Qiziqarli fAKTlar
15.12.2015
Rukn: Qiziqarli fAKTlar.
Muallif: .

akt_15_12_2015

AKT sohasida qiziqarli ma’lumotlarga bag‘ishlangan navbatdagi sahifamizda Li-Fi texnologiyalari haqida hikoya qilinadi.

Li-Fi texnologiyasi – chiroq nuridan yuqori tezlikdagi internet taqdim etilishi endi haqiqatga aylandi
Olimlar yangi Li-Fi texnologiyasi yordamida ma’lumotlar uzatish tezligini 10 Gbit/s. gacha yetkazishga erishganlarini ma’lum qildilar. Ularning fikricha, kelajakda, ma’lumotlar uzatish bo‘yicha Li-Fi hozirgi davrda mavjud bo‘lgan simsiz radiotizimlar bilan solishtirililganda arzon va quvvatni tejaydigan, samarali usul bo‘ib qolishi mumkin. Gap shundaki, elektromagnit spektrining bir qismi bo‘lgan — nur, radionurlanish miqyosi spektridan taxminan 10 000 marta kengroq. Nazariy jihatdan yorug‘likdan foydalanish uzatish kanalining cheksiz kengligini ta’minlay oladi. Light Fidelity — Li-Fi texnologiyasi qisqacha talqin qilinganda — bu simsiz ma’lumotlar uzatishning optik texnologiyasidir. Mazkur texnologiya yaqindagina — 2011-yilda ishlab chiqilgan va taqdim etilgandi.
Bu voqea TED Talk konferensiyasida sodir bo‘lgandi. Ishlanma muallifi dasturchi-olim Xarald Xaas (Harald Haas)dir. O‘sha davrda ma’lumotlar uzatish tezligi 10 Mb/s. atrofida bo‘lgandi. Olim 2011-yil oxirigacha tezlikni 100 Mb/s.ga yetkazishni va’da qilgandi.

akt_15_12_2015_1

Light Fidelity texnologiyasi qanday ishlaydi?
Light Fidelity texnologiyasining mohiyati — maxsus svetodiodli manbadan yorug‘lik oqimini ikkilanma modulyatsiyalangan kodi bilan taralishidadir. Modulyatsiya jarayoni juda yuqori chastotada sodir bo‘lganligi sababli ko‘zimiz uni payqay olmaydi. Optik aloqaning bunday turi odatlanib qolganimiz — an’anaviy Wi-Figa nisbatan ancha xavfsiz bo‘lib hisoblanadi. Nima uchun? Eslatib o‘tamiz, Wi-Fi signallarini — amal qilib turgan uskunasi joylashgan joydan deyarli har qanday radiusdagi nuqtada olish mumkin. Li-Fi orqali uzatilgan axborotni olish uchun esa o’z qurilmasini doim Li-Fi egasining yaqiniga joylashtirishi zarur. Buning iloji bo‘lmasligi tu-shunarli. Li-Fi texnologiyasining afzalligini ko‘rsatuvchi yana bir jihati mavjud. Undan tashqi radioto‘lqinlar taratadigan uskunalardan foydalanish taqiqlanadigan joylarda hech bir cheklovsiz foydalanish mumkin. Axir bunday radioto‘lqinlar uskunalarning me’yordagidek, amal qilishini buzishi sir emas. Masalan, Li-Fi texnologiyasidan tibbiy muassasalar intensiv terapiyasi palatalari, samolyot salonlari va boshqalarda ham foydalanish mumkin.

akt_15_12_2015_2

Biroz tarixga nazar tashlaylik
Ehtimol, jurnalxonlarimiz ma’lumotlar uzatish uchun yorug‘likdan foydalanish g‘oyasi haqida fikr yuritayotganimizni unutmagandirlar. Hali o‘quvchilik davrimizdayoq fizika fanidan buyuk ixtirochi Aleksandr Bell haqidagi axborotlar ham ko‘pchilikning yodida bo‘lsa kerak? Aleksandr Bell 1880-yilda fotofon yordamida xabar jo‘natishga erishgandi. Keyingi yillarda ham dasturchilarda yorug‘likka qiziqish kuchaya boshladi. Olimlar oddiy cho‘glanma lampalariga nisbatan juda ingichka sozlangan svetodiodlarning tarqalishi, ehtimol texnologiyani foydalanishda yanada tejamkor va qulaylashtirilishini yaxshi tushunadilar. Ta’kidlash zarurki, bu butun jahonda simsiz kommunikatsiya qurilmalarining juda ham tez o‘sib borayotgan ommaviyligi radiochastota spektrining tanqisligiga olib borishi muqarrarligining yana bir muhim omilidir. Albatta, bu hol uning muqobilini izlash zaruratini yuzaga keltirdi.

Li-Fi texnologiyasining yaratilish sabablari

Hozirgi davrda simsiz ma’lumotlar uzatish texnologiyasidan foydalanish masalasining zarurati umuman dolzarb emas. Biz axborot tarmoqlarining taraqqiyoti asrida yashamoqdamiz. Taxminan 10–15 yil ilgari Internet tarmog‘iga ommaviy ulanish holati bo‘lmagandi, hozirgi vaqtda esa deyarli har bir uyda ma’lumotlar uzatish mahalliy tarmog‘i mavjud. Biroq deyarli barcha ishlanmalar va ma’lumotlar uzatish texnologiyalaridan foydalanishning foydali tomonidan tashqari, jiddiy salbiy jihatlari ham mavjud. Bu yerda simli aloqa haqida umuman fikr yuritilmayapti, sababi ularning qo‘llanishi juda olis masofa va statsionar kompyuter mavjud bo‘lgandagina o‘zini oqlaydi. Bu holda bir marta razvodka xarid qilib, kelgusi natijalarni olish mumkin, biroq bunda, sertifikatlangan kabeldan foydalanish zarur; bundan tashqari, kabellarni yotqizish va uchlarini ulash tamoyillari malakasiga ega bo‘lish ham zarur.

Hozirgi vaqtda Wi-Fi texnologiyasi bo‘yicha amalga oshirilgan simsiz tarmoqlardan deyarli har bir uyda foydalanilmoqda. Simli va simsiz kanallarni birlashtiruvchi gibrid tarmoqlar ham mavjud. Simsiz Wi-Fi tarmog‘ining qanday noqulay jihati mavjud? Birinchidan — bu tez-tez yuzaga keladigan simsiz aloqa kanalining himoyalanganligi masalasidir. Ishlab chiqaruvchilar ishontirib ta’kidlashlaricha tarmoq qurilmalarini buzib kirish mumkin emas. Bunday fikrlarni ko‘p eshitamiz, biroq bu fikrga qarshi ko‘plab gumonlar yuzaga keladi. Ikkinchidan — uzoq muddat mobaynida elektromagnit to‘lqinlarining simsiz adapterlari diapazonlarida nurlanishi ta’sirida inson organizmining zararlanmasligiga hech kim kafolat bera olmaydi. Hozircha uzoq bo‘lmagan muddat mobaynida insoniyat mazkur texnologiyadan foydalanmoqda, shu sababli xulosa chiqarishning imkoni yo‘q. Nurlanish quvvati kichik bo‘lib, biroq keng tarqalish va uzoq muddatli ekspozitsiya sodir bo‘lmoqda. Кim bilsin, o‘n yildan so‘ng, ehtimol undan ilgariroq bizni qandaydir natijalar kutayotgandir.

Li-Fi texnologiyasi qanday jihatlarga ega?
Light Fidelity salbiy ta’sirlardan holi deb aytish mumkin. Mazkur texnologiyadan har qanday svetodiodli manbadan taraladigan yorug‘lik yordamida ma’lumotlar uzatishda foydalanilishi haqida fikr yuritgandik, bu esa inson organizmiga salbiy ta’sirlarning bo‘lmasligi bilan uning mobilligini saqlashga imkon beradi. Internetning tezligi bir necha gigabaytga oshiriladi, bunda mazkur texnologiya tarmog‘i bilan qamrab olish hududi ham kengayib boradi.

akt_15_12_2015_3

Li-Fi texnologiyasi tamoyili har qanday yorug‘lik taratadigan svetodiodli lampochka (chiroq) juda katta tezlikda nur «sochishga» qodir, bu esa yorug‘lik modulyatsiyalaridan ma’lumotlar uzatish uchun foydalanishda har qanday manbadan foydalanishga imkon beradi. Bu juda ajoyib yechimdir: uy tarmog‘ida va axborot uzatkichlar sifatida oddiy stol lampasidan ham foydalanish mumkin! Uzatkich sifatida shipdagi yorug‘lik asboblari hamda yorug‘lik manbai vazifazini bajaruvchi turli bezakli jihozlar elementlari — umuman barcha yorug‘lik taratuvchi qurilmalar katta samarali bo‘lib hisoblanadi! Mobil qurilmalar egalari o‘z uylaridagi xonalarning istalgan joyida bemalol mazkur texnologiya bo‘yicha foydalanishlari mumkin, axir yorug‘lik tarmog‘i vositasida doimo uylarimiz charog‘on!

akt_15_12_2015_4

Biroq qurilmalardan tarmoqqa qayta ma’lumotlar uzatish ancha qiyin masala ekanligini ta’kidlash zarur. Bunday holatlarda datchiklarni xona devorlari va shipiga joylashtirish zarurati yuzaga keladi. Li-Fi texnologiyasi uchun qo‘shimcha qurilmalar deyarli zarur emas, axir buning uchun allaqachon mavjud bo‘lgan: ko‘chalardagi oddiy fonarlar, avtomobil faralari, xona yoritkichlaridan ham foydalanish mumkin. Masalan, audiokolonkalar sohasida taniqli ishlab chiqaruvchi Klipsch kompaniyasi 2010-yildayoq oddiy xona svetodiodli lampalari yordamida musiqiy ma’lumotlarni olishga sazovor bo‘ladigan Li-Fi prototiplarini taqdim etgandi.

akt_15_12_2015_5

Li-Fi texnologiyasining istiqboli
Shubhasiz, Li-Fi texnologiyasi istiqboli katta. Agar qandaydir shahardagi hiyobonda svetodiodli nurlanish uskunalari o‘rnatilgan bo‘lsa, barcha uchun Internetga keng kopolosali bepul ulanish imkoni taqdim etilishi mumkin. Li-Fi texnologiyasidan har qanday joyda va istalgan qurilma bilan foydalanish mumkin. Bundan tashqari, an’anaviy, masalan, Li-Fi texnologiyasidan foydalanib, katta shaharlarda ishlash sharoilarida va radioto’lqinlar Li-Fi hududidan tashqarida bo‘lganida mobil aloqasini gibridga almashtirilishi ehtimoli ham mavjud. Bu yerda albatta, ko‘plab xarajatlar talab etiladi, biroq bunday investitsiyalarning o‘rni tezda qoplanadi.

Li-Fi texnologiyasi Wi-Fini to‘liq siqib chiqaradimi?
Britaniya Edinburg Universiteti olimlari 2010-yildayoq quvvat manbalari yordamida, xususan, svetodiodli lampalardan foydalanib, ma’lumotlar uzatishga imkon beruvchi Li-Fi texnologiyasini ishlab chiqdilar. Nazariy jihatdan Li-Fi 224 Gbit/s. tezlikda ma’lumotlar uzatishi mumkin, biroq yaqinda mazkur texnologiya yordamida bir soniyada 1 gigabayt tezlikda ma’lumotlar uzatishga ham erishdilar. Hozirgi davrda ommaviy bo‘lgan bir soniyada 300 Mbit/s. yoki 30 megabaytgacha tezlikda ma’lumotlar uzatishga imkon beruvchi Wi-Fi 802.11n standartiga solishtirilganda, uning o‘tkazish qobiliyati o‘nlab marta past ekanligini ko‘ramiz. PC World portalida bayon etilishicha, Li-Fi inson ko‘ziga ko‘rinmaydigan yorug‘lik spektrida ma’lumotlar uzatadi, shuningdek, Wi-Fi tarmog‘iga nisbatan mazkur texnologiyadan foydalanilganida quvvat samarali sarflanadi. Biroq Li-Fi o‘zining asosiy kamchiligiga muvofiq deyarli hech qayerda foydalanilmayapti: yorug‘lik devordan va boshqa to‘siqlardan o‘ta olmaydi hamda oqibatda, Li-Fidan faqat bir xona miqyosida, masalan, ofisdagina foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Muhandislar Wi-Fidan retranslyatorlaridan foydalanishni, biroq ulardan ko‘plab o‘rnatishga to‘g‘ri kelishini ta’kidlamoqdalar.

Shunday bo‘lsada, Li-Fi texnologiyasining rivoji ustida ishlash uchun Velmenni, pure Li-Fi va Oledcomm kompaniyalari katta hissa qo‘shmoqdalar. Ular ma’lumotlar uzatishning yanada yuqori tezligini rivojlantirishga imkon beruvchi samarali yangi svetodiodli manbalar retranslyatorlarini ishlab chiqarishga intilmoqdalar. Rossiyalik mutaxassislar ishtiroki bilan Li-Fi developerlari Stins Coman kompaniyasi konsortsiumida joriy yil bahordan buyon ma’lumotlar uzatishni 1,25 Gb/s.gacha yetkazishga erishildi. Hozirgi vaqtda foydalanuvchilar hamda optimal texnika ishlab chiqaruvchilariga mos keladigan Li-Fi texnologiyasida ma’lumotlar uzatish standarti ustida ishlamoqdalar. Mutaxassislar fikricha, Li-Fi faol Wi-Fini shu yaqin davrlarda siqib chiqara boshlaydi, bu davrgacha yorug‘lik yordamida ma’lumotlar uzatish tezligi radiosignallardan ko‘ra 100 marta yuqori bo‘ladi. Li-Fining yana bir afzallik jihati: u inson salomatligiga umuman xavfli emas, zararli ta’sir ko‘rsatmaydi, Wi-Fining zararli ta’siri esa ko‘pchilikka ma’lum.

Manba: www.audioandvideo.ru va www.infox.ru

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq