Yangi yil bayrami arafasida aloqa sifatini ta’minlash yuzasidan chora-tadbirlar amalga oshiriladi
23.12.2015
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

Yangi yil arafasida, ayniqsa yangi yil kechasi aloqa xizmatlariga bo‘lgan ehtiyoj odatdagidan keskin oshib ketishi kuzatiladi. Aloqa xizmatlarining millionlab foydalanuvchilari yaqinlariga qo‘ng‘iroq qiladilar va tabrik xatlari jo‘natadilar, internetdan faol foydalanadilar.

Shu munosabat bilan, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan aloqa operatorlariga yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan texnik nosozliklarning oldini olish, bayram oldi va bayramdan keyingi kunlarda bu kabi holatlarda kompaniyalarda mutaxassislarning sutkalik navbatchiligini tashkil qilish yuzasidan topshiriq berildi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq