Ravshan Askarov, “Aloqa va axborotlashtirish sohasi tarixi va merosi” jamoat fondi direktori
29.12.2015
Rukn: Intervyu.
Muallif: .

fond_29_12_2015

«Aloqa va axborotlashtirish sohasi tarixi va merosi» jamoat fondi o‘z faoliyatini boshlagan davrdan to hozirgi kungacha o‘zining oldiga qo‘ygan maqsad va vazifalarini bosqichma-bosqich amalga oshirib kelmoqda. Xususan, soha tarixi, rivojlanish va taraqqiyot bosqichlarini elga tanituvchi soha muzeylarini va ularning hududiy bo‘limlarini tashkil etish, qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish hamda ularning faoliyatini yo‘lga qo‘yishni maqsad qilgandik.

Ta’kidlash lozimkii, soha korxonalari rahbarlari yordamida Toshkent shahri markazida qad ko‘targan hashamatli «Aloqa tarixi muzeyi» O‘zbekistonning nufuzli muzeylari qatoridan o‘zining munosib o‘rnini egallab bormoqda. Bundan albatta, faxrlanamiz. Shu kungacha muzeyga tashrif buyuruvchilar soni 78 000 nafarni tashkil etdi. Muzeyga tashrif buyuruvchilarning ilk qadamlarida­yoq, ularning ko‘zidagi hayrat va muzeydan chiqib ketayotganlaridagi hayajon va ko‘ta­rinki kayfiyatni ko‘rib, albatta, bu sohaning samarali mehnati va yutug‘i ekanligidan quvonib, qalbim g‘urur va iftihor tuyg‘usiga yo‘g‘riladi. Bu borada, ayniqsa, boshqa soha vakillarining qiziqishi muzeyga tashrifdan keyin yanada ortishini ko‘rish quvonch bag‘ishlaydi. Fond va Muzey faoliyatini yuritishida soha korxo­nalari va rahbarlari­ning hissalari beqiyos ekanligi alohida ahamiyatga molik.

O‘z oldimizga qo‘ygan maqsad va vazifalardan birini 2015-yilda amalga oshirdik. O‘zbekiston Respublikasi axborot texnolo­giyalari va kommunikatsiyalarini rivojlan­tirish vazirligining tavsiyasi va ko‘rsatgan amaliy yordami natijasida «Aloqa va axborotlashtirish sohasi tarixi va merosi» jamoat fondining uchta filiali Xorazm, Farg‘ona va Toshkent viloyatlarida tashkil etildi. Hozirgi kunda filiallar o‘z faoliyatini yuritib va bajarilgan ishlar haqida ma’lumotlarni muntazam ravishda, bizga taqdim etib kelmoqda. Xorazm viloyati Xiva shahrida mavjud «Aloqa tarixi muzeyi»ni qayta rekonstruksiya qilingan edi. Joriy yilda soha rahbarlari va fondning Xorazm filiali direktori ishtirokida muzeyning tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi. Albatta, Xiva «Aloqa tarixi muzeyi»ga doimiy ravishda, metodik yordam berib kelmoqdamiz, shuningdek, zaxiradagi eksponatlarimizdan bir qancha­sini Xivadagi muzeyga taqdim etdik.

Vatanimizda muzeylarga bo‘lgan e’tibor Davlat miqyosida ekanligi barchamizga ma’lum.

O‘zbekiston Respublikasi Preziden­tining 1998-yil 12-yanvardagi PF-1913 sonli Farmonida aniq muzeylarning xalq ma’na­viy-axloqiy kamolotida tutgan o‘rnini oshi­rish, muzey fondlarida saqlanib kelayotgan xalqimizning boy tarixini, mustaqilligimiz odimlarini aks ettiruvchi, noyob eksponatlarni avaylab asrash, o‘rganish, boyitib bo­rish, dunyoga olib chiqish va targ‘ib qilish, ulardan xalqimiz ongida milliy g‘urur va iftihor, istiqlol va Vatanga sadoqat tuyg‘ula­rini kuchaytirish yo‘lida keng foydalanish, muzeylarni zamon talablariga mos yuqori malakali mutaxassislar bilan ta’minlash, mod­diy-texnik bazasini mustahkamlab, jahon muzeyshunosligi tajribalarini qo‘llashga zarur shart-sharoitlar yaratish kabi vazifalar belgilab qo‘yilgan. Vatani­mizda barcha sohalar mustaqillik yilla­rida shiddat bilan rivojlanib kelmoqda. Shuningek, aloqa va axborotlashtirish sohasining ham barcha yo‘nalishlari yuqori sur’atlar bilan rivojlanmoqda. Shundan kelib chiqib, xulosa qilish mumkinki, har bir soha faoliyati, erishgan yutuqlarini, har bir sohaning o‘ziga xos tari­xini aks ettirgan soha muzeylari rivojlanib bormoq­da. Bundan bizning soha muzeyla­rimiz ham mustasno emas.

fond_29_12_2015_1

Muzeyimizning yana bir o‘ziga xosligi shundaki, tashkil etilib ochilish marosimida barcha tashrifchilarni hayratga solgan qiziqarli ekspozitsiyalar yaratilganicha qolib ketmasdan, Fond hamda Muzey rahbar va mutaxasislarining tinimsiz izlanishlari va samarali mehnatlari natijasida, har yili kamida to‘rtta yangi ekspozitsiya yaratilmoqda, joriy yilda ham to‘rtta yangi ekspozitsiya tashkil etilib, tashrifchilar e’tiboriga havola etildi. Ularning har biri o‘ziga xos individual va qiziqarli bo‘lib, muzeyga tashrif buyuruvchilarni befarq qoldirmayapti. Buning natijasi shundaki, kundan-kunga muzeyimizga tashrif buyuruvchilarning soni ortib bormoqda. Muzeyga nafaqat yurtdoshlarimiz, balki bir qancha chet el va hamdo‘stlik mamlakatlaridan tashrif buyurayotgan yurtimiz mehmonlari — jahon talablariga ja­vob bera oladigan ajoyib muzey deya baho bermoq­dalar. Ular o‘zbek, rus va ingliz tilida eks­pozitsiyalar bilan tanishish imkoniya­tiga egalar. Muzeyda o‘tkazilayotgan barcha tadbir va anjumanlar, shuningdek, har bir yaratilgan yangi ekspozitsiya haqidagi ma’lu­motlar muzey saytiga muntazam joylashti­rib boriladi.

Yana shuni alohida ta’kidlash joizki, muzey qoshida tashkil etilgan, eng so‘nggi texnologiyalar bilan jihozlangan kino­zalda yurtiimiz va jahon muzeylarining virtual ekspozitsiyasi va xalqimizning boy madaniy merosi to‘g‘risidagi filmlarni doimiy ravishda tashrifchilarga namoyish etib bormoqdamiz. Bundan tashqari, muzeyning uchinchi qavatida joylashgan ikkita, so‘nggi texnologiyalar bilan jihozlangan konferensiya zallari hozirgi kunda soha­ning axborot markaziga aylangan. Tashkil etilayotgan har bir yig‘ilish va anjumanlar O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining ko‘rsatmalariga muvofiq, shuningdek, Fond, Muzey rahbariyati va mutaxassislari tomonidan tay­yorgarlik ishlari natijasida ta’minlanadi. Joriy yil boshidan hozirgi kunga qadar ellikka yaqin anjuman va yig‘ilishlar o‘tkazildi. Bu tadbirlarni muzeyda o‘tkazi­lishi muzeyning soha taraqqiyotiga qo‘sha­yotgan o‘ziga xos hissasi desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.

fond_29_12_2015_2

Har bir tashkilot sohadagi faoliyati borasida, tugab borayotgan yil sarhisobi bilan birga, kirib kelayotgan yangi yil o‘z oldi­ga ma’lum maqsad va vazifa­larni qo‘yadi. 2016-yilda oldimizga qo‘ygan maqsadlarimiz ko‘p. Ularga muvofiq tu­zilgan Reja-dasturga muvofiq xalqimizga manzur bo‘ladigan qiziqarli ekaspozitsi­yalar yaratish, axborot markazi ko‘lamini kengaytirish va filiallar faoliyatini nazorat qilib, Xiva «Aloqa tarixi muzeyi»ga metodik hamda amaliy yordam ko‘rsatib borishdan iborat. 2016-yilga mo‘l­jallangan Reja-dasturni «Aloqa va axborotlashtirish sohasi tarixi va merosi» jamoat fondi Vasiylik kengashi tomonidan tasdiq­latib, Fond va Muzey faoliyatini rivojlantirish ishlarini davom ettiramiz.

Fursatdan foydalanib, yurtdoshlari­mizni Yangi 2016-yil bilan qutlab, kirib kelayotgan yil har tomonlama samarali bo‘li­shini va Vatanimiz taraqqiyoti yo‘li­dagi ulkan maqsadlari va faoliyatlariga zafarlar tilayman.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq