Elektron kataloglashtirishni o‘rgatishda virtual trenajyorlardan foydalanish
22.12.2015
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: Ulug‘bek Karimov, Shaxzod Ruziyev.

Bugungi kunda virtual trenajyorlardan mustaqil ta’lim olishda samarali foydalanilmoqda. Kompyuter dasturlarini boshqarishni o‘rgatuvchi va chet tillarini o‘rganishda, ayniqsa, ingiliz tilini o‘rganishga (xususan, ingliz tilidagi so‘zlarni yod olishda, to‘g‘ri talaffuz qilishga) mo‘ljallangan virtual tirenajyorlar keng tarqalgan.

Axborot-kutubxona muassasalarida avtomatlashtirilgan axborot-kutubxona tizimlarini joriy qilish axborot-resurs markazlari (ARM) xodimlarini elektron kataloglashtirishga o‘rgatishni talab etadi, Zero, elektron katalog, yig‘ma elektron katalog va elektron kutubxona yaratish murakkab jarayon bo‘lib, ARM xodimlarini avtomatlashtirilgan axborot-kutubxona tizimi bilan ishlashga o‘rgatmasdan turib, muvaffaqiyatga erishib bo‘lmaydi. Shu sababli ham elektron kataloglashtirishni o‘rgatuvchi virtual trenajyor ishlab chiqish va ta’lim jarayoniga tatbiq qilish dolzarb vazifalardan hisoblanadi. Virtual trenajorlardan murakkab jarayonlarni o‘rgatishga mo‘ljallangan amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarini tashkil etishda hamda mustaqil ta’lim olishda samarali foydalanish mumkin.

Bajaradigan funksiyalariga ko‘ra, virtual trenajorlarni quyidagicha guruhlarga ajratish mumkin.
1. Bilim o‘rgatuvchi trenajorlar — Elektron o‘quv adabiyotlari. Multimedia texnologiyalarini (grafika, animatsiya, tovush) ta’lim tizimiga tatbiq etilishi hisobiga o‘quv jarayoni sifati keskin oshdi. Zamonaviy texnologiyalar elektron o‘quv qo‘llanmalarda matematik formulalar, fizika va kimyo fanlariga tegishli materiallarni o‘z-lashtirishga qulay, tushunishga oson shaklda taqdim qilishga imkoniyat yaratdi.
2. Nazorat qiluvchi trenajorlar — talabalarni amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari bo‘yicha egallagan malaka va ko‘nikmalarini hamda nazariy bilishlarini sinashga mo‘ljallangan testlarni o‘tkazishga mo‘ljallangan dasturiy vositalar. Ular biror-bir ishni nazariy jihatdan bajarib ko‘rishga ruxsat berishda ham foydalanishi mumkin. Testlar tarkibiga talabaning trenajorlar bilan ishlashni ko‘r-ko‘rona emas, balki o‘ylab, fikrlab bajarisha undovchi savollar kiritilishi mumkin. Testdan o‘tish jarayoni natijalari nazoratni kuchaytirish maqsadida ballar bilan baholanadi, talabaga topshirilgan testlar soni va jarima ballari ko‘rsatiladi. Javoblarni tasodifiy to-pishni minimumga keltirish uchun har bir test natijasini ekranga chiqarish blokirovka qilinadi.
3. Ish bajarishga o‘rgatuvi trenajorlar — turli sharoitlarda fizik qurilmalar holatini o‘lchashni imitatsiya qiluvchi multimediali animatsion imitatorlar, fizik apparatura bilan virtual amallar bajarishga mo‘ljallangan trenajorlar. Bunday trenajorlarni o‘ziga xos xususiyatlari shundaki, ular fizik qurilmaga aynan o‘xshash bo‘ladi (tashqi ko‘rinishi, tugmalarning panelda joylashuvi, shaklalar va ko‘rsatkichlarning hamda qurilmani boshqarishni ko‘rsatadigan boshqa elementlar) Talaba texnik qurilma bilan to‘liq tanishib chiqish va cheklangan sonda qurilmani boshqarish va sozlash bo‘yicha bir necha amallarni bajarib ko‘rishi mumkin. Bu yerda shuni alohida qayd etish lozimki, virtual laboratoriya tarkibida biz yuqorida ko‘rib o‘tgan virtual trenajorlarning barcha ko‘rinishlari bo‘lishi zarur.

Bugungi kunda Respublikamizning Oliy ta’lim muassasalari(OTM) va o‘rta maxsus ta’lim tizimi qoshidagi ARMlarida avtomatlashtirilgan axborot-kutubxona tizimi (ARMAT-U) joriy qilinmoqda. Tizim bilan ishlashga o‘rgatish maqsadida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qoshidagi «Ta’lim muassasalarida elektron ta’limni joriy qilish markazi»da OTM ARM xodimlarini va O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi kadrlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash institutida esa kasb-hunar kollejlariga qarashli ARM xodimlari maxsus dastur asosida elektron kataloglashtirishga o‘qitish tashkil qilingan. Elektron kataloglashtirish, axborot-kutubxona jarayonlarini avtomatlashtirishda eng murakkab jarayon bo‘lgani uchun ham ARM xodimlarini avtomatlashtirilgan tizim bilan ishlashga o‘rgatishda virtual trenajorlardan foydalanish maqsadga muvofiq. Quyida elektron kataloglashtirishni o‘rgatishda foydalaniladigan virtual trenajordan foydalanishni ko‘rib chiqamiz. Virtual trenajorning bosh sahifasini ochamiz.

elek_22_12_2015

Virtual trenajorning bosh sahifasi

elek_22_12_2015_1

Bosh sahifadagi “Kirish” tugmasini bosish orqali virtual trenajor ishga tushiriladi

Login va parol maydonlariga qiymatlar to‘g‘ri kiritilganda virtual trenajor ishni davom ettirishga ruxsat beradi, aks holda, «login yoki parol noto‘g‘ri kiritilgan» jumlasi paydo bo‘ladi. Faqat «login» va «parol» maydonlariga to‘g‘ri qiymatlar kiritilganda keyingi bosqichga o‘tiladi. Bu bosqichda «Ish sahifasi»dan «Kataloglashtirish» tanlanib «Elektron katalog» tugmasi chertilganda keyingi bosqichga o‘tishga ruxsat beriladi, aks holda, ish to‘g‘ri bajarilmaguncha keyingi bosqichga o‘tilmaydi.

elek_22_12_2015_2

Ish sahifasini tanlash

Ish sahifasi to‘g‘ri tanlanib, «elektron katalog» tugmasi sichqoncha bilan chertilganda, «yangi adabiyot qo‘shish» imkoniyatini beruvchi sahifaga o‘tiladi. Bu sahifada faqat «yangi adabiyot qo‘shish» tugmasi chertilganda keyingi bosqichga o‘tiladi. Sahifadagi boshqa barcha tugmalar ishlamaydi. Demak, foydalanuvchi virtual trenajyor ko‘rsatgan yo‘ldan yurishga majbur bo‘ladi. «Yangi adabiyot qo‘shish» tugmasi chertilganda foydalanuvchiga 1–4 muallifli va ko‘p tomlik hujjatlarni kataloglashtirishni o‘rganishni tanlashga imkoniyat beradi. Agarda kataloglashtirishni o‘rganuvchi xodim «Bir muallifli kitob kiritish» tugmasini chertsa, bir muallifli kitob bibliografik tavsif elementlarni ARMAT-U tizimi elektron katalogi ma’lumotlar bazasiga kiritishni o‘rganishni boshlaydi.

elek_22_12_2015_3

Yangi adabiyot qo‘shish sahifasiga o‘tish

Faraz qilamiz, kataloglashtirishni o‘rganayotgan xodim bir muallifli kitob bibliografik tavsif elementlarni tizimning elektron katalogiga kiritishni o‘rganishga kirishsin. Buning uchun u «Bir muallifli kitob kiritish» tugmasini chertishi kerak.

elek_22_12_2015_4

Kataloglashtirish usulini tanlash

Natijada bir muallifli kitob bibliografik tavsif elementlarini tizimning elektron katalogiga kiritish imkoniyati yaratiladi. Kitobning titul varag‘ini ko‘rish uchun kataloglashtirilayotgan hujjatga tegishli bibliografik tavsif elementlari menyusidan «titul varag‘i»ni tanlaymiz va quyidagi natijaga ega bo‘lamiz. Menyudan foydalanib, kataloglashtirilayotgan kitobning bibliografik tavsif elementlarini ko‘rish mumkin. Kataloglashtiruvchi kataloglash-tirilayotgan bir muallifli asar kitob bibliografik tavsif elementlari bilan tanishgach, kataloglashtirish jarayonini boshlashi kerak. Buning uchun virtual trenajordagi 008 maydon va unga tegishli maydonostilarni to‘ldirishdan ishni boshlaymiz. 008 maydonning o‘ng tomonidagi tugmachani chertamiz va ochilgan maydondagi maydon va maydonostilarni to‘ldira boshlaymiz. 008 maydon va maydonostilarga faqat to‘g‘ri ma’lumotlar kiritilgandagina kataloglashtirish jarayoni keyingi bosqichga o‘tishi mumkin, aks holda, virtual trenajor menyudan to‘g‘ri ma’lumotlar tanlanmaguncha, keyingi bosqichga o‘tishga ruxsat bermaydi. Demak, trenajyor kataloglashtiruvchini bir necha imkoniyatdan to‘g‘risini tanlashga majbur qiladi.

elek_22_12_2015_5

Menyudan kataloglashtirilayotgan hujjatning titul varag‘ini tanlash

elek_22_12_2015_6

Kataloglashtirilayotgan kitobning titul varag‘i

elek_22_12_2015_7

008 maydon va maydonostilarni to‘ldirish

Shunday qilib, virtual trenajor ARMAT-U tizimida elektron kataloglashtirish jarayonini o‘rganishda katta imkoniyat yaratadi. Trenajyor tizimning maydon va maydonostilarga faqat to‘g‘ri ma’lumotlar kiritilganda keyingi bosqichga o‘tishga ruxsat beradi, aks holda, bajarilgan ishning noto‘g‘riligini ta’kidlab turadi va kataloglashtiruvchini to‘g‘ri ma’lumotlarni kiritishga undaydi. Elektron kataloglashtirishni o‘rgatishda virtual trenajyorlardan foydalanish quyidagi imkoniyatlarni yaratadi:
1. Elektron kataloglashtirishni mustaqil ravishda, o‘qituvchining ishtirokisiz o‘zlashtirish.
2. Virtual trenajyor yordamida elektron katalog ma’lumotlar bazasiga kataloglashtirilayotgan hujjat bibliografik tavsif elementlarini GOST talablari asosida kiritishni o‘zlashtirish.
3. Virtual trenajyor yordamida kataloglashtiruvchilarning elektron kataloglashtirish to‘g‘risidagi bilimlarini ba-holash. Elektron kataloglashtirishni o‘rgatuvchi virtual trenajyor Toshkent axborot texnologiyalari universitetining «Axborot-kutubxona tizimlari» kafedrasi magistranti Ro‘ziyev Sh. tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, trenajyor ARM xodimlari malakasini oshirish kurslarida muvaffaqiyatli qo‘llanilmoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar
1. Вавилова Н. И. Проектирование виртуальных тренажеров.
2. Разработка виртуальных тренажеров путем моделирования технологических процессов пищевых производств с использованием языка программирования LabVIEW.
3. Rahmatullaev M. A., Karimov U. va boshqalar. «Axborot-kutubxona muassasalarining avtomatlashtirilgan tizimi»: uslubiy qo‘llanma. — Toshkent. — Online Press — 2014. 229 b.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq