Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi
25.12.2015
Rukn: Intervyu.
Muallif: Rustam Baltayev, Dilshod Quryozov.

O‘zbekiston Respublikasida axborot kommunikatsiya texnologiyalari (AKT)ni davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarida (keyingi o‘rinda — Davlat organlari) joriy etish va rivojlantirish, «Elektron hukumat» tizimini joriy etish, boshqaruv jarayonlarini avtomatlashtirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 27-iyundagi «O‘zbekiston Respublikasining Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-1989 son Qarori, 2014-yil 3-aprelda tasdiqlangan «Iqtisodiyotning real sektorida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish choralari to‘g‘risida»gi PQ-2158-son Qarori, 2014-yil 7-apreldagi «O‘zbekiston Respublikasida investitsiya iqlimi va ishbilarmonlik muhitini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PF-4609 son Farmoni ijrosini ta’minlashga, shu bilan bir qatorda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 23-apreldagi 102-son qarori bilan amalga kiritilgan Nizomga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (keyingi o‘rinda — Vazirlik) tomonidan tasdiqlangan jadval asosida Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi (keyingi o‘rinda — Inspeksiya) tomonidan 2015-yilning II yarmida 10ta davlat organlarida AKTni joriy etish va rivojlantirish holati bo‘yicha o‘rganishlar o‘tkazildi.

Mazkur o‘rganishlarda Davlat organlarida AKT sohasida qabul qilingan qarorlarning ijrosi, infratuzilmasi hamda foydalanilayotgan axborot tizimlari va resurslari kabi masalalar ko‘rib chiqildi va tegishli ma’lumotnomalar rasmiylashtirildi. Rasmiylashtirilgan ma’lumotnomalar asosida AKTni rivojlantirish bo‘yicha tegishli xulosa va takliflar davlat organlariga taqdim etildi.

O‘rganilgan davlat organlari tomonidan mazkur xulosa va takliflar asosida chora-tadbir rejasi ishlab chiqilib, Vazirlik bilan kelishilgan holda nusxasi nazorat qilish uchun Inspeksiyaga taqdim etilgan. Shu kungacha, o‘tkazilgan o‘rganishlar bo‘yicha Davlat organlari tomonidan taqdim etilgan chora-tadbirlar rejasining ijrosi doimiy nazoratga olingan. Inspeksiyaga 2015-yilning II yarmida 60dan ortiq davlat organlaridan chora-tadbirlar rejasining muddati tugagan bandlari ijrosi ta’minlanganligi bo‘yicha ma’lumotlar kelib tushdi. Inspeksiya tomonidan chora-tadbirlar rejasining muddati tugagan bandlari bo‘yicha ma’lumot so‘rab, 53ta davlat organlariga eslatma xatlari chiqarildi. Chora-tadbirlar rejasining ijro holati bo‘yicha har chorakda Vazirlikka ma’lumot taqdim etib borildi.

Hozirgi kunda chora-tadbirlar rejasining barcha bandlari ijrosini ta’minlagan 17ta davlat organlarida nazorat tartibidagi tahliliy o‘rganishlar o‘tkazilib, natijalari bo‘yicha Vazirlikka ma’lumot taqdim etildi. Ta’kidlash joizki, shu davr mobaynida o‘tkazilgan o‘rganishlarda davlat organlari tomonidan bir qator kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgan. Jumladan, savolnomaga muvofiq ma’lumotlarni o‘z vaqtida, Inspeksiya xodimlariga taqdim etmaslik, asoslanmagan ma’lumotlar berish, ma’lumotnomani o‘z vaqtida imzolamaslik, o‘rganish natijalari asosida berilgan xulosa va takliflar bo‘yicha ishlab chiqilgan chora-tadbirlar rejasini hamda uning ijrosi bo‘yicha ma’lumotlarni o‘z vaqtida Inspeksiyaga taqdim etib bormaslik holatlari ham afsuski, mavjud. Mazkur holatlarni bartaraf etish hamda kelgusida takrorlanishining oldini olish maqsadida Inspeksiya tomonidan qator ishlar amalga oshirildi, shuningdek, o‘z vazifalariga mas’uliyatsizlik bilan yondashgan davlat organlari xodimlariga nisbatan chora ko‘rilishi yuzasidan Vazirlikka takliflar kiritildi. Shuni alohida aytib o‘tish lozimki, o‘z vazifalariga mas’uliyat bilan yondashadigan, Prezidentimiz va Hukumatimiz tomonidan qabul qilingan Qarorlarning ijrosiga yuqori mas’uliyat bilan qarab, ularning talablarini so‘zsiz bajarishga bel bog‘lagan davlat organlari rahbarlari va mutasaddi xodimlar ko‘pchilikni tashkil etadi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 30-dekabrdagi 378-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Inspeksiya tomonidan har oyda davlat organlarining Yagona interaktiv davlat xizmatlari (YaIDX) portali (www.my.gov.uz) orqali aholi va tadbirkorlik subyektlariga 260 turdagi 724ta interaktiv davlat xizmatlari belgilangan tartibda ko‘rsatilishi monitoring qilib kelindi. Monitoring natijalari bo‘yicha ma’lumotlar har oy yakunida Vazirlikka taqdim etildi va mavjud kamchiliklarni bartaraf etish choralari ko‘rildi. Inspeksiya tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida Elektron hukumat tizimini rivojlantirish markazi hamda Axborot xavfsizligini ta’minlash markazlari tomonidan davlat organlarining AKTni joriy etilganlik va rivojlantirganlik holati, rasmiy veb-saytlari, yaratilgan axborot tizimlari va axborot xavfsizligi ta’minlanganligi bo‘yicha NIS.UZ tizimini monitoring qilish natijalariga ko‘ra, quyidagi davlat organlarida sezilarli ijobiy o‘zgarishlar qayd etildi. Bular jadvalda berilgan.

gis_25_12_2015_1

2015-yil 30-oktabrda, Inspeksiyaning ma’muriy binosida Davlat organlari faoliyatida AKTni joriy etish va rivojlantirish holatini o‘rganishni amalga oshirish tartibi to‘g‘risida «Ochiq eshiklar kuni» tadbiri o‘tkazildi. Mazkur tadbirda 12ta davlat organlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga mas’ul mutaxassislari ishtirok etdi. Ushbu holatlarni inobatga oladigan bo‘lsak, 2016-yilning I yarmida Davlat organlarida AKT joriy etilganligi va rivojlantirish holati yuzasidan o‘rganishlar sifatini oshirish va Hukumat qarorlari bilan yuklatilgan vazifalarning o‘z vaqtida, sifatli bajarilishini ta’minlash, shuningdek, davlat organlari tomonidan YaIDX portali orqali ko‘rsatilayotgan interaktiv xizmatlari sifatini yanada yaxshilash rejalari belgilangan.

Vazirlikning ichki buyruqlariga muvofiq, 2016-yilning I yarmida Vazirlik tizim tashkilotlari va soha korxonalarida AKTni joriy etilganligi va rivojlantirish holati yuzasidan monitoring va tizimli o‘rganishlarni o‘tkazish rejalashtirilmoqda. Bundan tashqari, Elektron hukumat tizimi doirasida yaratilishi lozim bo‘lgan loyihalarni davlat organlari tomonidan belgilangan muddatda va sifatli bajarilishi ustidan doimiy nazoratni ta’minlash; davlat organlarida faoliyat yuritayotgan xodimlarning AKT sohasidagi bilimlarini oshirish va yaratilayotgan axborot tizimlaridan foydalanish ko‘nikmalarini oshirib borish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar holatini o‘rganish; davlat organlarida yaratilgan axborot tizimlari, axborot resurslari va ma’lumotlar uzatish tarmoqlarida axborot xavfsizligini ta’minlash holati bo‘yicha o‘rganishlarni o‘tkazish; Inspeksiya tomonidan, doimiy ravishda, o‘tkazilib kelinayotgan monitoring va o‘rganishlar jarayonlarini davom ettirish; Inspeksiyaning hududiy bo‘linmalari rolini oshirish bo‘yicha joylarda o‘tkaziladigan o‘rganish va monitoring tahlillari jarayonlarini belgilash kabi dolzarb masalalar bo‘yicha ishlarni amalga oshirish belgilangan.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq