Seul shahrida SNU va TATU o‘rtasidagi hamkorlikning 10-yilligi nishonlandi
29.12.2015
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

seul_29_12_2015

2015-yil 16-22 dekabr kunlari Janubiy Koreyaning Seul milliy universitetida (Seoul National University, SNU) “Axborot texnologiyalari sohasidagi dunyo innovatsiya tarmog‘i 2015” va “Green Smart taraqqiyoti va istiqbollari 2015” xalqaro anjumani o‘tkazilib, unda TATU Samarqand filiali direktori A. Xoldjigitov, TATU Nukus filiali direktori B. Kayipbergenov va TATU Xalqaro aloqalarbo‘limi boshlig‘i A. Radjiyevlar tashkilotchilar qatorida qatnashdilar.

seul_29_12_2015_1

Ushbu anjuman dasturiga muvofiq, 2015-yil 17-dekabr kuni aynan Toshkent axborot texnologiyalari universiteti uchun ajratilib, anjuman mobaynida “TATU va Koreya oliy ta’im muassasalarining hamkorligi va kelajakdagi istiqbollari”, “O‘zbekiston va Koreyaning AKT sohasidagi strategik hamkorligining rivoji” va “Elektron hukumati yo‘nalishida O‘zbekiston-Koreya munosabatlarini yanada mustahkamlash” kabi bir qator mavzularda davra suhbatlari bo‘lib o‘tdi. Ushbu anjumanda Amerika Qo‘shma Shtatlari, Polsha, Nepal, Janubiy Afrika kabi 12 nafar mamlakatdan kelgan AKT mutaxassislari TATU tomonidan tayyorlangan taqdimotlarni tingladilar. Uchrashuv mobaynida TATU xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i A. Radjiyev, TATU xududiy filiallari direktorlari hamda mezbon oliy talim muassasasi professori Jun Sok Xvanglar taqdimot qildilar. Bunga qo‘shimcha ravishda, TATUning ikki nafar professorlari onlayn tizim orqali “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining ta’limdagi ahamiyati” ga oid mavzularda taqdimot qildilar. Qo‘shimcha ravishda, hozirgi kunda shartnoma asosida tavsiya etilgan 2 nafar TATU talabasi SNU ITPP dasturi bo‘yicha olib borayotgan ilmiy ishlari bo‘yicha taqdimot qildilar.

Ma’lumki, ITPP dasturi Seul milliy universiteti 2005-yilda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan bo‘lib, hozirgi kunga qadar O‘zbekistonning AKT hamda elektron hukumati sohasi uchun yetakchi mutaxassislarni yetkazib bermoqda. Xususan, Nurilla Mahamatov ushbu dastur yordamida, 2008-yilda PhD darajasini qo‘lga kiritib, hozirgi kunda Inha universitetining Toshkentdagi filialida o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor lavozimida faoliyat ko‘rsatmoqda. Bundan tashqari, Elyor Rahmanov 2011-yilda ITPP dasturi orqali PhD darajasini qo‘lga kiritib, hozirda elektron hukumatini rivojlantirish markazida direktor o‘rinbosari lavozimida, Hurshid Sultonov esa Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirlining o‘quv jarayoniga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish boshqarmasi boshlig‘i sifatida faoliyat ko‘rsatib kelmoqdalar.

Anjumanning yakuniy qismi, 2015-yil 21-dekabr kuni Seul milliy universitetining tantanalar zalida bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir Seul milliy universiteti va Toshkent axborot texnologiyalari universiteti o‘rtasidagi hamkorlikning 10 yilligiga bag‘ishlandi. Marosim davomida SNU professori Jun Sok Xvang hamda TATU xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Ayubxon Radjiyevlar ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlikni kelajakdagi istiqbollari to‘g‘risida taqdimot qildilar

Ayubxon Radjiyev, TATU Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq