Softline: о‘z mijozlari  talablariga yo‘naltirilgan kompaniya bo‘lib qoladi!
31.12.2015
Rukn: Intervyu.
Muallif: .

soft_23_12_2015

Jurnalxonlarimiz uchun o‘tib borayotgan 2015-yildagi an’anaviy yangi yil  blits-intervyuimizda  O‘zbekistonda Softline kompaniyasi direktori Oybek Orifjonov kirib kelayotgan 2016-yil rejalari haqida suhbatlashdik.

— Kompaniyangizning  2015-yil  II yarim yilligidagi faoliyati haqida so‘zlab bersangiz (raqamlar, faktlar, asosiy hodisalar).

Softline – Rossiya, MDH, Lotin Amerikasi, Hindiston va Janubiy – Sharqiy Osiya bozori uchun IT-yechimlari va servislarini  global yetkazib berishda yetakchilik qiladi. Biz texnologik IT-yechimlari, dasturiy ta’minotlarni litsenziyalashtirish, apparatli ta’minot va IT-infrastrukturasining samarali qurilishi uchun xizmatlarning  to‘liq majmuasini taqdim etamiz. Kompaniyamiz rivojlanishining asosiy yo‘nalishi  IT-servislar, infrastruktura va biznes yechimlar bo‘lib qolmoqda.

2015-yilning ikkinchi  yarmida asosiy e’tiborni servislar yo‘nalishining faol rivojlantirishga qaratdik. Jahon amaliyoti va mahalliy bozor talablariga yo‘nalib,   quyidagi: biznes-jarayonlar byudjetini optimallashtirib, qisqartirish, IT vositalaridan foydalanib, xodimlar samaradorligini oshirish, IT-infrastrukturasining himoyalanganligi va boshqa talab etilgan masalalar yechimiga qaratdik. Softlineda yechim va xizmatlar sohasi ekspertizasida katta tajriba to‘plangan, ular yuqorida barcha sanab o‘tilgan yechimlarni ta’minlashga mo‘ljallangan.

Xodimlarimiz malaka va mahorati Microsoft, VmWare, Fujitsu, NetApp, Kerio, Kasperskiy Laboratoriyasi kabi ko‘plab  vendordagi salohiyatga ega. Softline – mijozga yo‘naltirilgan kompaniya bo‘lib hisoblanadi  hamda korxona IT-infrastrukturasining rivojlanish darajasini puxta o‘rganib, o‘z oldimizga har bir mijozga yechimlar va xizmatlarni taqdim etish vazifasini qo‘yganmiz. Ular  biznesning o‘ziga xos jihatlariga samarali muvofiq keladi va vazifalarni yangicha hal etishga yordam beradi.

— 2016-yil I yarim yilligi rejalari haqida to‘xtalsangiz

— 2016-yilning birinchi yarim yilligida Hardware yo‘nalishi bo‘yicha yechimlar portfelini to‘ldirib borishni rejalashtirganmiz.

Shuningdek, axborot xavfsizligi bo‘yicha loyihalar (DLP tizimlari) sur’atini oshirishga oid ishlarni  o‘z oldimizga qo‘yganmiz. Hozirgi vaqtda mazkur yo‘nalish juda ham dolzarb. Har bir kompaniyada o‘z xususiy xavfsizlik, IT-strukturalar ishlarini, biznesni yuritishda o‘z xususiy va ko‘pincha ajoyib tashkil etish standartlari mavjud. DLP-tizimlarini tanlash va joriy etishning asosiy sabablaridan biri shundaki, tizim  kompaniyamiz barcha ishlari tamoyil va talablarining muvofiqligi bo‘lib hisoblanadi. Bu menejerlarimiz ishida, ya’ni biz yuqori sifatli, kompleks hamda yangi  texnologik xizmat va yechimlarda e’tiborga olingan.

Softline kompaniyasi o‘z biznesini jadal rivojlantirish va kengaytirib borish, ko‘rsatayotgan xizmatlari yuqori sifatini saqlab qolib, o‘z mizojlari talablariga yo‘naltirilgan kompaniya bo‘lib qolishga intiladi. Erishgan natijalarimizda to‘xtab qolmaymiz, xizmatlarimiz sifatini yaxshilab borish ustida muntazam ish olib boramiz va rivojlanish texnologiyasini  —  menejment sohasida ham, biznes sohasida ham takomillashtirib boramiz.

O‘zbekistonda Softline kompaniyasi nomidan Sizlarni kirib kelayotgan Yangi yil bilan muborakbod etishga ruxsat bering! 2016-yil oilangizga quvonch, baxt, tabassum va yaxshi kayfiyat olib kirsin. Barcha orzu-niyatlaringiz ro‘yobga chiqishi va rejalaringiz amalga oshishida omad tilayman. Yangi yilda Sizlarga baxt yor bo‘lsin!

Softline kompaniyasi direktori Oybek Orifjonovbilan suhbat

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq