«KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi» AJda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish
24.12.2015
Rukn: Intervyu.
Muallif: .

kafolat_24_12_2015

Joriy yilda Kompaniya rasmiy veb-sayti www.kafolat.uz O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 31-dekabrdagi 355-sonli qaroriga asosan, Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining rasmiy veb-saytiga qo‘yiladigan asosiy talablar asosida to‘liq yangilandi. Kompaniya АКТ rivojlanganlik bo’yicha maksimal 100 balldan joriy yilning I choragi yakunlari bo‘yicha 56,93 ball to‘plagan bo‘lib, bu ko‘rsatkich 2015-yilning II choragi yakunlari bo‘yicha 89,90 ballga, III choragi yakunlari bo‘yicha 93,13 ballga yetdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 3-apreldagi 2158-sonli «Iqtisodiyotning real sektorida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy qilish to‘g‘ri­sida»gi Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida «KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi» AJda «Moliyaviy hisob-kitob, hisobotlar va sug‘urta faoliyatini texnologik kompyuterlashtirish bo‘yicha axborot tizim majmuasini joriy etish» loyihasi joriy yilning dekabr oyida yakuniga yetkazildi. Ushbu loyiha doirasida kompaniyaning barcha biznes jarayonlarini kompyuterlashtirish ko‘zda tutilgan bo‘lib, loyiha zamonaviy dasturlash vositalari va internet texnologiyalarini qo‘llash orqali amalga oshirildi. Loyihani amalga oshirish borasida keng ko‘lamli chora-tadbirlar olib borildi, jumladan, loyiha uchun serverlar, apparat fayervoli, operatsion tizimlar va ma’lumotlar bazasi tizimi uchun litsenziya­lar, ish o‘rinlari uchun yangi kompyuterlar jamlanmalari xarid qilindi.

«KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi» AJ ushbu loyiha doirasida sug‘urta biznesini avtomatlashtirishning qator bosqichlarini amalga oshirdi:

  • Kompaniya tomonidan ko‘rsatilayot­gan barcha sug‘urta xizmatlari bo‘yicha sug‘urta portfeli, qayta sug‘urta port­feli, sug‘urta holatlari bo‘yicha sug‘urta qoplamalari to‘lovlari ma’lumotlari, investitsiya faoliyati, kadrlar bilan ishlash, ish yuritish hujjatlari bilan ishlash, buxgalteriya hisobi va hisoboti yagona elektron ma’lumotlar bazasi shakllantirildi;
  • Sug‘urta xizmatlarini onlayn tarzda ko‘rsatish va sug‘urta xizmatlari uchun to‘lovlarni onlayn tarzda qabul qilish bloki yaratildi;
  • Kompaniyaning avtomatlashtirilgan ma’lumotlar tizimida sug‘urta da’vo­larini o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishini nazorat va monitoring qilish, onlayn hisobot yuritish bloki yaratildi;
  • Kompaniya mijozlari va aksiyadorlariga elektron pochta va SMS-xabarlar xizmatlari orqali ma’lumotlarni avtomatik tarzda yetkazish bloki yaratildi;
  • Xodimlarlarni masofadan turib o‘qitish, tayyorlash va qayta tayyorlash bloki yaratildi;
  • Videokonferensiyalar bloki yaratildi;
  • Joriy qilinayotgan «Moliyaviy hisob-kitob, hisobotlar va sug‘urta faoliyatini texnologik kompyuterlashtirish bo‘yicha axborot tizim majmuasi»ni ish faoliyatida qo‘llash bo‘yicha kompaniya muta­xassislari uchun o‘quv-seminarlari tashkil etildi.

Seminarlarda «KAFOLAT sug‘urta kom­paniyasi» AJ Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar va «Anderrayting Markazi» filiallari buxgalteriya hisobi va hisoboti bo‘yicha ma’lumotlarni «Moliyaviy hisob-kitob, hisobotlar va sug‘urta faoliyatini texnologik kompyu­terlashtirish bo‘yicha axborot tizimlari majmuasi»ning «Moliyaviy hisob-kitob, hisobotlar» tizimiga kiritish bo‘yicha mas’ul xodimlar ishtirok etib, moliyaviy hisob-kitob va faoliyat natijalari yuzasidan hujjatlarni tizimga kiritish bo‘yicha malakaviy bilimlarga ega bo‘ldilar.

«Moliyaviy hisob-kitob, hisobotlar va sug‘urta faoliyatini texnologik kompyuterlashtirish bo‘yicha axborot tizim majmua­si»da kompaniyaning transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish turidan 2008-yildan boshlab tuzilgan barcha sug‘urta shartnomalari, boshqa sug‘urta turlaridan esa 2014-yildan boshlab tuzilgan barcha sug‘urta shartno­malari shakllantirildi.

kafolat_24_12_2015_1

Kompaniyaning sug‘urta xizmatlari ko‘r­satish bo‘yicha biznes protsesslarida axborot texnologiyalarining bosqichma-bosqich joriy qilinishi, boshqa bir qator omillar bilan birga, 2015-yilning 9 oylik hisobot dav­rida ishchi resurslarining samaradorligini ta’minlashga, yagona ma’lumotlar bazasi shakllanishiga va ma’lumotlar to‘plash va hisobotlar tayyorlash uchun sarflanadigan vaqtning qisqarishiga erishildi va shu bilan birga:

  • Hisobot davrida mehnat unumdorligi 127 foizga oshdi.
  • Qog‘oz sarfi 3 foizga qisqardi.
  • Safarbarlik xarajatlari indeksi o‘tgan yil­ning mos davriga nisbatan 10 foizga qisqardi.
  • Sug‘urta tushumlari o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 138,8 foizga oshirilib, 41,5 mld. so‘mga yetkazildi.

2016-yilda AKTni yanada joriy qilish bo‘yicha quyidagi rejalar belgilangan:

  • Chuqurlashtirilgan axborot xavfsizligi chora-tadbirlarini amalga oshirish;
  • Bugungi kunda keng tarqalgan Android hamda IOS operatsion tizimli smartfonlar hamda planshetlar foydalanuvchilari uchun sug‘urta xizmatlarini talqin qiluvchi mobil dasturlari yaratish;
  • Kompaniya korporativ boshqaruvida foydalanish uchun, kompaniya va uning hududiy bo‘linmalari faoliyatlari ko‘r­satkichlarini avtomatik tarzda operativ tahlil qilish imkoniyatini beruvchi ichki mobil dasturlar yaratish;
  • «Ish beruvchining javobgarligining maj­buriy sug‘urtasi» va «Transport vositalari egalari fuqarolik javobgarligining maj­buriy sug‘urtasi» bo‘yicha yuridik shaxs maqomidagi mijozlarga sug‘urta xizmatlarini onlayn tarzda ko‘rsatish uchun avtomatlashtirilgan ma’lumotlar tizimini joriy qilish;
  • Kompaniya Boshqaruvi va filiallari o‘rta­sida ma’lumotlar uzatish tezligi 5 megabit/sekunddan kam bo‘lmagan, FTTx texnologiyalari qo‘llanilgan va himoyalangan tarmoqlar tashkil qilishdan iborat.

Kutilayotgan samaradorlik: Ахborot texnologiyalarining sug‘urta biznesining har bir yo‘nalishida yanada joriy qilinishi biznes protsesslarini mukammallashuvi hamda mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatining oshirilishiga olib keladi.

Kompaniya va uning hududiy bo‘lin­malari faoliyatini kundalik tahlil va nazorat qilishda «Moliyaviy hisob-kitob, hisobotlar va sug‘urta faoliyatini texnologik kompyuterlashtirish bo‘yicha axborot tizim majmu­asi»da to‘planayotgan ma’lumotlar asosida ichki mobil dasturlardan foydalanish, joriy etilayotgan korporativ boshqaruv tizimi uchun zamonaviy, qulay va zaruriy yechim bo‘ladi. Mijozlar tomonidan kiritilgan sug‘urta da’volarining avtomatlashtirilgan ma’lumotlar tizimida yuritilishi, tahlil va monitoring qilinishi, mijozlar arizalarini ko‘rib chiqish muddatlarining asossiz ra­­vishda, buzilishining oldini oladi. Sug‘ur­ta da’volari bo‘yicha taqdim qilinadigan hujjatlarning onlayn avtomatlashtirilgan axborot tizimda to‘planishi, ularning pochta orqali yetkazib berish xarajatlari qisqar­tirib, sug‘urta da’volarining kelib tushgan kuniyoq, nazoratga olinishi va belgilangan muddatda ko‘rib chiqilishini ta’minlaydi. Kompaniyada zamonaviy texnologiyali, himoyalangan va yuqori tezliklar axborot almashinuv tarmoq­lari tashkil qilinishi kom­paniyaning biznes protsesslarida video­muloqotlar, videomurojaatlar, videokonferensiyalar, videoseminarlar, xodimlarni masofadan o‘qitish kabi qulayliklardan foydalanish uchun texnologik imkoniyatni yaratadi.

Yuqoridagi tadbirlar joriy qilinishi orqali 2016-yilda kompaniya­ning sug‘urta bozorida egallab turgan o‘rni yanada mustahkamlanib, mijozlarga tani­lish, yangi sotuv kanallari (Internet orqali sotuv) joriy qi­lish orqali sug‘urta bozoridagi ulushi oshib borishi, qog‘oz sarfi 5 foizga qisqarishi, safarbarlik xarajatlarining 10 foizga qisqari­shi, xalqaro va shaharlararo aloqa xarajatlari 15 foizga qisqarishi kutilmoqda.

Ilxom Karimov, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish departamenti bosh menejeri

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq