtirish maqsadida «Yoshlar» teleradiokanali bilan yaqindan hamkorlik rejalashtirilgan.

Mazkur maqsadlarda «CodeCraft.uz» pilot loyihasi yo‘lga qo‘yildi, unda 10 yoshdan boshlab o‘quvchi bolalar vizual dasturlashni o‘rganadilar, bu ularni kelgusida dasturlash bo‘yicha bilim va malakalarini rivojlantirishga imkon beradi, ta’lim yengil o‘yin shaklida olib boriladi va bolalar tomonidan ota-onalariga o‘z mahsulotlarining taqdimoti o‘tkaziladi. Bu hozircha dastlabki qadam. Kelasi yil bolalarni murakkabroq dasturlash yo‘nalishida o‘qitish bilan ishni rivojlantirishga umid qilamiz.

Koreyadagi INHA universiteti bilan tanishish sharoitlarini yaratish, yangi bilimlar va tajriba olish maqsadida Koreyada yozgi oromgoh dasturi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, xohlovchi talabalar Janubiy Koreyadagi INHA universitetiga yozgi ta’tilda tashrif buyurishlari mumkin. Bunda eng faol, iqtidorli talabalarning xarajatlari to‘liq, qolganlarining esa — katta qismi universitet hisobidan qoplanadi. Yangi yilda grant asosida ta’lim oluvchi talabalarni mazkur yozgi oromgohga kreativ yechimlar ochiq tanloviga yuborishni tashkil etish rejalashtirilgan.

inha_25_12_2015_3

Bu yerda har yili imtihonlardan o‘tganlar orasidan maksimal ball to‘plagan, 10 nafar abituriyent grant asosida qabul qilinishini eslatib o‘tish zarur. Shuningdek, semestr natijalari bo‘yicha maksimal ball to‘plagan 10 nafar talaba, keyingi semestr uchun to‘liq yoki qisman navbatdagi to‘lovdan ozod etiladi. Bularning barchasi iqtidorli talabalarni rag‘batlantirish uchun amalga oshirilmoqda. Boshqa talabalar uchun yoz faslida, Koreyalik volontyorlar bilan hamkorlikda KIV (Korean International Volunteers) dasturi bo‘yicha IT-kurslari o‘tkaziladi.

2016-yil rejalari 
TIU doimiy rivojlanishda, istiqbol rejalar ko‘p. 2016-yilda yangi logistika bo‘yicha fakultet ochishni rejalashtirilgan. Yangi va zamonaviy o‘quv binosining qurilishi yirik loyiha bo‘lib, alohida e’tibor va vaqt talab etadi. Bundan tashqari, TIU bilan hamkorlikda foydalaniladigan Fanlar Akademiyasi Fundamental kutubxonasi binosini rekonstruksiya qilish zarur. Yangi yilda mintaqalardan kelgan talabalar uchun talabalar turar-joylarini kengaytirish, shuningdek, xorijiy o‘qituvchilar uchun «mehmonxona» tashkil etish masalasi ishlab chiqiladi. Bundan tashqari, oldimizda industriya bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida yangi yilda xalqaro va mahalliy AT-kompaniyalari qo‘llab-quvvatlashi asosida industriya bilan yirik hamkorlik markazini yaratish bo‘yicha yangi loyihani ishlab-chiqish turibdi, ta’limni ishlab chiqarish bilan mujassamlashtirish maqsadida uning ishlab chiquvchilari TIU bilan. Shuningdek, mazkur loyihani ma’qullashda unda talabalar uchun katta kafeteriyani joylashtirish ko‘zda tutilgan, sababi talabalar soni yil sayin ortib bormoqda.

2016-yil 6–8 yanvar kunlari universitetda «Qiziqarli matematika» 1-o‘quv-amaliy festivali o‘tkaziladi. Festival umumta’lim maktablari va boshqa ta’lim muassasalari o‘quvchilari, matematika o‘qituvchilari, shunindek, barcha matematikani yoqtiradigan hamda qiziqadiganlarga mo‘ljallangan. Festivalning asosiy maqsadi matematika fanining qiziqarliligini namoyish etish, matematika — bu juda qiziqarli fan ekanligi, uni o‘rganib bolalarga o‘qitishda darsning qiziqarli va quvnoq o‘tishini ta’minlashdan iborat. Festivalda Janubiy Koreyaning turli ta’lim muassasalaridan 20 nafar matematika fani o‘qituvchilari tomonidan 20dan ortiq matematik stendlar taqdim etiladi. Shuningdek, ko‘rgazma doirasida o‘quvchilar va o‘qituvchilar o‘rtasida esdalik sovg‘alari va sertifikatlar taqdim etiladigan tanlovlar o‘tkaziladi. 2016-yilda asosiy e’tiborimiz iqtidorli talabalar tanlovini sifatli va xolis ta’minlashga yo‘naltirilgan, sababi qabul qilish jarayoni TIU talabalarining kelgusi muvaffaqiyati uchun asos bo‘lib hisoblanadi. O‘sib kelayotgan avlodning katta imkoniyatlarini ko‘rib, universitet tomonidan yangi oliy ta’lim muassasasigacha dasturlarning keng turlari ishlab chiqilmoqda. Mazkur loyihalar doirasiga matematika, fizika va ingliz tili bo‘yicha tayyorlov kurslarini kiritish mumkin, ularni 1 yillik emas, balki 3 yillik sifatida tashkil etish rejalashtirigan, bo‘lajak abituriyentlar akademik  litsey yoki kasb-hunar kollejida o‘qish davrida, parallel ravishda, mustahkam bazaga ega TIUda matematika, fizika va ingliz tilidan bo‘yicha tahsil oladilar. Reja va g‘oyalarimiz juda ko‘p, biroq ularni amalga oshirilishi oson emas, shu sababli TIU mamlakatimizda AT-ta’lim kelgusi rivoji bo‘yicha, hamkorlikda qiziqari loyihalarni amalga oshirishda barcha qiziquvchi tomonlar bilan hamkorlikka ochiq.

 Toshkent shahrida INHA universiteti rektori Sherzod Shermatov bilan suhbat.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq