«East Telecom» MCHJ bosh direktori janob Li Bek Xi bilan suhbat
02.01.2016
Rukn: Intervyu.
Muallif: .

east_26_12_2015

East Telecom kompaniyasi mana o‘n uch yildirki, O‘zbekiston bozorining IT sohasida o‘z xizmatlarini taqdim etib keladi. 2015-yil sarhisobini qilib ayta olamizki, kompaniya rahbariyati ma’lumotlariga ko‘ra, oldinga qo‘yilgan maqsad va vazifalar amalga oshirildi hamda yangi va mavjud mijozlar ishonchini qozonish bo‘yicha katta ishlar amalga oshirildi. Hozirgi vaqtda East Telecom mijozlarga qulay va ishonchli yuqori sifatli xizmatlarni taqdim etishda bozordagi ulushini oshirish bo‘yicha ishlarni davom ettirmoqda.

2015-yilning ikkinchi yarmida kompaniyaning barcha sohalardagi rivoji uchun ko‘p kuch sarflandi. East Telekom xodimlari har oy o‘z bilim va malakalari darajasini oshirish uchun trening va seminarlarlarda ishtirok etdilar. Mijozlar bilan muloqot va oldinga qo‘yilgan vazifalarni amalga oshirishda yutuqlarga erishildi. Shuni tushunamizki, rivojlanish muvaffaqiyati ko‘p holda va kompaniya ichki xodimlarining takomillashuviga bog‘liq bo‘ladi va bunday investitsiyalardan ijobiy natijalarga erishilishini ko‘ramiz. Buning uchun kompaniya xodimlari Janubiy Koreya mutaxassislari bilan kasbiy tajriba almashish dasturida ishtirok etadilar.

east_26_12_2015_1

Shuni ta’kidlash zarurki, yilning ikkinchi yarmida kompaniyada texnik jihatdan yaxshilanish kuzatildi, avariyalar soni kamaydi, taqdim etiladigan xizmatlar sifatini ko‘tarish imkonini beruvchi «Olmaliq — Guliston» optik-tolali tarmoq qurilishi yakuniga yetkazildi. 300 km uzunlikdagi Guliston — Jizzak — Samarqand magistrali qurilishi davom ettirilmoqda.

East Telecom kompaniyasi barcha mijozlar uchun doim o‘z xizmatlaridan foydalanishni soddalashtirishga intiladi, 2015-yilda korpo­rativ abonentlar soni ko‘paydi, hozirgi vaqtda O‘zbekiston bozoridagi barqaror vaziatni egallagan mamlakatimizning ko‘pchilik mobil aloqa operatorlari, yirik zavodlar va boshqa korxonalar biz bilan hamkorlik qiladi.

Taqdim etiladigan kompaniya xizmatlarini yaxshilash maqsadida qurilish va uskunalarni yaxshilash ishlariga katta hissa qo‘shmoqdamiz, buning evaziga  Toshkent — Buxoro magistrali qurilish davom ettirilmoqda.

east_26_12_2015_2

2013-yilda kompaniya tomonidan «East Telecom» MCHJ xodimlari tomonidan amalga kiritilgan samarali ko‘rsatkichlar tayanch hisoboti tizimi —  KPI tizimi joriy etildi. KPI — (Key Performance Indicator) — bu haqiqiy erishilgan natijalarning son-o‘lchovli indikatoridir. KPI tizimi butun kompaniya ishini, uning alohida bo‘linmalari va ma’lum bir xodimlari ishlarini baholash uchun qo‘llaniladi. KPI tizimi yordamida amalga oshirilgan ishlar samaradorligi nazorat qilinadi va baholanadi hamda mehnatga haq to‘lashning samarali tizimini quriladi.

KPI tizimini joriy etishning ijobiy samarasi shundan iboratki, xodimlarda sezilarli motivatsion omil yuzaga keladi. Mas’uliyat va intizom kuchayadi, ishlab chiqarish madaniyati va ishga munosabat o‘zgara boshladi. Umuman korxonaning tayanch samaradorlik ko‘rsatkichlari yaxshilandi.

Shuningdek, joriy yilda kompaniya, xususan, bosh direktor Li Bek Xi O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi , faxriy yorlig‘i hamda Toshkent shahar Mirobod tumani hokimiyatining «Kommunikatsiyalarni rivojlantirishdagi hissasi uchun» faxriy yorlig‘i bilan taqdirlandi.

Janob Lining so‘zlariga qaraganda, mazkur mukofotlar va davlatimiz tomonidan berilayotgan e’tibor juda quvonchli hamda East Telekomning kelgusi rivoji uchun kuchli motivatsiya bo‘lib hisoblanadi, mukofotlar esa barcha kompaniya jamoasi xizmatlari evaziga berilgan bo‘lib, uzoq yillar mobaynida ahillikda va sodoqat bilan xizmat qilib, O‘zbekiston bozorida muvaffaqiyatlarga va yangi yutuqlarga erishishga yordam bermoqda.

Ta’kidlash kerakki, Li Bek Xi «O‘zbetelekom» AK ga magistrallarni rivojlantirish va qurishdagi hamkorlik  yordami uchun o‘z minnatdorchiligini izhor etdi. Mazkur simli liniyalar evaziga East Telekom 70 foizdan ortiq abonentlari kompaniya xizmatlaridan uzluksiz foydalana olishlari mumkin.

Bundan tashqari, 2015-yilda Farg‘onadagi «Mehribonlik» uyiga yordam ko‘rsatishga yo‘naltirilgan xayriya aksiyasi o‘tkazildi. Bolalarni zamonaviy axborot texnologiyalari bilan tanishtirish maqsadida yangi shaxsiy kompyuterlar sotib olindi. Kompaniyaning barcha rahbariyati tantanali taqdirlash marosimida ishtirok etdi, bolalar esa minnatdorlik ramzi sifatida bayram konserti tashkil etdilar va unda milliy kuy va qo‘shiqlarni mahorat bilan ijro etdilar. Bolalarga ozgina bo‘lsada shodlik sovg‘a qilganimiz va unga javoban bolalar labidagi tabassumni ko‘rganimizdan xursand bo‘ldik!

Endi qisqacha 2016-yil rejalari haqida
Tarmoq mijozlari va foydalanuvchilarining talablari o‘sib bormoqda, bu texnologiyalarning keskin rivojlanishi bilan asoslanadi. Sifat — bizning yetakchi raqobatbardoshlik xususiyatlarimiz afzalliklaridan biri bo‘lib hisoblanadi. 2016-yilda doimiy maqsadimizni amalga oshirishga oid quyidagi — xizmatlar sifatini ko‘tarish, kompaniya ko‘rsatiladigan xizmatlar servisini yaxshilash, uzluksiz aloqani ta’minlash, shuningdek, kompaniyaning turli xizmatlariga oid ishlarini takomillashtirish kabi ishlarni davom ettiramiz. Qoplash zonasini kengaytirish va abonentlar sonini oshirish ishlari davom ettiriladi. Yirik korporativ mijojlar bilan hamkorlik ishlari davom ettiriladi. Xizmatlarimiz narxi tushirilib, sifati oshirilishi rejalashtirilmoqda.

Mintaqalardagi mavjud filiallarimiz kompaniya rivojining muhim sharti bo‘lib hisoblanadi va O‘zbekistonda qoplash zonalarini kengaytirish maqsadida mamlakatimiz mintaqalarida yangi ofislar ochishni rejalashtirganmiz. 2016-yilda East Telecom xizmatlariga talab o‘sib borishi munosabati bilan Qo‘qon, Qashqadaryo va Namangan viloyatlarida kompaniya ofislarini ochish rejalashtirilgan.

East Telecom kompaniyasi barcha mijozlarga uning tanlovlari va ishonchlari uchun minnatdorchilik bildiramiz, siz uchun yanada yaxshi bo‘lishga intilamiz!

Kompaniya haqida ma’lumot
«East Telecom» MCHJ  2003-yil sentabrda tashkil etilgan va bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida qayd etilgan aloqa bo‘yicha yirik operator bo‘lib hisoblanadi. 2007-yilda «East Telecom» MCHJ Korea Telecom kompaniyasi (Koreya Respublikasi) va Sumitomo Corporation (Yaponiya) global biznesining bir qismiga aylandi. 2010-yil dekabr oyida kompaniya sifat menejmenti tizimi ISO 9001:2008 standarti bo‘yicha sertifikatga ega bo‘ldi, 2012-yil aprel oyida esa — qo‘llanuvchi sifat tizimi mazkur standartga muvofiqlikda tasdiqlandi.

Kompaniya tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar turi doirasiga — keyingi avlod zamonaviy servislari (Next Generation Networks, NGN) — yuqori tezlikdagi internet-ulanishdan to videokonferensaloqa seanslarigacha kiritildi.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq