O‘zbekiston Milliy kutubxonasida «Zamonaviy internet-jurnalistika» mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi
24.12.2015
Rukn: Коnferensiyalar, seminarlar va taqdimotlar.
Muallif: .

lib_24_12_2015

2015 yil 24 dekabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida kutubxonasi qoshida faoliyat yuritayotgan chet tillarni rivojlantirish va ommaviylashtirish markazi — «Your school» tomonidan «Zamonaviy internet-jurnalistika» mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbirda jurnalistlar, blogerlar, zamonaviy internet-jurnalistikasiga qiziqqan kutubxona foydalanuvchilari va «Your school» markazi qatnashchilari ishtirok etdilar.

lib_24_12_2015_1

«Your school» markazi spikeri Bahodirova Dilbar hozirgi kunda dolzarb, turli sohalarning bir-biriga yaqinlashtirib jurnalistlardan ham universallashish, ham ixtisoslashuvni talab etayotgan internet-jurnalistika sohasi haqida suhbat olib bordilar. Bunda ular nafaqat jurnalistlar haqida, balki reklamachilar, piar mutaxassislari, blogerlar va boshqalar haqida ham suhbatlashdilar va yoshlarning fikrlari bilan qiziqdilar.

lib_24_12_2015_2

Mazkur suhbatga internet-jurnalistika sohasi vakillari: O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi matbuot xizmati xodimi, “Chempion+” gazetasi kolumnisti, bloger Abror Qodirov, “Sport” telekanali boshlovchisi, sharhlovchi, bloger Diyor Imomxo‘jaev, “O‘zbekiston Ovozi” gazetasi bo‘lim mudiri, “Chempion+” gazetasi muhbiri, bloger Temur A’zam, “kun.uz” yangiliklar portali nyusmeykeri, jurnalist, bloger Sanjar Said va O‘zbekiston milliy universiteti jurnalistika fakulteti magistranti, jurnalist va bloger Gulruxsora Xudoyberdievalar taklif etilgan bo‘lib, suhbat boshlovchilari ularga o‘z savollari bilan murojaat etdilar. Mehmonlar davra suhbati qatnashchilariga internet-jurnalistikaga doir ma’lumotlarni keltirdilar, mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan yuzdan ziyod internet-nashrlar, bloglar, oliy o‘quv yurtlarida tashkil etilgan va mazkur sohada ishlaydigan jurnalistlar safining kengayishiga hissa qo‘shayotgan ixtisoslashtirilgan kurslar haqida ham gapirib berdilar. Shuningdek, ular O‘zbekistonda yoshlarning ma’naviy immunitetini shakllantirish, axborot madaniyatini oshirish, axborotni to‘g‘ri va sog‘lom tahlil qilishga chaqirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘zlab berdilar.

lib_24_12_2015_3

O‘zbek va ingliz tillarida tashkil etilgan tadbirda ishtirok etganlar zamonaviy internet-jurnalistika tushunchasiga doir o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq