Sharq Telekom kompaniyasi tijorat masalalari bo‘yicha bosh direktor o‘rinbosari Dilnoza Jo‘rayeva bilan suhbat
03.01.2016
Rukn: Intervyu.
Muallif: .

sharq_26_12_2015

Dekabr oyining so‘nggi kunlari  biznes-muhitda amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha yil yakunlari va kelajakka yangi rejalarni belgilash uchun an’anaviy yil sarhisobi davri bo‘lib hisoblanadi. Amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar, yangi yilda  kompaniya rivoji rejalarini belgilash davridir. Yil oxirida Sharq Telekom kompaniyasida tijorat masalalari bo‘yicha bosh direktor o‘rinbosari etib – Dilnoza Jo‘rayeva tayinlandi.

— Birinchi navbatda, Sizni lavozimga tayinlanganingiz bilan tabriklashga ijozat bering! Yangi lavozimda bir necha haftadan buyon faoliyat ko‘rsatmoqdasiz. Sharq Telekom kompaniyasi tijorat masalalari bo‘yicha bosh direktor o‘rinbosari lavozimida dastlabki taassurotlaringiz qanday?
— Avvalo, shuni ta’kidlamoqchi edimki, oddiy xodimlik faoliyatidan boshlab,  Sharq Telekom kompaniyasida 10 yil mobaynida ishlab kelmoqdaman. Kompaniyada faoliyat yuritish davrida o‘z oldimga har bir xodimga xos bo‘lgan izchillik, har bir xodim o‘z imkoniyatlarini namoyon etishi, tashabbuskorligi, kuchli kasbiy etikani namoyon etishi va kompaniyaning ko‘zda tutgan rejalarini tushunishi, o‘zini to‘la ko‘rsatishga bor kunini sarflash xizlatlari ifodalanadigan omillarni belgilab oldim. Lavozimga tayinlanish oldidan savdo departamenti boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgandim, shu sababli ilgari ham tashkiliy va boshqa  ishlarni hal qilganman hamda barcha bo‘linmalar vazifalari mohiyatini chuqur anglab ulgurgandim. Tabiiyki, yangi lavozimda hamkasblar va qo‘l ostimdagilar oldida ham yuridik, moliyaviy, ham ma’naviy jihatdan mas’uliyatlarim darajasi ortdi.

sharq_26_12_2015_1

— Kompaniyangiz ishlari sifatini yaxshilash uchun qanday choralar ko‘rmoqdasiz?
— Bugungi kunda ishlarni tashkil etishga katta e’tibor qaratamiz va har bir menejerga umumiy ishdagi alohida rolini tushuntirishga harakat qilamiz. Men uchun asosiy maqsad vazifalar o‘z oldimga muntazam menejment tizimini qo‘yish, biznes-jarayonlarini va tizimlashtirish hamda loyihalashtirishni tashkillashtirish  bo‘lib hisoblanadi. Xodimlarni o‘qitish va rivojlantirishga katta e’tibor qaraatamiz. Biz shakllantirayotgan boshqaruv tizimi  barcha — yuqoridan quyigacha xodimlar oldiga katta talablar qo‘yadi.

— Yil sarhisobini qilib, aytingchi, 2015-yil kompaniyangiz uchun qanchalik muvaffaqiyatli bo‘ldi?
— Yil sayin amalga oshirib kelayotgan, tayanadigan xususiy strategiyalarimiz mavjud. Shunday maqsadga yo‘nalganlik va barqaror rivojlanish strategiyasi bilan oldimizga qo‘yilgan maqsadlarga erishishga muyassar bo‘ldik, shu sababli aytish mumkinki, 2015-yil kompaniyamiz uchun samarali yil bo‘ldi — belgilangan maqsadlarimizning ko‘piga erishdik.

Sharq Telekom kompaniyasi 10 yildan ortiq vaqt mobaynida davr ruhi bilan hamqadam bormoqda. Texnologiyalar rivojlanishi bir joyda turmaydi, «bulutli» texnologiyalarga yo‘naltirilgan yuqori tezlikdagi simsiz aloqa standartlari, uy tarmog‘ini tashkil etishda yangi yechimlar yuzaga keldi.

Kompaniya yil sayin o‘z texnologik imkoniyatlarini oshirib, xizmatlar sifatini rivojlantiradi. Bugungi kunda Sharq Telekom — O‘zbekiston bozorida taniqli brenddir. Kompaniyamiz uchun yil ijobiy natijalar bilan yakunlandi. Bir necha katta va qiziqarli loyihalarni amalga oshirdik. Rejalashtirilgan loyihalardan ko‘pchiligini, ayrim jihatlardan olganda, hatto ortig‘i bilan amalga oshirishga erishildi. 2015-yil yakunlari bo‘yicha kompaniyamizda ko‘plab yorqin hodisalar amalga oshirildi. Yuridik va jismoniy shaxslar uchun yangi tariflar qatori kiritildi, mavjud tariflar optimallashtirildi, ko‘plab ijtimoiy loyihalarda ishtirok etdik.

Shuni alohida ta’kidlash zarurki, Kompaniyamiz uskunalarini tanlashda, birinchi navbatda, ishonchlilik va yuqori sifat kabi  mezonlarga tayaniladi, aynan shuning uchun o‘rnatiladigan uskunalar  jahonning yatakchi vendorlari: HP, Cisco, D-link va boshqalarning mahsuloti bo‘lib hisoblanadi.

2015-yilda optik tarmoq ma’lumotlar uzatish qobiliyatini 1 Gb/s.dan 10 Gb/s.gacha tezlikda amalga oshirishga imkon beruvchi kommutatorlar o‘rnatdik. Bizning infratuzulmamizda xizmat ko‘rsatish uchun yangi serverlar o‘rnatildi. Abonentlar uchun qulay tarif rejalari va qo‘shimcha xizmatlarni joriy etuvchi aynan mazkur serverlarda yangi billingni kiritdik. Bu yilgi rivojlanish ko‘rsatkichi sifatida jismoniy abonentlar ko‘payganini aytish mumkin. 2014-yildagi songa nisbatan raqamlar ikki marta oshdi.

O‘zekspomarkazda tashkil etiladigan ko‘rgazmalarda bosh provayder maqomida, an’anaviy holda ishtirok etdik.

— Kompaniyaning kelgusi yil rejalari haqida so‘zlab bersangiz
— Sharq Telekom — bu o‘z oldiga juda murakkab vazifalarni qo‘yadigan va ularni amalga oshirishga tayyor bo‘lgan kompaniyadir. Yangi 2016-yilda kompaniya faoliyatining barcha yo‘nalishlariga taalluqli 2015-yilda boshlangan qator katta loyihalarni yakunlashni rejalashiganmiz. Bizning abonentlarimizni ko‘plab yoqimli sovg‘alar, yangiliklar va qayta tashkiliy vazifalar kutmoqda.

Yanvar oyida kompaniya abonentlari uchun katta miqyosli bonuslarr dasturini kiritishni rejalashtirganmiz. Dasturimizning alohida jihati shundaki, abonentlar kompaniyamiz bilan bog‘liq  o‘z harakatlari bilan ball to‘plab (xizmatlarni faollashtirib, oylik abonent to‘lovini amalga oshirib), kompaniyamiz turli xizmatlarini almashtirib, shuningdek, sovg‘alar va boshqa bonuslar olish imkoniga ega bo‘ladilar. Shuningdek, «Sharq Telekom abonenti» kartasining har bir sohibiga hamkor tashkilotlardan (restoran, kinoteatr, teatr, savdo markazlari, dorixona, do‘konlar va boshqalardan) katta chegirmalar ro‘yxati va bonuslar taqdim etiladi.

Shuningdek, aloqa kanallarini oshirishni rejalashtirganmiz, bugungi kunda yirik uskunalar yetkazib beruvchilar bilan texnik yechimlarni qayta ishlash bosqichidamiz. Jismoniy va yuridik shaxslar uchun  optik-tolali aloqa  liniyalarini qurish kursini davom ettirmoqdamiz. Abonentni qoniqtirishi uchun taqdim etilayotgan xizmatlar sifatini sinchkovlik bilan kuzatib bormoqdamiz. Kompaniyamiz abonentlariga xushxabar — bu rejalashtirilgan tashqi kanalni 2 gigabitgacha kengaytirishdir.

sharq_26_12_2015_4

2016-yilga yana bir muhim hodisani rejalashtirganmiz, Sharq Telekomdan xizmatlar o‘zgartiriladi va yangi qo‘shimcha xizmatlar joriy etiladi. Shuningdek, yil boshida kompaniyamiz abonentlari uchun mobil ilovalari taqdim etiladi. Biroq hozir bu haqda so‘z yuritmaymiz, sizning o‘zingiz yaqin vaqt ichida buni bilib olasiz. Bozorni doim diqqat bilan kuzatib boramiz va xususiy tarif siyosati ustida ishlaymiz. Yangi aksiyalarimizdan biri — «Doim birga(Всегда вместе)», bu aksiya ofis provayderi Sharq Telekom bo‘lganlar uchundir. Agar ishda bizning Internetdan foydalansangiz, unda uy Interneti uchun har qanday tarif rejasida sovg‘a sifatida bir oy bepul Internet, keyinchalik esa maxsus foydali tariflarni taqdim etamiz.

Zamonaviy aloqa xizmatlari bozori ko‘rsatishicha operatorlar tomonidan o‘z egallagan mavqelarini saqlab qolishlari uchun faqat Internetga ulanishni taqdim etishning o‘zigina yetarli bo‘lmaydi. Mijozlarni jalb etish va saqlab qolish uchun yechimlar, servislar va xizmatlar kompleksini taqdim etish zarur. Bunday yechimlar kompleksi biznesdagi yirik raqobatchilarga samarali bardosh berishga imkon beradi. Shu sababli mavjud va yangi abonentlar uchun tarif rejalari taqdim etadigan ko‘plab aksiyalar e’lon qilamiz.

Birinchi navbatda, bu jismoniy shaxslar uchun yangi yuqori tezlikdagi tarif rejalaridir. Bugungi kunda Internet tarmog‘i foydalanuvchilari Internetdan maksimal darajada yuqori tezlikda foydalanishni xohlaydilar va bu juda to‘g‘ridir. 12-dekabrdan «Premi­um» tarif qatorini ishga tushirdik, bir haftadan keyin  kun va tunning turli vaqtiga muvofiq tezlikda manfatli foydalanish mumkin bo‘lgan –  «Family» tarif rejalari e’lon qilindi. Dekabr oyining oxirida «Combi» tarif rejalarini kiritdik, menimcha, bu yuqori tezlikdagi va  limitsiz uy Internetini xohlaganlar uchun juda qiziqarli bo‘ladi.

— Yangi yilda hamkorlar, mijozlar va Sharq Telekom kompaniyasidagi hamkasblaringizga qanday tilaklaringiz bor?
— Avvalo, hamkorlar, mijozlarga ularning ishonchlari va muvaffaqiyatli hamkorliklari uchun minnatdorlik bildirmoqchiman. Sharq Telekom kompaniyasi nomidan barchani 2016-yil bilan tabriklayman! Barchaga samimiy tilaklarim shundan iboratki: yangi ajoyib g‘oyalar, maqsad tomon intilishda kuch-g‘ayrat, mustahkam  salomatlik va shaxsiy hayotlarida xotirjamlik hamda qut-baraka tilayman! 2016-yil omad va farovonlik оlib kelsin!

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq