Radioelektron vositalardan foydalanish qoidalarining buzilishi
22.12.2015
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Joriy yilning noyabr oyida Andijon viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati tomonidan Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspektsiyasining Andijon viloyati hududiy bo‘linmasiga taqdim etilgan ma’lumotlarga asosan 1 ta holatda Mas’ulyati cheklangan jamiyat shaklidagi “Clasica shoes international” o‘zbek-xitoy qo‘shma korhonasi tomonidan radioelektron vositalardan “Elektromagnit moslashuv markazi” DUKning tegishli ruxsatnomasisiz noqonuniy foydalanilib kelinayotganligi aniqlandi.

Ushbu holat yuzasidan Inspektsiyaning Andijon viloyati hududiy bo‘linmasi tomonidan vakolati doirasida ma’muriy ish ko‘rib chiqilib, huquqbuzarlikni sodir etgan Qo‘shma korhonaning mansabdor shaxsiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida”gi kodeksning 152- moddasi 1- qismiga asosan ma’muriy javobgarlik chorasi ko‘rildi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq