Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi faoliyatining 2015-yil bo‘yicha sarhisobi
31.12.2015
Rukn: Intervyu.
Muallif: .

lib_26_12_2015

Kitobning hayotimizda qanchalik ahamiyatli o‘rin tutishini baholash qiyin. Kitob – insoniyatning asrlar mobaynida jamlagan ilm xazinasidir. Bu borada fikr yiritar ekan, ingliz publististi, tarixchisi va faylasufi Tomas Karleyl: «Kitob jamlanmasi ham – universitetdir» degandi. O‘zbekiston Milliy kutubxonasi «Kitob jamlanmasi» – o‘zida qanday katta imkoniyatlarni to‘plagan bo‘lishi mumkin?! 2015-yilda O‘zbekiston Milliy kutubxonasi o‘zining qutlug‘ 145 yilligini nishonladi.

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi bugungi kunda qanday zaxiralarga ega? Qanday yutuqlari bilan haqli ravishda faxrlanadi? Qanday rivojlanish imkoniyatlariga ega? Qutlug‘ sana yilida O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori Asadjon Azatbekovich Xodjayev bilan uchrashib, mamlakatimiz bosh kutubxonasining hozirgi faoliyati va kelgusi rejalari haqida suhbatlashdik.

— Asadjon Azatbekovich, marhamat qilib, O‘zbekiston Milliy kutubxonasining 2015-yidagi faoliyati haqida so‘zlab bersangiz.

— Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi O‘zbekiston Respublikasidamilliy va jahon madaniyatini, fani va ta’limi rivojlanishi manfaatlari yo‘lida axborot-kutubxona faoliyatini tashkil etuvchi va amalga oshiruvchi umummilliy davlat universal axborot-kutubxona muassasasi bo‘lib hisoblanadi. Kutubxonaning rivojlanish konsepsiyasi shundan iboratki, u yangi formatga — tashqi resurslardan samarali foydalanib, kutubxona modelidan, faqat o‘z fondlariga yo‘naltirilgan ochiq kutubxona modeliga o‘tishni ko‘zda tutadi. Bugungi kunda Milliy kutubxona o‘zida an’anaviy kutubxona funksiyalari va servislarini barcha turdagi mavjud axborot tashuvchilardan foydalanib, muvofiqlashtirib: qog‘oz va raqamli shaklda taqdim etmoqda, bu yerda axborotning imkoni mavjud bo‘lgan barcha turlari jamlanadi va tizimlashtiriladi. Biz uchun jamlanmalardagi kitob soni emas, balki kutubxona taqdim eta oladigan axborot manbalarining soni hamda xima-xilligi muhim bo‘lib hisoblanadi.

O‘zbekiston Milliy kutubxonasining 2015-yildagi asosiy ko‘rsatkichlari quyidagilardan iborat:

Kutubxonaning umumiy janlanmasi 7 016 594 dona kitob, undan 6 657 180 danasi bosma kitoblardan iborat. 2015-yilda 11 360 dona kitob mahsulotlari va elektron resurslar jamlanmasiga — 11 094 dona, jami elektron resurslar soni — 359 414 donani tashkil etdi.

2015-yil 1.12. holatiga ko‘ra foydalanuvchilar soni 124 810ni tashkil etdi, 2015-yil foydalanuvchilar soni 30 680ga ortdi. Foydalanuvchilar soni — 628 295ga oshdi, ulardan sayt orqali foydalanuvchilar soni — 63 542. Kitob berilishi 4 087 276 donani tashkil etdi, kitoblarni sayt orqali elektron so‘rovi — 177 350 donani tashkil etdi.

lib_26_12_2015_1

Barcha zallarda turli elektron axborot resurslariga ulanish: xususiy va sotib olingan to‘liq matnli, bibliografik va ilmiy-ta’limiy ma’lumotlar bazalari va boshqa axborotlar, Internet elektron kataloglari bilan ishlash imkoniyati mavjud.

— O‘zbekiston Milliy kutubxonasi o‘zining asosiy axborotga ulanishni ta’minlovchi vazifalaridan tashqari, ijtimoiy-madaniy markaz bo‘lib ham hisoblanadi. 2015-yilda kutubxonada o‘tkazilgan madaniy-ma’rifiy tadbirlar haqida so‘zlab bersangiz.

— Milliy kutubxona ish rejalariga muvofiq 189ta madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazildi. Shular jumlasidan:

  • O‘zbekiston tarixida mashhur ijodkorlar faoliyati va xotirasining muhim sanalariga bag‘ishlangan 59ta ko‘rgazma;
  • 22ta yangi adabiyotlar ko‘rgazmasi;
  • 5ta badiiy va amaliy san’at ko‘rgazmasi;
  • 55ta ijtimoiy-madaniy tadbirlar;
  • 48ta ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar;
  • 8 070 tashrifchi ishtirok etgan 289ta ekskursiya tashkil etildi.

Shuningdek, ixtisoslashgan ilmiy va ijtimoiy mavzularda quyidagi tadbirlar o‘tkazildi:

Mamlakatimizda 2015-yil o‘tkazilgan ilmiy va ilmiy texnik konferensiyada tasdiqlangan rejaga muvofiq, O‘zbekiston Milliy kutubxonasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda «Central Asia-2015: Fan, ta’lim, madaniyat va biznesda axborot-kutubxona resurslari» IX Xalqaro konferensiyasi o‘tkazildi, undan maqsad: fan, ta’lim, madaniyat va biznesni rivojlantirishda va elektron axborot resurslarini qo‘llab, samarali hamkorlikni amalga oshirish uchun axborot-kutubxona, ta’lim muassasalari, arxivlar, muzeylar va boshqa tashkilotlar faoliyatini faollashtirishdan iborat. Konferensiyada axborot-resurs va axborot-kutubxona markazlari, kutubxonalar, arxivlar rahbarlari va mutaxassislari, olimlar, ta’lim muassasalari o‘qituvchilari, AKT mutaxassislari, jamot arboblari, vazirlik va idoralar vakillari ishtirok etdilar. Jami 267 ishtirokchi va Ozarbayjon, Belarus, Buyuk Britaniya, Germaniya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Oman, Rossiya, Turkiya, Ukraina, AQSh, Chexiya mamlakatlaridan 30dan ortiq taklif etilgan O‘zbekiston mehmonlari ishtirok etdi. Yalpi va seksiya majlislarida 74tadan ortiq doklad tinglandi, 3ta seminar, 3ta trening, «davra suhbati» va mahorat maktablari o‘tkazildi.

2915-yil may oyidan noyabr oyigacha «Axborot-kutubxona muassasasining eng yaxshi mutaxassisi» respublika tanlovi o‘tkazildi. IV Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi mutaxassislari orasidagi tanlov uch bosqichda 10–11 noyabr kunlari: 1-bosqichi— tuman, 2-bosqichi — viloyat, 3-bosqichi — respublika bo‘yicha o‘tkazildi. Tanlovning respublika bosqichida Qaraqalpog‘iston Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi viloyatlari va Toshkent shahridan 56 nafar mutaxassis ishtirok etdi. Farg‘ona viloyti jamoasi g‘oliblikka erishdi, ikkinchi va uchinchi o‘rinni muvofiq ravishda, Andijon viloyati va Toshkent shahri jamoasi egallashga sazovor bo‘ldilar.

Milliy kutubxona qator vazirlik, idoralar va boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan hamkorlikda 2015-yil 9-13 noyabr kunlari IV Milliy axborot-kutubxona haftaligi o‘tkazildi, uning maqsadi aholini, ayniqsa, yoshlarni axborot-kutubxona muassasalariga jalb etish, axborotni mustaqil olishga intilish va qiziqishni kuchaytirish, yangi ijtimoiy-siyosiy, ilmiy-ma’rifiy, o‘quv va badiiy adabiyotlar nashri bilan batafsil tanishishdan iborat.

Milliy axborot-kutubxona haftaligining asosiy maqsadi — kitob o‘qishni ommalashtirish, axborot madaniyati darajasini oshirish, axborot-kutubxona xizmatini ko‘rsatish transformatsiyasida Internet imkoniyatlarini oshirishdan iborat. Haftalik doirasida turli tadbirlar («davra suhbatlari», seminarlar, ijodiy uchrashuvlar, treninglar, mahorat darslari, taqdimotlar, tanlovlar, aksiyalar va boshqalar) o‘tkazildi. Haftalik davrida 21 mingdan ortiq foydalanuvchi va mehmonlar ishtirokida 40dan ortiq tadbirlar o‘tkazildi.

O‘zbekiston Milliy kutubxonasida kelgusida yoshlarning ijtimoiy tarmoqlarda muloqotda mediasavodxonligini oshirish bo‘yicha va ularda Internet tarmog‘ida axborotdan foydalanish etikasini shakllantirish bo‘yicha quyidagi mavzularda: «Axborot xuruji va undan himoya qilish», «Ommaviy axborot vositalarining zamonaviy axborot xizmatlari, ijtimoiy va siyosiy tashkilotlar bilan ishlash shakl va metodlari», «Kiberjinoyatchilik va uning xavfidan shaxsning himoyasi», «Yoshlarning ijtimoiy tarmoqlarda muloqotda mediasavodxonligini oshirish bo‘yicha va ularda Internet tarmog‘ida axborotdan foydalanish etikasini shakllantirish», «Yoshlarda ma’naviy immunitetni shakllantirishda ijtimoiy tarmoqlarning roli» va boshqa tadbirlar sikli tashkil etildi hamda o‘tkazildi.

Quyidagilar amalga oshirildi:

  • «Iqtidorli yoshlar— porloq kelajagimiz» mavzusidagi O‘zbekiston Milliy paralimpiya Assotsiatsiyasi tashkil etgan matbuot-anjumani. Tadbir maqsadi — O‘zbekistonda paralimpiya harakatini rivojlantirishdan iborat;
  • «O‘zbekiston hujjatli merosi saqlanishi va ularga ulanish» axborot-kutubxona muassalari, axboroton-resurs markazlari, muzey va arxiv noyob jamg‘armalari mutaxasssislari uchun mavzusida seminar. Seminar maqsadi — O‘zbekiston axborot-kutubxona jamg‘armalarida hujjatli va raqamli meroslarni sifatli saqlashni ta’minlash uchun sharoitlar yaratish, amaliy tavsiyalar va mamlakatimiz axborot-kutubxona meroslarini saqlash bo‘yicha dasturini ishlab chiqish maqsadida, shuningdek, mutaxassislarni ilg‘or axborot-kutubxona texnologiyalari bilan ishlashlarida ochiq ta’limiy resurslarni rivojlantirish uchun elektron resurslar yaratish va mutaxasislarni o‘qitish vositasida kasbiy tajriba almashish platformasini yaratish;
  • YUNESKOning «Jahon xotirasi» dasturiga kiritish uchun hujjatli meroslar obyektlarini o‘rganish bo‘yicha o‘quv seminari. Jahon e’tiboriga munosib O‘zbekiston Respublikasidagi hujjatli meroslarni «Jahon xotirasi» reyestriga kiritish bo‘lib hisoblanadi.

2015-yil “Keksalarni e’zozlash yili” deb e’lon qilinishi munosabati bilan O‘zbekistonda Davlat dasturi qabul qilindi. Mazkur dasturni amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Milliy kutubxonasida keksa yoshdagi foydalanuvchilarda kompyuter savodxonligini oshirishga yo‘naltirilgan «Kompyuter savodxonligi va Internetdan foydalanish» ijtimoiy loyihasi joriy etildi. Mazkur o‘quv kurslarida 70dan ortiq nafaqa yoshidagilar ishtirok etdilar.

Shuningdek, «Ochiq ta’limiy resurslarini rivojlantirish va kutubxona merosidagi hujjatlarini saqlash» mavzusida va axborot-kutubxona muassasalari, arxivlar, muzeylar mutaxassislar ishtirokida Toshkentda YUNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi ishtirokida seminar-treningi o‘tkazildi.

«Fan va ta’lim sohasida jahon ilmiy-ta’limiy resurslariga umumiy ulanish va samarali foydalanishni tashkil etish masalalari» mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi. Ilmiy-amaliy konferensiya maqsadi — O‘zbekiston Respublikasi ilmiy-ta’limiy va axborot-kutubxona muassasalarida jahon ilmiy-ta’limiy resurslariga umumiy ulanish va samarali foydalanishni ta’minlash asosida ilmiy-tadqiqotlarni ta’minlash axborot tizimlarini takomillashtirish dolzarb malasalarini hal etishdan iborat.

«Axborot-kutubxona sohasida islohotlarni chuqurlashtirish davrida O‘zbekiston axborot-kutubxona muassasalari mutaxassislarining axborot madaniyati va mediasavodliligini shakllantirish» (O‘zbekiston Milliy kutubxonasi, YUNESKO Raisligiga O‘zbekistonda va O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirligida) loyihasi doirasida 20 nafar axborot-kutubxona sohasi mutaxassislari axborot madaniyati va media savodxonlikni shakllantirish bo‘yicha o‘qitildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 17-dekabr PQ-2088 sonli Qaroriga muvofiq loyihani amalga oshirish bo‘yicha EDCF Eksimbank (Koreya Respublikasi) Fondi krediti asosida ishlar olib borilmoqda.

Milliy kutubxona «INFOLIB axborot-kutubxona Xabarnomasi» — «INFOLIB» Axborot-kutubxona xabarnomasining davriy nashrini boshlamoqda.

 — Iltimos, Milliy kutubxonaning 2016-yil rejalari haqida to‘xtalsangiz

— Eng avvalo, bu rejaga muvofiq «Milliy umumiy ta’lim elektron kutubxonasi» loyihasini amalga oshirishdir. Loyiha doirasida respublika axborot-kutubxona muassasalari elektron o‘zaro munosabatlariga oid quyidagi masalalarini hal etish zarur: AKM, ARM va turli vazirlik hamda idoralar kutubxonalarini milliy elektron resurslari fondlarini jamlash va kataloglashtirish; axborot almashish, kutubxonalararo va kooperatsiyalar o‘zaro munosabatlarini, hujjatlarni elektron yetkazib berish, hisobga olish, saqlash va elektron resurslarni qayta ishlash, shuningdek, axborot almashishda zarur metodik va dasturiy ta’minotni tashkil etish.

Rejalarimiz quyidagilardan iborat:

  • «Central Asia: fan, ta’lim, madaniyat va biznesda axborot-kutubxona resurslari», Samarqand shahrida o‘tkazish rejalashtirilgan va V Milliy axborot-kutubxona haftaligi «INFOLIB-2016» X Xalqaro konferensiyasini o‘tkazish;
  • jahon fan va ta’limni rivojlantirishga hamkorlik qiluvchi ilmiy-ta’limiy ma’lumotlaar bazasiga O‘zbekistonda ilmiy-ta’limiy va axborot-kutubxona muassasalarini jamoaviy ulanishini tashkil etish;
  • «Jahon xotirasi» va «Axborot barcha uchun» Milliy qo‘mitalari doirasida loihalarni rejaga muvofiq amalga oshirish;
  • «INFOLIB axborot-kutubxona Xabarnomasi» — «INFOLIB» Axborot-kutubxona xabarnomasi davriy nashrini chop etish ishlarini davom ettirishdan iborat.

— Qiziqarli suhbatingiz uchun rahmat. Ishlaringizga omad va ijodiy muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Asadjon Xodjayev, O‘zbekiston milliy kutubxonasi direktori bilan suhbat.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq