Sarkor Solutions kompaniyasi bosh direktori Firuza Askarova bilan suhbat
01.01.2016
Rukn: Intervyu.
Muallif: .

sar_28_12_2015

O‘tgan 2015-yil Sarkor Solutions kompaniyasi uchun juda sermazmun bo‘ldi. Yil boshidanoq jadal sur’atlar bilan faoliyat yuritib, uni yaxshi ko‘rsatkichlar bilan yakunladik va portfolioni to‘ldirdik.

Yil uzoq kutilgan UMS kompaniyasi sayti (www.ums.uz)ning ishga tushirilishi bilan boshlandi, saytni biz qisqa vaqt mobaynida joriy etishga muyassar bo‘ldik. Sayt stressli yuklamalar sinovidan o‘tdi hamda o‘z vazifalarini muvaffaqiyat bilan amalga oshirdik. Saytning texnik holati bilan bog‘liq masalarni amalga oshirishda davom etmoqdamiz va UMS kompaniyasining boshqa veb-yechimlar bilan aloqador loyihalarida ishtirok etmoqdamiz. Bundan tashqari, yil boshida TIV huzuridagi axborot  agentstligi — Jahonnews.uz yirik axborot  resurslari bo‘yicha ishlar yakuniga yetkazildi. Mazkur loyiha, jumladan, chet ellik auditoriya uchun respublikadagi hodisalarni yoritishga bag‘ishlangan, shu sababli loyiha katta yuklamani hisobga olib, ishlab chiqilgan. Har kuni saytda bir necha o‘nlab yangiliklar uch tilde berib boriladi, saytga 30dan ortiq mamlakatlardan foydalanuvchilar tashrif buyuradi. Biz resurs tuzilmasini yaxshiladik, dizayni qayta ko‘rilib, funksionalligi yaxshilandi.

Bu yil BMTTD bilan hamkorlik loyihasi natijalarini ko‘rish mumkin, jahonda O‘zbekistonning barcha diplomatik vakolatxonalari uchun yagona standart ustida — uzoq vaqt ish olib borildi. Mazkur loyihaning dastlabki natijalari — Saudiya Arabistoni Qirolliklaridagi O‘zbekiston elchixonasi

sar_28_12_2015_1

(http://saudia.mfa.uz)dir. Yaqin orada O‘zbekiston va boshqa mamlakatlarda — Belgiya Qirolligi, Tojikiston Respublikasi va Yaponiya dipvakolatxonalari saytlari ishga tushiriladi. Biz ishlab chiqaradigan platformada kelgusida boshqa elchixonalar va konsulxonalar ulanishi rejalashtirilgan. Bu, birinchidan, mazkur resurslarning aniq xavfsizlik standartlariga va  funktsionalligini ushlab turish, ikkinchidan esa, respublikamiz haqidagi axborotlarni o‘z vaqtida sinxronlashtirish va yangilashdan iborat.

Bu yil O‘zbekiston  Respublikasi Markaziy banki rasmiy saytini modernizatsiya qilishdek jiddiy loyihani ta’kidlashimiz mumkin, mazkur loyiha bir necha oy davom O‘zbekiston  Respublikasi Markaziy banki taqdim etadigan ko‘plab onlayn-servislar taalluqli bo‘ldi. Mazkur bank uchun foydalanuvchilr uchun onlayn-qo‘llab-quvvatlash tizimini joriy etdik. «Asaka» bank saytini modernizatsiya qilish bo‘yicha katta ishlar amalga oshirildi: barcha axborotlar 2008-yildan boshlab qayta ko‘rib chiqildi va qulaylashtirildi, sayt (www.asakabank.com) yangi dizaynga ega bo‘ldi. Bank sektorida InfinBank bank (www.infinbank.com) bilan ishlarimizni ko‘rsatishimiz mumkin.

O‘tgan yilda korporativ sektor bilan hamkorlikda SamAuto va Uzbekleasing uchun resurslar yangilandi. Shuningdek, MAN Auto Uzbekistan kompaniyasi uchun ichki dilerlar tarmog ‘ini ishlab chiqish bo‘yicha katta loyiha boshlandi.

sar_28_12_2015_2

Davlat inspeksiyalari — Aloqa, axborotlashtirishva telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi va O‘zgosneftegazinspeksiya uchun to‘liq modernizatsiya ishlari amalga oshirildi. «O‘zbekiston temir yo‘llari» kompaniyasi bilan hamkorlikni alohida ta’kidlash kerak, uning natijasida  kompaniyaning rasmiy sayti (www.uzrailways.uz) to‘liq yangilandi. Bizningcha, loyiha xodimlar tomonidan O‘zbekistondagi yirik va ko‘p yillik tashkilot haqida ajoyib materiallarni jamlaganliklari evaziga  juda munosib taqdim etildi.

sar_28_12_2015_3

Bugungi kunda davlat organlari uchun saytlar ishlanmalari bizning asosiy ixtisoslashuvimiz bo‘lib hisoblanadi. Bu sohada barcha yangiliklar va qonunchilik bazasini o‘rganib, ekspertizani kuchaytirishga harakat qilamiz. Shu maqsadda davlat saytlarini ishlab chiqish va fikr almash masalalariga bag‘ishlanganov seminar o‘tkazdik. Unga davlat organlari vakillari, shuningdek, «Elektron hukumat» tizmi rivojlanish markazidan mutaxassislarni taklif etdik. Bunday tadbirlarni muntazam ravishda o‘tkazishni rejalashtirganmiz, mazkur tajriba almashish formati o‘z samarasini isbotladi. Shuningdek, biz taqdim etadigan yechimlar bilan tanishish mumkin bo‘lgan an’anaviy tarzda ICTExpo ko‘rgazmasida ishtirok etdik. Yana muhim yutuqlarimizdan biri — biz rossiyalik hamkorimiz, 1S-Bitriks kompaniyasi loyihalari sifat monitoringgiga qo‘shildik. Endilikda studiyalarda yaratilgan loyihalar, bizning ichki testdan o‘tkazishimizdan tashqari, hamkorlarimiz tomonidan ko‘pbosqichli  tekshiruvdan o‘tadi. Har bir loyiha testlashtirishning bir necha bosqichidan  o‘tkaziladi, mijozlar esa 1S-Bitriks kompaniyasidan anketa-so‘rovlarida ishtirok etadilar. Bunday sifat standartlariga muvofiqlik bo‘yicha har tomonlama tekshiruv kelgusi loyilarga oid  ishlarimizni yaxshilash imkonini beradi. Sifat ishimizda doim asosiy ustunlik bo‘lib hisoblangan, shu sababli kirib kelayotgan yilda yanada rivojlanish, yngi texnologiyalarni o‘zlashtirish va yanada murakkab loyihalarda ishtirok etishdan iborat. infoCOM.UZ jurnali muxlislariga va barcha hamkorlarga barcha ishlarida omad tilaymiz!

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq