Samsung o‘zining yuzlab planshetlaridan pianino asbobini yig‘di
22.12.2015
Rukn: Mobil aloqa, Texnologiya.
Muallif: .

sam_22_12_2015

Mobil telefonlaridan xor yaratishni apparatlar faqat polifonik MIDI-ringtonlar bilan qo‘llab-quvvatlangan davrlardayoq boshlaganlar. Samsung mazkur g‘oyani planshetlaridan pianino asbobini yig‘ib, Yangi yil bayrami sharafiga rivojlantirishga qaror qildi.

G‘aroyib musiqiy asbob uchun «qurilish materiali» sifatida ekranining diagonali 9,7 duymli yuz donadan ortiq Samsung Galaxy Tab S2 qurilmasidan foydalanildi. «Planshetli» pianinoning taxminiy narxi — $40 000, uni bayramona bezatib, London savdo markazi Spitalfields Market oldidagi archa tagiga qo‘yadilar. Samsung Yangi yil sovg‘asi yoniga o‘tirib, unda dastlabki notalar ohanglarini taratish baxtiga britaniyalik pianino cholg‘uchisi, qo‘shiqchi hamda aktrisa Maylin Klass (Myleene Klass) muyassar bo‘ladi.

Suratda ko‘rinib turibdiki, faqat dekorativ hamda pianino klaviaturasini tashkil etuvchi reklamaga mo‘ljallangan qator qurilmalargina funksional bo‘lib hisoblanadi. Eslatib o‘tamiz, Samsung Galaxy Tab S2 sakkiz yadroli protsessor Exynos 5433 bazasida qurilgan va 3 Gbayt operativ xotira, 32-Gbayt kiritilgan jamlovchi, shu-ningdek, 4G moduli bilan jihozlangan. Model ikki — 8 va 9,7 duymli ekranli versiyada taqdim etiladi, biroq har ikki holatda ham razresheniyesi 2048 х 1536 pikselni tashkil etadi.

Manba: www.samsung.com

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq