Rossiyaning yangi avlod robotlari sun’iy intellektga ega bo‘ladilar
15.12.2015
Rukn: Texnologiya, Yangiliklar.
Muallif: .

«Asboblar qurilishi bo‘yicha birlashgan korporatsiyasi» robototexnika uchun navbatdagi avlod sun’iy intellektlari texnologiyalarini yaratishga oid ishlarni amalga oshirmoqda, mazkur texnologiyalar insonlar kabi turli qobiliyatlar bilan ta’inlanishi ta’kidlanmoqda.

ros_15_12_2015

Mashinalar sun’iy yo‘ldosh navigatsiyasidan signal bo‘lmaganda ham texnik ko‘rish tizimi evaziga borliqda mustaqil mo‘ljal olishlari mumkinligi ma’lum qilinadi. Bundan tashqari, robotlar videotasvir bo‘yicha obyektlarni taniy oladilar. Harakatlanish yo‘nalishini mustaqil tanlay oladilar va yo‘ldagi turli to‘siqlarga muvofiq, yo‘llar yo‘nalishini o‘zgartirishlari ham mumkin. Yer ustida harakatlanadigan robotlar operatorlarning ishtirokisiz boshqa, masalan, havodagi avtomatlashgan vositalar bilan ham o‘zaro munosabatda bo‘la oladilar. Hozirgi vaqtda korxonaning kvadrokopteri va Stels 600 rossiya kvadrotsikli ishtirokida guruh tarkibining o‘zaro munosabati ustida ishlamoqdalar. Uchish apparati bortidan olingan videokuzatish ma’lumotlari yordamida yer ustidagi robot o‘z yo‘nalishini o‘zgartirishi va ishga qayta sozlanishi mumkin. Ishlab chiquvchilarning fikriga ko‘ra, kvadrotsikl va kvadrokopter — murakkab texnologik majmua uchun vaqtinchalik qobiq vazafasini o‘taydi va kelgusida har qanday robototexnika vositalariga o‘rnatilishi mumkin.

«Mutaxassislar o‘zida nafaqat sun’iy intellektni, balki texnik ko‘rish qobiliati, neyrotarmoq va gibrid kompyuterlarning apparatli texnologiyasini jamlagan, istiqbolli texnologik platformani ishlab chiqishning uddasidan chiqdilar», — ma’lum qiladilar asbob qurish korporatsiyasi mutaxassislari. 2016-yil fevral oyida navbatdagi amalga oshirilgan ishlar natijalari — intellektual kvadrokopterlar va to‘rt robotlashgan kvadrotsikllar-majmuasining o‘zaro ta’sirini namoyish etiladi. Platformaning yangi dasturiga SLAM-texnologiyasi kiritilgan — ularning yordamida robot o‘zi harakatlanadigan joylarning uch o‘lchamli elektron xaritasini yaratadi.

Manba: www.opkrt.ru

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq