TrendForce ma’lumotlariga ko‘ra 2015-yilda bozorda smartfonlar narxi 9,7 foizga o‘sdi
15.12.2015
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

TrendForce kompaniyasi analitiklari smartfonlar bozorining joriy yildagi dastlabki yakunlarini e’lon qildilar. Dastlabki hisoblarga ko‘ra, 2015-yilda 1,286 mlrd. dona smartfon sotilgan. Mazkur bozorning o‘sish ko‘rsatkichi o‘tgan yilga nisbatan 9,7 foizni tashkil etdi. Bunda Xitoy ishlab chiqaruvchilari tomonida yetkazib berish hajmi bir yil mobaynida 14,5 foizga o‘sdi. Natijada jahon bozorida ularning ulushi 41 foizga yetdi.

trend_15_12_2015

TrendForce mutaxassislarining prognozlariga ko‘ra, bozorning o‘sishi pasayib boradi. Bu ilgari ikki xonali raqamlar bilan ifodalangan edi. Bu yil ilk bor 10 foizdan kamaydi, 2016-yilda esa 7,3 foizgacha tushib ketadi. Yil bo‘yicha jami taxminan 1,4 mlrd. dona smartfon sotilgan. Bozorda eng asosiy o‘sish ko‘rsatkichlari va tez o‘sib boruvchi bozor uchun raqobatbardoshlik, masalan, hind bozoriga nisbatan Xitoy ishlab chiqaruvchilarining mahsulotlariga tegishli bo‘lib qolmoqda. Samsung 2016-yilda bozorda yetakchilikni saqlab qoldi, biroq mazkur kompaniyaning ulushi xitoylik raqobatchilari ta’sirida 22 foizgacha kamaydi. Apple kompaniyasi Samsungdan ortda qolish oralig‘ini qisqartirdi. Yilning ikkinchi choragida Apple to‘rt duymli iPhone C modeli seriyasini, yilning ikkinchi yarmida — smartfonlarning keyingi avlodi (iPhone 7)ni chiqarmoqda. 5,5 duymli ekranga ega modelining asosiy yangiligi 3 GB operativ xotirasining va suv o‘tkazmaslik qobiliyatining mavjudligidir. Bozorda 2016-yilda Apple smartfonlarning ulushi 18,5 foizni tashkil etadi

Manba: http://press.trendforce.com

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq