Shvetsiyada «energetik qog‘oz» yaratildi
22.12.2015
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

energ_22_12_2015_1

Lincheping universiteti tadqiqotchilari elektr energiyasini saqlay olishga qodir qog‘oz ishlab chiqdilar. Olimlarning o‘zlari uni «energetik qog‘oz» deb atadilar.

Material nanotolali sellyulozadan va polimerdan iborat. Bunday «qog‘oz» diametri 15 sm va qalinligi 1 mm bo‘lib, sig‘imi 1 Fdan iborat. Uni bugungi kunda bozordagi qulay ionistorlar sig‘imiga qiyoslash mumkin. Varaq ma’lum soniyalar mobaynida yuzlab qayta quvvat olish va quvvatsizlanish imkoniyatiga ega. Yangi material organik elektronika uchun sig‘imi va tok kuchini kiritganda to‘rt parametrli rekord imkoniyatlarni namoyon etadi.

energ_22_12_2015

Olimlar energiyani saqlashga qodir materialni eng istiqbolli qo‘llash sohalaridan biri deb, yangilangan elektr ta’minot — masalan, shamol generatorlari yoki quyosh batareyasi manba tizimlarini ko‘rsatadilar. Gap shundaki, bunday energiyani saqlovchi tizimlardan turli obi-havo sharoitlarida, yilning va kunning istalgan vaqtida foydalanish mumkin. Materialning afzalliklaridan biri mazkur «energetik qog‘ozni» oddiy qog‘oz kabi buklash mumkinligidir. Hozirgi vaqtda olimlar oldida yangi materialni ommaviy ishlab chiqarish texnologik jarayoni ustidagi dolzarb ishlar turibdi.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq