“Telekommunikatsiya va personalni rivojlantirish markazi” filialida axborot xavfsizligini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan o‘quv kursi tashkil etildi
18.12.2015
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

inf_17_12_2015

Bugungi globallashuv davrida axborotni himoya qilish, informatsion ta’sir va xurujlarga qarshi tura olish dolzarb vazifa hisoblanadi. Masalaning yana bir ahamiyatli tomoni shundaki, axborot xavfsizligi milliy xavfsizlikning salmoqli bo‘lagi va jamiyat barqarorligining muhim omillaridan biri hisoblanadi. Shu boisdan, Axborot xavfsizligini ta’minlash markazi o‘z maqsad va vazifalaridan kelib chiqib, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, tashkilot va muassasalarida axborot xavfsizligining turli qirralarini qamrab olgan o‘quv kurslarini tashkil etib keladi.

Joriy yilning 9-14 dekabr kunlari ana shunday o‘quv kurslarining navbatdagisi “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasining “Telekommunikatsiya va personalni rivojlantirish markazi” filialida “Korxonalarda axborot xavfsizligi. Axborotlashtirish obyektlarida axborotlarni himoya qilish vositalari va texnologiyalari” mavzusida tashkil etildi. Mazkur o‘quv kursida korxonalarning axborotlashtirish obyektlarining himoyasi va xavfsizlik siyosatini ishlab chiqish masalalari bilan shug‘ullanuvchi tarmoq va kommunikatsiya xizmatlari xodimlari ishtirok etdilar.

Olti kun davom etgan mazkur o‘quv kursini tashkil etishdan ko‘zlangan maqsad – axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida faoliyat yurituvchi xodimlarning axborot xavfsizligi yo‘nalishida malakasini oshirish va ularni mazkur yo‘nalishdagi yangi tendensiyalar bilan tanishtirishdan iborat.

Ushbu o‘quv kursi Axborot xavfsizligini ta’minlash markazi bo‘lim boshlig‘i Adilbek Ishmuratov tomonidan axborot xavfsizligi sohasida dolzarb hisoblangan muammolarni qamrab olgan mavzular asosida olib borildi. Har bir dars qiziqarli tarzda o‘tishini ta’minlash maqsadida interfaol usullardan foydalanildi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq