Yotib ishlashni yoqtiradiganlar uchun Altwork Station ishchi stansiyasi
15.12.2015
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

alt_15_12_2015

O‘tirib, tik turib ishlashni yoqtiradiganlar uchun Altwork Amerika startapi ishchi stansiyasi ishlab chiqarilgan. Altwork Station yotgan holda kompyuterda ishlaydigan dasturchilar, dizaynerlar, muhandislar va qolgan barcha uchun mo‘ljallangan.

Tizim holati uning tugmalari asosida amalga oshiriladi. To‘rt ish holatidagi: tik turib, o‘tirib, guruh bo‘lib va yotib ishlash rejimiga ega. Guruhiy rejim oldingi ikkisidan quyigagilar bilan farq qiladi, ya’ni monitorni kiritilgan mexanizmi asosida istalgan tomonga yo‘naltirish mumkin. Yotib ishlash rejimida buyum tushib ketishining oldini olish uchun Altwork ishchi stansiyani magnitlar bilan jihozladi. Startap mualliflari tizimni o‘z tajribalari asosida yaratdilar. Kompaniya direktorlaridan biri ish kunini turgan holda ishlash bilan boshlashni to‘g‘ri deb biladi. Keyin tabiiy holda charchoqni his qilgach, o‘rindiqqa o‘tirish zarurati paydo bo‘ladi. Ish kunining oxirida vazifalarga diqqatni qaratish zarur bo‘lganida, toliqqach, ayniqsa, 8 soatlik ish kunida xodim o‘z tanasini qo‘shimcha qulaylik bilan ta’minlashi zarur bo‘ladi.

Altwork bergan ma’lumotlarga muvofiq, matn terish mashinkasi ixtiro etilganidan buyon ishlashda o‘tirish usulidan foydalanish hozirgacha o‘zgarmagan, bu usul 2015-yilda ham dolzarbdir. Ishlab chiqaruvchi o‘z tizimini XXI asr yechimi deb atagan. Tizimga bir qator murakkab muhandislik yechimlari kiritilgan, ulardan biri dumga o‘xshab egilib, bukiluvchan tayangich bilan qo‘llab-quvvatlangan. Tizim AQSHda ishlab chiqilmoqda va hozircha narxi ham qimmat emas: Altwork Stationning boshlang‘ich narxi 3900 dollar etib belgilangan, biroq vaqt o‘tishi bilan narx 2000 marta oshib ketishi mumkin. Altwork Station kattaligi bo‘yicha uni oddiy ofisga o‘rnatishning imkoni bo‘lmasligi mumkin, biroq u yuqori texnologik firma yoki yirik kompaniyalar bo‘limlariga to‘g‘ri keladi.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq