2016-yil yanada qiziqarli bo‘ladi!
02.01.2016
Rukn: Intervyu.
Muallif: .

tps_26_12_2015

O‘tgan yil iqtisodiyotning ko‘plab sektorida o‘sish yili bo‘ldi. «Texnoprosistem» MCHJ direktori Faxritdin Rahimov aytishicha, barcha IT-sohasi uchun yil omadli hamda o‘zining rang-barang hodisalarga boyligi va o‘zgarishlari bilan 2015-yil juda qiziqarli yil bo‘ldi. Suhbat mobaynida 2015-yilda telekommunikatsiya sohasidagi rivojlanish jarayonlari, oldinga qo‘yilgan vazifalarga nimalar ta’sir etganligi, shuningdek, kompaniya qanday rivojlanishi va joriy yilda «Texnoprosistem» oldida qanday vazifalar turganligi haqida so‘zlab berdi.

— Faxritdin Komiljonovich, suhbatimiz boshida 2015-yil yakunlari haqida so‘zlab bersangiz. Yil Kompaniya uchun qanday o‘tdi? Amalga oshirilgan ishlar samaradorligi qanday bo‘ldi?
— O‘tgan yil ham ilgarigi yillardagidek, kompaniyamizning professional va texnik jihatdan o‘sish yili bo‘ldi. Biroq shuni ta’kidlash lozimki, 2015-yil juklamalarning ko‘pligi va amalga oshirilgan ishlari bilan juda qiziqarli bo‘ldi. Biz oldimizga qo‘yilgan deyarli 90% ishlarni amalga oshirdik.

Umuman olganda, kompaniyamiz sohasi  hech bir global o‘zgarishlarsiz xotirjam o‘tdi. Biz ICTExpo-2015 ko‘rgazmasida ishtirok etdik, unda qimmatbaho sovrinlar bilan ko‘plab tanlovlar o‘tkazildi, abonentlar sodiqligini oshirish strategiyasi, shuningdek, jismoniy shaxslar uchun ko‘plab tarif rejalari o‘zgartirildi, yangi limitsiz, yuqori tezlikdagi Internet xizmatlari paydo bo‘ldi, «Elektron ommaviy oferta», JETNET (kompaniya kontent-resurslari uchun to‘lovlarni qabul qilish) tizimi ishga tushirildi, internet-paketlari kengaytirildi va «Moy TPS» mobil ilovalari foydalanishga topshirildi.

tps_26_12_2015_1

Barcha o‘zgarishlar abonentlarimiz tomonidan katta talabga ega. Mijozlarning sodiqligi bo‘yicha ishlarni davom ettiramiz, qator yangiliklar yaratamiz, 2016-yil rejalari o‘tgan yildagidan ham qiziqarli bo‘ladi.

— Bevosita mamlakatimiz mintaqalari uchun yil yakunlari haqida  to‘xtalsangiz?
— Mintaqalarda abonentlar soni o‘sib bormoqda, biz qoplash zonasini kengaytiramiz va u yoki bu mintaqa texnik imkoniyatlari va sharoitlari asosida maxsus mintaqaviy tarif rejalarini yaratamiz. Shuningdek, mamlakatimizning alohida mintaqalari kabelli infratuzulmasi rivoji bo‘yicha qurilish ishlari olib boriladi.

— 2015-yil abonentlar bazasining o‘zgarish ko‘rsatkichlarini baholay olasizmi?
— Internetga ulanish xizmati bo‘yicha abonent­lar bazasi ham o‘sib bormoqda. Kompaniyadagi o‘zgarishlar va yangi xizmatlar tarif rejalari ularning kompaniyaga sodiqligini oshirmoqda. Biz strategik va marketing tadqiqotlar evaziga  yangi abonentlarni jalb etish uchun hamda ularga sifatli xizmat taqdim etish imkoniyati bilan zamonaviy konsepsiyasini ishlab chiqdik.

— Umuman olganda, kompaniyaning yaqin vaqt mobaynidagi rivojlanish strategiyasi nimalardan iborat? 2016-yilda kommunikatsiya texnologiyalari bozorining rivojlanish prognozi qanday?
— Prognozlarga kelsak, yil internet-provayderlar uchun yangi ajoyib xizmatlarga boy va qiziqarli bo‘ladi. O‘ylaymanki, bozor faqat o‘sishda davom etadi: aloqa va Internet xizmati — bu shunday xizmatlarki, ulardan voz kechish mumkin emas. Hozirgi vaqtda inson aloqa xizmatisiz to‘laqonli muloqot qila olmaydi.

tps_26_12_2015_2

Iqtisodiyotda bozorda raqobat o‘sishi sharoitlarida, umid qilamanki, taqdim etadigan barch imkoniyatlar talabga sazovor bo‘ladi va Internet xizmatlari odamlar uchun to‘la ma’noda, olam ko‘zgusiga aylanadi, ularga takomillashishga va qiyin vaziyatlardan yengib o‘tishga yordam beradi, shuningdek, o‘z ijodiy va kasbiy g‘oyalarini amalga oshirish imkonini beradi. Ko‘pchilik, masalan, bugungi kunda juda ommabop bo‘lgan masofaviy ta’lim yoki ishni o‘zlashtirishi  mumkin.

Agar «Texnoprosistem» haqida so‘z ketsa, kompaniya yangi biznes-texnologiyalar, loyiha va yechimlar, shuningdek, Internet foydalanuvchilari yangi yanada yengil va manfaatli xizmat va tariflar uchun maydoncha bo‘lib qolishda davom etadi. Umuman olganda, kompaniya IT sohasida yetakchilardan biri bo‘lib hisoblanadi va O‘zbekistondagi kompaniyalar o‘rtasida yetakchilardan bo‘lib qolishini xohlaymiz. Vaqt ko‘rsatishicha — o‘sish va ravnaq topish uchun barcha imkoniayatlarga egamiz. Sifatni yaxshilash, xodimlarimiz bilimlarini takomillashtirish va abonentlarimiz sodiqligini oshirishga bo‘lgan intilishimiz juda ham katta ijobiy omil bo‘lib hisoblanadi.

«Texnoprosistem» MCHJ direktori Faxritdin Rahimov bilan suhbat.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq