Xerox 2016-yilda O‘zbekiston bozorida yangi yutuqlarni kutmoqda
01.01.2016
Rukn: Intervyu.
Muallif: .

xerox_23_12_2015

Yangi 2016-yil arafasida infoCOM.UZ jurnali muxbiri Markaziy Osiyoda Xerox kompaniyasi vakolatxonasi rahbari Vladimir Maleyev bilan suhbatlashdi. Xerox O‘zbekistonda qanday ishlayotgani va 2016-yil rejalari haqida so‘zlab berishni so‘radi.

— Bugungi kunda mamlakatimiz mintaqalarida Xerox biznesi qanchalik muvaffaqiyat qozonmoqda?
— Xerox kompaniyasi O‘zbekiston bozorida 1992-yilda ish boshladi. O‘tgan yillarda katta hamkorlik tarmog‘ini rivojlantirishga erishdik, o‘zbek bozorida bosma mashinalarning yetkazib berilishi hajmini kengaytirdik va hamkorlar va buyurtmachilar bilan faol ishlarni davom ettirmoqdamiz. O‘zbekistonning kompaniyalariga texnologik yechimlarni taqdim etib, ularning soha ixtisoslashuvini doim hisobga oldik.

O‘zbekistonda uchta distribyutor va besh hamkor bilan faoliyat yuritamiz. Muvaffaqiyatli hamkorlik evaziga O‘zbekiston hududini keng qamrab olishga erishdik. Shuningdek, Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlarida hamkorlik tarmog‘ini rivojlantirish va ko‘plab viloyat va hududlarni qoplashga ham erishdik.

Tarmog‘imizda distribyutor va resellerlarning rivojlanishi turli sohadagi tashkilotlarda ko‘plab muvaffaqiyatli sanoat uskunalari installyatsiyasini o‘tkazdi.

Biznesimiz muvaffaqiyati albatta, bozorga bog‘liq bo‘ladi va iqtisodiy vaziyati, buyurtmachilar afzal ko‘rishiga muvofiq o‘zgaradi. Biroq umuman olganda, turli sohalar rivojini kuzatmoqdamiz. Markaziy Osiyo mintaqalarida, jumladan, O‘zbekiston nafaqat bozordagi ulushini saqlab qolish, balki ko‘plab tayanch segmentlar vaziyatini mustahkamlashga intilamiz.

— Xerox O‘zbekiston mintaqalariga va bozorning qanday segmentiga mahsulotlar taqdim etmoqda? Qanday mahsulotlar bozorlarimizda ommalashib bormoqda?
— Xerox kompaniyasi O‘zbekistonda bozorning barcha segmentlarida mavjud bo‘lib, bozorda buyurtmachilarga uy sharoitida foydalaniladigan printerlardan tortib, yuqori ishlab chiqarishga imkon beruvchi bosma mashinalarigacha va sanoat dasturiy ta’minot hujjatlar bilan ishlash uchun to‘liq yechimlar turlarini taqdim etadi.

Muntazam ravishda, mahsulotlar qatorini yangilaymiz va maishiy kanallarni doimiy kengaytirib boramiz. Bozorga har yili 20–30dan kam bo‘lmagan yangi yechimlar, buyurtmachiga bosma industriyasida eng zamonaviy texnologik yutuqlarni jamlagan, yangi imkoniyatlarni taqdim etamiz. Shuni ta’kidlash zarurki, Markaziy Osiyo bozorida Xeroxning barcha yangi mahsulotlari, jumladan, dasturiy ta’minotlari foydalanuvchi uchun qulaydir.

Mamlakatimizda o‘rta va yirik ofislar uchun yechimlar alohida ommaviylikka ega. Yirik kompaniyalar bilan muvaffaqiyatli hamkorlik yuritish borasida misollarimiz ko‘p, biroq mahsulotlarimiz kichik biznes va xususiy tadbirkorlik segmentida foydalaniladi. Keyingi yillarda sanoat matbaa uskunalariga barqaror talab kuzatilmoqda. Xususan, bosmaxonalarga bosmaxona markazlari va nashriyotlarga quyidagi Xerox 700, Xerox Color 1000 va Xerox Colour S75 Press kabi mashinalarni o‘rnatdik.

— Hamkorlaringiz va O‘zbekistonda Xerox dilerlik tarmog‘ining doirasi qanday? Qanday qilib, dileringiz bo‘lish mumkin?
— Suhbatimiz boshida aytganimdek, mamlakatda barcha tayanch mintaqalarni qamrab olib, O‘zbekistonda uch distribyutor va beshta hamkor bilan faoliyat yuritamiz. Har qanday kompaniya distribyutordan mahsulot va yechimlarimizni sotib olib, hamkorlik qilishi mumkin, Xerox hamkorlik maqomini va alohida ustunliklar ham beradi. Hamkorlarimiz ishda o‘zlarini qulay his etishlariga harakat qilamiz, loyihalarni tayyorlashlarida, o‘z vaqtida qo‘llab-quvvatlash yordamini va yangi mahsulotlar bo‘yicha maslahat beramiz. Kompaniyamiz hamkorlkni rivojlantirishga faol investitsiyani amalga oshiradi, ular uchun sotuvlar hamda marketing bo‘yicha treninglar o‘tkazadi, ularga PR- va marketing qo‘llab-quvvatlashni amalga oshiradi. Axir aynan hamkorlar ishonchi bizga muvaffaqiyatli biznes yuritishga yordam beradi.

Egallagan mavqeimizni  juda qadrlaymiz va hamkorlar tanloviga juda sinchkovlik bilan yondashamiz. Talabgor-kompaniyalardan biriga aylanish uchun alohida jarayonlardan o‘tish zarur. Agar muxlislarimizni Xerox bilan hamkorlik qiziqtirsa, Toshkentdagi xohlagan distribyutor: SHARIFA.Com, UCD Micros yoki «Teleset Alfa»ga murojaat etishingizni so‘raydi.

— O‘zbekistonda Xerox mahsulotlarining kafolati va kafolatdan keyingi servis qanday tashkil etilgan? O‘zbekiston mintaqalarida, Toshkentda mualliflashtirilgan servis markazlari nechta? Servis markazlari tarmog‘ini rivojlanntirish rejalari qanday?
— Kompaniyamiz servis tarmog‘i rivojiga katta va buyurtmachilarimizga xizmat ko‘rsatish darajasini ko‘tarishga katta e‘tibor qaratadi. Har qanday tashkilotda oddiy bosma uskunasi, u bosmaxona bo‘ladimi yoki bankmi, moliyaviy zararga olib kelishini yaxshi tushunamiz. Shu sababli ham buyurtmachiga Xerox texnikasi bilan ishni yanada oddiy va yoqimli bo‘lishi uchun maksimal sifatli va operativ servisni taqdim etamiz. O‘zbekistonda uskunalarimizning xizmat ko‘rsatishi bilan hamkorlar servislari shug‘ullanadi. Bu ishga jalb etilgan barcha mutaxassislar servis xizmatlari korporatsiyamiz standartlariga muvofiq bo‘lishi uchun Xerox markazida o‘qish kurslarida bo‘ladilar.

Har qanday uskunamizga bir yillik kafolat beramiz. Apparat buzilgan taqdirda buyurtmachi uni sotib olgan joyga murojaat etib, darhol nososlk bartaraf etiladi. O‘zbekistonda beshta mualliflashgan servis markazi bilan hamkorlik qilamiz, ularda korporatsiyamizda sertifikatsiyadan o‘tgan 12 nafat mutaxassis-muhandis xizmat qiladi. Bundan tashqari, O‘zbekistonning barcha yirik shahar va tumanlar markazlarida servis agentliklari amal qiladi.

Xerox vakolatxonasi muntazam ravishda, sarflanadigan materiallari va jamlovchi qismlar mavjudligini, shuningdek, servis sifatini nazorat qiladi. Bundan tashqari, agentlar sonini oshiramiz va yil sayin O‘zbekiston mintaqalarida qoplash hududini kengaytirib boramiz.

— Xerox uchun sarflanadigan mavjud materiallar sohasidagi ishlar borasida to‘xtalsangiz? Xerox bozorda (Xerox uchun sarflanadiganlar sifatli, biroq qimmatbaho) raqobatbardoshlik darajasi qanday?
— Bizning industriyamizda sarflanadigan materiallar qimmati, so‘nggi natijadagi bosma mahsuloti qimmatichalik muhim emas. Shuningdek, unga qog‘oz, texnik xizmat ko‘rsatish va ko‘plab boshqalar sarfi ham jamlanadi. Kompaniyamiz boshqa raqobatchilardan ko‘ra ancha arzon narxni taqdim etadi.

Xerox kompaniyasi texnologiyalarining asosi kserokopiya va lazer bosmasidan boshlagandi. Aynan biz dastlabki sarflanadigan materiallarni ishlab chiqdik, shu sababli boshqa har qanday vendorga nisbatan ular haqida barcha ma’lumotlar va mazkur sohada katta tajribaga egamiz. Uzoq yillar texnikamiz foydalanuvchilarga eng yaxshi bosma sifatiga ega bo‘lishi uchun sarflanadigan materiallarni yaratish texnologiyasini takomillashtirdik, eng yaxshi moddalar va ularni qo‘llash usullarini ishlab chiqdik. Bunda Xerox sarflanadigan materiallarning narxi boshqa ishlab chiqaruvchilarga nisbatan yuqori emas.

Xerox ofis texnikasidan hali fodalanmaydigan buyurtmachilar uchun firmaning sifatli bosma uskunalarini taqdim etishga tayyormiz. Aynan ular uchun o‘tgan yil avgust oyida HP bosma texnikasi uchun Xerox Replacement Cartridges sarflanadigan materiallarning yangi qatorini chiqardik. Ular OEM-kartrijiga nisbatan ancha arzon turadi, biroq shunday yoki katta resurslarga ega.

Hamkorlarimiz omborlarida lazerli, svetodiodli va siyohli printerlar va boshqalar uchun original kartrijlarning to‘liq assortimenti bo‘lishiga doim e’tibor qaratamiz. Original sarflanadigan materiallaridan foydalanishda narxga oid muammolar yuzaga kelmaydi. Shuningdek, ularning ustunligi qatoriga qo‘llanilishidagi kafolat, yuqori tejamkorlik va almashishdagi qulaylik ham kiritiladi.

— O‘zbekistonda Xerox texnikasini qayerdan sotib olish mumkin? Bozorlarimizda qanday yangiliklar paydo bo‘ladi?
— O‘zbekistondagi Xerox texnikasi distribyutorlari: SHARIFA.Com, UCD Micros va «Teleset Alfa»dan sotib olish mumkin. Ofis uskunalarimiz orasida yuqori darajada ommaviylikka ega bo‘lgan: Xerox WorkCentre 3215/3225, Xerox WorkCentre 7220/7225 va MFU Xerox WorkCentre 5325/5330 kabi yangiliklardan foydalanadilar.

Yaqindagina bozorga printerda ishlaydigan va turli ishlab chiqaruvchilarning qulay narx va Xerox PrintSafe arxitekturasi bosma nazorati tizimini chiqardik. Shuningdek, Xerox o‘rtacha samarali sanoat uskunalari qatorida Xerox Colour S75 Press ketidan taqdim etilgan to‘liq rangli Xerox Versant 80 Pressni ta’kidlashni istardik. Xerox Versant 80 Press 52dan 350 g/m2 qalinlikdagi plastika va teksturalashgan qog‘oz kabi materiallarda daqiqasiga 80ta sahifa tezlikda bosib chiqaradi. Mashina ishonchliligi va oyiga 460 000 bet sahifagacha maksimal yuklamasi bilan farq qiladi.

O‘tgan yili O‘zbekistonda ilk bor o‘rnatilgan yechimlardan biri – MFU Xerox ColorQube 9303 bo‘ldi. U patentga ega Xerox HiQ LED texnologiyasi bazasida ishlaydi va rangli tejamkor bosmaning yuqori sifatini ta’minlaydi.

— O‘zbekistonda Xerox kompaniyasining Yangi 2016-yildagi biznesining  rivojlanish istiqbollari haqida to‘xtalsagiz
— Kompaniyamiz Yangi yilda, O‘zbekiston bozorida yangi yutuqlarni kutmoqda. Eng avvalo, qoplash hududini kengaytirishni mo‘ljallaganmiz, bu albatta hamkorlar va buyurtmachilar biznesining rivoji bilan bog‘liq. Shuningdek, ishlarimiz va hamkorlik tarmog‘i ishlari sifatini oshirishni rejalashtirganmiz.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq