«Sarkor Telekom» MCHJ QK ijrochi direktori Timur Vaxabov bilan suhbat
31.12.2015
Rukn: Intervyu.
Muallif: .

sarkor_26_12_2015

Sarkor Telecom kompaniyasi valyuta resurslariga cheklovlar va internetga ulanish xizmatlariga eksport mavjud bo‘lmagan davrda o‘z faoliyatida jadal rivojlantiriishda davom etmoqda. 2015-yil mobaynida Toshkent shahrida optik ulanish qoplamasini kengaytirib, Internetga ulanish xizmatlari barqarorligini yaxshilash maqsadida FTTB uskunalarini modernizatsiya qilib, kompaniya tashqi moliyaviy resurslarni jalb etgan holda, optik tarmoqlarini qurishga 90 foizdan otiq daromad reinvestitsiya qildi.

2015-yilda  Sarkor Telecomdan  Internet tarmog‘iga optik texnologiya bo‘yicha  ulanish Toshkent shahridagi  400ta uy-joy binosida amalga oshirildi, bu 2014-yildagi sur’atlardan ikki marta ortiqdir. 3500tadan ortiq xonadon aholisi optik internet-xizmatiga ulanib, foydalanmoqdalar.

Hozirgi vaqtda optik texnologiyalar Chilonzor tumanida ham joriy etilib, 1, 2 va 3-dahalarida foydalanishga topshirildi, Mazkur texnologiyaning butun Toshkent shahri bo‘yicha  obyektlar qamrovi esa o‘n bir ma’muriy tumanlardan yettitasidagi 1000dan ortiq ko‘p qavatli uylarni tashkil etadi.

sarkor_26_12_2015_1

2015-yilda nobarqaror/avariyaviy energiya ta’minoti sharoitlarida uskunalar ishonchliligini 80 foizga oshiruvchi yanada kuchli ta’minot bloklarini almashtirish va o‘rnatish ishlari amalga oshirildi. Shuningdek, internetga ulanish – ulanishning tezkorligi hamda barqarorligining sifatli tayanch ko‘rsatkichlarini  yaxshilash maqsadida  optik tarmoq qurilishi arxitekturasi ko‘rib chiqildi. 2015-yilning ikkinchi yarmida kompaniya xususiy korporativ saytining yangi versiyasini ishga tushirdi. Noaniqlik va xatolar mavjud bo‘lishiga qaramay, rahbariyat foydalanuvchilar bilan ochiq muloqotni yaratish va fikr almashish maqsadida oxiriga yetkazilmagan jarayonlarning rivojlanib borishini ta’minlashga yordam beruvchi saytni ishga tushirishga qaror qildi. Sayt yangiliklaridan biri unda  maslahat berish jarayonida olingan muhim axborot saqlashga imkon beruvchi onlayn-konsultant(maslahatchi)ning kiritilishidir. Shuningdek, kompaniya xizmatlari va tariflarini qulay tanlab olish imkoniyati, xizmatlarga ulanish vaqtining qisqarishi hamda to‘liq bo‘lmagan va noaniq axborot taqdim etilishi holatida vaqt yo‘qotishni bartaraf etish mumkin.

2015-yilda kompaniya abonentlar murojaatlarning ishlab chiqilishi va qayta ishlash qoidalarining muhokama etilishida faol ishtirok etdi, bevosida xizmatlardan  foydalanuvchi abonentlarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha xususiy reglamentlar yangilandi,  kompaniyaning turli bo‘linmalarida o‘quv dasturlari va treninglari o‘tkazildi. Natijada 2015-yil natijalari bo‘yicha  kompaniya xodimlari ishlaridan shikoyatlar soni kamayganligi aniqlandi. Tarmoqqa ulanish va texnik xizmat ko‘rsatish muddatlarini buzish holatlari koeffitsiyenti 1 foizdan oshmadi.

sarkor_26_12_2015_2

GPON kompaniyasi texnologiyasi bazasida kompaniyaga  abonentlar uchun telefoniya hamda IP-televideniye/video-kontent  kabi ko‘plab raqamli xizmatlarning yanada rivojlanishini baholash va rejalashtirish imkonini beruvchi internet-xizmatlariga ulanish xizmatlari test loyihasini ishlab chiqdilar va joriy etdilar. Bundan tashqari, testdan o‘tkazishning dastlabki natijalari tarmoqni to‘g‘ri tashkil etilishi va foydalanilishida mazkur texnologiyaning so‘zsiz barqarorligi va ishonchliligi kabi ustunliklarini ko‘rsatmoqda.

Bundan tashqari, kompaniya mediya-servislariga resurslarni kiritdi, masalan, KINOMAN.UZ media-resursining yirik buyurtmachi hisoblanib, ulardan kinofilmlar va teleseriallarning onlayn-tomasha qilishni amalga oshirishga erishdik. MOVER.UZ servisi bilan hamkorlikda ijtimoiy aksiya-tanlovlari amalga oshirildi va ularning natijasida O‘zbekistonda ko‘psonli iste’dodli insonlar nomi tanildi. G‘oliblar qimmatbaho sovg‘alar: APPLE, SAMSUNG planshetlari va ROISON televizorlari bilan taqdirlandilar.

sarkor_26_12_2015_3

2016-yilda Sarkor Telecom kompaniyasi Toshkent shahri bo‘yicha internet xizmatiga ulanish uchun yangi 5000ta xonadon/500ta uy-joy binosini qamrab oluvchi optik tarmoqning qo‘shimcha uchastkalarini qurishni rejalashtirgan. Bu bizdan investitsiya va zayomli moliyaviy resurslarni jalb etish, zamonaviy uskunalar va jamlovchi qismlarni yetkazib berishni ta’minlash, qurilish ishlarini sifatli amalga oshirish, ma’lumotlar uzatish tarmoqlarining amal qilishini to‘g‘ri tashkil etish kabi ishlarni uyg‘unlashtirish hamda muvofiqlashtirishni talab etadi.

2016-yil IPTV loyihasini joriy qilishni rejalashtirgan. Mazkur xizmat O‘zbekiston bozorida, yaqin vaqt mobaynida muqobil efirli televideniya to‘xtatilishi, shuningdek, aniq TV-priyemniklarning mahalliy ishlab chiqarilishining va yuqori sifatli TV-kontentga talab o‘sishi  munosabati bilan dolzarb va katta talabga ega bo‘lib bormoqda.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq