Spencer robotlari Amsterdam aholisi va Sxipxol aeroportida mehmonlarga yordam beradi
15.12.2015
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

rob_15_12_2015

Amsterdam Sxipxol aeroporti joriy yil 30-noyabr kunidan boshlab, zarur axborotlarni taqdim etib, Amsterdam aholisi hamda mehmonlariga yordam ko‘rsatuvchi Spencer robotini sinovdan o‘tkaza boshladi. Loyiha mualliflari ta’kidlashlaricha, ularning robot-gid yaratilishlarida quruq statistika turtki bo‘ldi.

Ma’lum bo‘lishicha, juda ko‘plab yo‘lovchilar yo‘l topishga qiynalib, mayda ovoragarchiliklar bilan o‘z reyslariga vaqtiga yetib kela olmas ekanlar. Spencer roboti yo‘lovchilarga yo‘l torishda yordam ko‘rsatishni taklif etadi va belgilangan joyga yetib borishda hamroh bo‘ladi. Spencer terminali bo‘yicha xavfsiz joylashish uchun aeroportning aniq xaritasidan, shuningdek, yo‘ldagi to‘siqlar va boshqa texnika hamda odamlarga to‘qnashib ketmasligi uchun lazerli skaner tizimidan foydalaniladi.

Test sinovlarining birinchi bosqichida dasturchilar oldida ma’lumot yig‘ish va turli Spencer tizimlarini takomillashtirib, tuzatish kiritish rejalashtirilgan. Yakuniy bosqichiga o‘tish Spencer va shunga o‘xshash robotlarni maqsadga muvofiq joriy qilinishini Yevropa komissiyasi vakillari baholashlari uchun kelgusi yil mart oyiga rejalashtirilgan.

Manba: http://phys.org

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq