O‘zbekiston “Aloqa tarixi muzeyi” direktori Tohirjon Nazarjonov bilan suhbat!
29.12.2015
Rukn: Intervyu.
Muallif: .

muzey_29_12_2015

O‘zbekiston «Aloqa tarixi muzeyi» mamlakatimizda aloqa tarixining yuzaga kelishi va rivojlanishiga oid ma’lumotlarni saqlash, muhim axborotlarni targ‘ib qilish hamda kelgusi avlodga yetkazish maqsadida tashkil etilgan. O‘zbekiston «Aloqa tarixi muzeyi» tashkil etilganligining dastlabki kunlaridan buyon tashrifchilarga aloqa sohasining rivojlanish tarixiga oid ma’lumotlarni berib kelmoqda.

O‘z faoliyatida yangi-yangi, qiziqarli eksponatlarni yaratib hamda tadbirlarni o‘tkazish bilan yurtimiz ijtimoiy hayotidan, ayniqsa, o‘sib kelayotgan yosh avlodning madaniy-ma’naviy tarbiyasiga oid dolzarb vazifalarga hissa qo‘shish bilan o‘z o‘rniga ega bo‘lib bormoqda. Muzeyda 2015-yilda ham o‘tgan yillardagi kabi muzey tashrifchilariga sifatli xizmat ko‘rsatish va sohaga oid qiziqishlarini yanada orttirish, yangi ekspozitsiyalarni yaratish va tashkil etish, muzey fondida saqlanayotgan muzey ashyolari va kolleksiyalarni saqlash, hisobini yuritish va fuqarolarga namoyish etish borasidagi ishlar davom ettirildi.

2015-yil uchun «Aloqa va axborotlashtirish sohasi tarixi va merosi jamoat fondi (Jamoat fondi)» tomonidan tasdiqlangan «Aloqa tarixi muzeyi» faoliyatini rivojlantirish va takomillashtirish Reja-dasturiga muvofiq hamda Jamoat fondi tomonidan maqsadli ajratilgan mablag‘ hisobidan Muzeyning ko‘rgazma ekspozitsiyalarini yanada boyitish maqsadida quyidagi ishlar amalga oshirildi:

  • Ot-arava kompozitsiyasini boyitish maq­­sadida, TATU bilan hamkorlikda muzey eksponatlariga axborot texnologiyala­rini joriy etish uchun maxsus dastur ishlab chiqilib, ovozlashtirish ishlari yakuniga yetkazildi va montaj qilindi.
  • «Aloqa tarixi muzeyi»da sohaning doimiy faoliyat olib boruvchi ko‘rgaz­masini tashkil etish bo‘yicha «O‘zbek­telekom» AK tomonidan stend yaratish ishlari amalga oshirildi. Stendni yara­tishda muzey xodimlari (dizayn, stend elementlarini joylashtirish va boshqalar) faol ishtirok etdilar. Mazkur stendga joylashtirish uchun «Navoiy» EIIH qatnashchisi, «TeLeCOM INNOVATIONS» qo‘shma korxonasida ishlab chiqarilayotgan telekommunikasiya qurilmalaridan qu­yidagi namunalar;
  • Internetga chiqish uchun mo‘ljallangan TeDSL 1201 ADSL modemi;
  • Raqamli teleko‘rsatuv to‘lqinlarini qabul qiluvchi «Set-Top-Box» 7860;
  • TIHGW — H118N Home Geteway qurilmalari joriy yetildi.

Bundan tashqari, Jizzaxdan «BROADBeND SOLUTIONS» mas’uliyati cheklangan qo‘shma korxona jamiyati tomonidan:

  • Optik modem «HG8010H»;
  • Optik modem «HG8245H» muzey fon­diga doimiy saqlash uchun qabul qili­nib, tomoshabinlar uchun namoyishga qo‘yildi.

2015-yil rejasiga kiritilgan «Elektron tele­videniye asoschilaridan biri Grabovskiy­ga bag‘ishlangan ekspozitsiyasini yaratish» bo‘yicha Muzey binosining ikkinchi qavatida maxsus joy ajratildi va amalga shirildi. Ish jaroyonida ekspozitsiyani to‘laqonli bo‘li­­shini ta’minlanishi zarurligini inobatga olib, mazmunan boyitib, «Televideniyani yarati­­lishi va rivojlanishi» deb qayta nomlandi va tashrifchilar e’tiboriga taqdim etildi.

muzey_29_12_2015_1

Shuni ta’kidlash joizki, ekspozitsiyaning markazidan xalqimizning buyuk shoiri, olim, davlat arbobi Alisher Navoiyning «Farhod va Shirin» dostonidan oynai jahon haqidagi bashoratli misralar joy olgan. Mazkur ishlar TATUning professor-o‘qituvchilari bilan hamkorlikda amalga oshirildi. Eks­pozitsiyani yaratishda TATUdan t.f.n., professor Sh. Tojiboyev faol ishtirok etib, televi­deniyeni yaratilish va rivojlanish tarixini yoritishda zarur ma’lumotlar hamda o‘zlarining shaxsiy jamlanmalaridan bir qator noyob eksponatlarni ajratib, muzeyga taqdim etdi va izohlar bilan batartib joylashtirishga yordam berdi.

— Muzeyga kiraverish ekspozitsiyasini takomillashtirish maqsadida kirish eshi­gining chap tomoniga mo‘yqalam ustasi I. Valixo‘jayevning XX asr 50-yillaridagi Beshyog‘och maydonining ko‘rinishini matoda aks ettirgan san’at asari ol­diga, TATU bilan hamkorlikda yoshlarni axborot texnologiyalariga qiziqishlarini yanada oshi­rish maqsadida apparat dasturiy majmuasi yordamida so‘zlashuvchi mani­ken ishlab chiqish ishlari boshlab yuborildi. Hozirgi kunda so‘zlashuvchi manikenni tay­yor­lashni yakunlashish bosqichida.

2015-yilda belgilangan rejadan tashqari quyidagi ishlar amalga oshirildi:

Muzeyning ikkinchi qavatida XX asr­ning 50–60 yillariga oid «Radioqabulqil­gichlar» ekspozitsiyasidan joy olgan radioqabulqilgich uskunalarini TATU bilan ham­korlikda soz holatga keltirish bo‘yicha ishlar amalga oshirildi. Hozirgi kunda 15ta radioqabulqilgichdan 8tasi ishchi holatga keltirildi.

«Aloqa tarixi muzeyi» TATU bilan ham­korlik dasturiga muvofiq «elektron hamkor» dasturini yaratish ishlari ham amalga oshi­rilib yakuniga yetkazildi. Bu dasturni amalga oshirishda muzey xodimlari tomonidan dasturga kiritiladigan eksponatlarning uch tilda (o‘zbek, rus va ingliz) sharh matni tay­yorlandi va maxsus studiyada yozildi.

Jamoat fondining ilmiy ishlarini moli­yalashtirish yuzasidan 2015-yilga mo‘ljal­langan rejasiga asosan «elektron hamkor» dasturini amalga oshirish uchun (3 dona planshet, raqamlarni joylashtirish 100 dona tablichka, matnni ovoz yozish studiyasi yozish xarajati va boshqalar) uchun 1 477 500 so‘m miqdorda mablag‘ ajratildi.

Muzey ekskursiyasiga yordamchi vosita sifatida 3D grafigida videoroliklar tayyorlash TATU bitiruvchi talabalari tomonidan oxiriga yetkazildi. Bunda «Mobil aloqada aloqa jarayoni», «Morze alifbosi yordamida ma’lumotlarni telegraf apparati yordamida uzatish, qabul qilishni», «Toshkent teleminorasidan to‘lqin tarqalishi va qabul qili­nishi»ning 3D modellari yaratildi.

TATU bilan hamkorlik rejasiga muvofiq: Muzeydagi TATU ekspozitsiyasini yanada ta­komillashtirish va boyitish maqsadida universitet talabalari tomonidan yaratilgan bir nechta innovatsion ishlanmalar qabul qilinib olindi. Bular: «3D nigoh», «TATU», «Control computer», «U Light» «O‘zbek chiroqlari 2015» dasturi, «Avtomatlashtirilgan quyosh nuridan quvvat oluvchi paneli 2015», «Aqlli mashina maketi»dan iborat. Kelgusida mazkur hamkorlik doirasidagi ishlar davom ettiriladi.

2015-yil 7–14 may kunlari «Aloqa tarixi muzeyi»da, O‘zbekiston-Germaniya do‘stlik jamiyati bilan hamkorlikda «7-may Toshkentda radioaloqa tarixining 100 yilligi» mavzusidagi ishlar doirasida mashhur olim va kashfiyotchi Genrix Gersga bag‘ishlan­gan «Aloqa sohasi rivojiga ulkan hissa qo‘shgan olimlar» nomli ko‘rgazma o‘tka­zildi. Mazkur ko‘rgazma Muzey tarixidagi dastlabki ko‘rgazma ekanligi bilan ahamiyatlidir.

Muzey ko‘rgazma zallaridagi yoritish tizimini takomillashtirish ishlari davom ettirildi. Bu borada, muzeyning uchinchi qavatdagi «elektr aloqa asoschilari» va «Buyuk ajdodlar» ekspozitsiyalarini yoritish tizimi yaratildi. Ekspozitsiyalarni yoritish tizimini yangilash va takomillashtirish ishlari davom ettirilmoqda. Muzey faoliyatini keng targ‘ib qilish maqsadida saytga muntazam ravishda, tegishli axborotlarni joylashtirish ishlari davom ettirildi. Muzey faoliyati yuza­sidan muzeyning asosiy va ilmiy ko‘makchi eks­ponatlari inventarizatsiyadan o‘tkazildi. Shu bilan bir qatorda, muzeydagi texnik kutubxona ishi ham tartibga solinmoqda.

Yil davomida jami 567ta ekskursiyalar o‘zbek, rus va lozim bo‘lgan hollarda ingliz tillarida olib borildi va bu borada 12 556 nafar tashrifchilarga, shulardan, soha ta’lim tizimidagi akademik lisey, kasb-hunar kol­lejlari va TATUda tahsil olayotgan 2763 nafar o‘quvchi va talabalar, shuningdek, 5767 nafar umumiy ta’lim maktablari o‘quvchilariga xizmat ko‘rsatildi.

Muzey ochilgan davrdan boshlab tash­rifchilar umumiy soni 77,5 ming nafardan ziyodni tashkil etdi.

Katta va kichik majlislar zalida soha faoliyatiga doir o‘quv-seminarlar va boshqa turli yig‘ilishlarning o‘tkazilishi O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi rahbariyatining ko‘rsatmalari hamda mu­rojaat xatlarga asosan Jamoat fondi hamda muzey rahbariyati va mutaxassislari tomonidan olib borilgan tayyorgarlik ishlari (tashkiliy ishlari, uzluksiz texnikaviy ta’mi­not va boshqalar) natijasida ta’minlan­di. Shu jumladan, hisobot davrida jami 47tadan zi­yod tadbirlar o‘tkazildi.

Oldinda rejalarda belgilab qo‘yilgan, amalga oshirilishi zarur bo‘lgan ishlar ko‘p. Muzey mutaxassis-xodimlari mamlakatimiz aholisida xizmat ko‘rsatish, ayniqsa, yosh avlod ma’naviy tarbiyasiga oz bolsada hissa bo‘lib qo‘shiladigan faxrli ishlarni amalga oshirayotganlaridan behad xursandlar. Kirib kelayotgan Yangi 2016-yil barchamizga quvonchlarga to‘liq, tinchlik va farovonlik yili bo‘lsin! O‘zbekiston «Aloqa tarixi muzeyi» 2016-yilda ham Siz tashrifchilarni yangi qiziqarli tadbirlarda qarshi olishga tayyor!

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq