WowWee kompaniyasidan CHiP robot-kuchukchasi
15.12.2015
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

wow_15_12_2015

Yuqoritexnologik o‘yinchoqlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan WowWee kompaniyasi mutaxassislari CHiP laqabli yangi robot-kuchukchasini taqdim etdilar. Mazkur o‘yinchoq zangori svetodiodli hamda ko‘plab, turli datchiklarga ega, oq-qora robot-kuchukchasidan iborat. Datchiklari yordamida robot-kuchukcha xonada harakatlanadi, o‘z koptokchasini topadi va hatto dok-stansiyasidan mustaqil quvvat olishga qodir.

Gadjet Bluetooth orqali smart-bilaguzugiga ulanadi, uning yordamida robot-kuchukchaga buyruq berish yoki uning joylashgan o‘rnini nazorat qilish mumkin. O‘yinchoq oyoqlari uning erkin harakatlanishiga imkon beruvchi g‘ildiraklarda o‘rnatilgan bo‘lib, istalgan yo‘nalishda foydalanishni ta’minlaydi. Foydalanuvchi bilaguzukni taqqanida robot-kuchukcha darhol uning qayerdaligini topa oladi. Bundan tashqari, CHiP yonida yosh bolakay yaqinlashganida, uning qiziqishini tushunib, boshini silashga ruxsat beradi.

WowWee kompaniyasi tomonidan biroz vaqt o‘tgach, robot-kuchukchaning inson bilan yanada keng o‘zaro aloqasini ta’minlaydigan, yangi sensorli datchiklar qo‘shimcha qilinishi va’da qilindi. Robot-kuchukchaning koptokchasi ham mayoqchaga ega bo‘lib, uning evaziga CHiP o‘z o‘yinchog‘ini «ko‘radi» va uni olib keladi, quvnab, o‘ynab yuradi. Quyosh botar chog‘ida robot «gilamchasi» (dok-stansiya)ni izlaydi. U o‘zi yugura oladi, uyda hech kim bo‘lmaganida kimdir kirib kelsa, go‘yo «quvonadi». Chipning bir marta olgan quvvati ikki soatga yetarli bo‘ladi va akkumulyatori ikki soatda yetarli to‘liq quvvat oladi. Robot-kuchukchaning bahosi 199 dollar etib belgilangan, sotuvga kelasi yil taqdim etish rejalashtirilgan.

Manba: www.wowwee.com

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq