Multimedia tizimlarida axborot resurslarga ishlov berish jarayonining hozirgi holati
15.12.2015
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: Saida Beknazarova, Ozoda Abdullayeva.

mult_15_12_2015

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari(AKT)ning izchil sur’atlarda rivojlanib borishi axborot hajmini keskin oshishiga olib keldi, axborot oqimi tezligi oshdi, shuningdek, axborot resurlariga bo‘lgan ehtiyoj, buyurtma, murojaatlar doirasi ham oshib bordi.

Bunday holatlarda turli ko‘rinishdagi va hajmdagi diskret-uzluksiz axborot resurslarini tizimlashtirish, saqlash, uzatish, qabul qilish, ishlov berish, taqdim etish oson va qulay murojaat interfeysini, vaqt va zamondagi oqimini muvofiqligini ta’minlovchi matematik model, usul va algoritmlarni yaratish orqali foydalanuvchiga tushunarli, ishonchli, to‘liq, anglash va o‘zlashtirish uchun qulay holda axborot taqdim etish muhim ahamiyat kasb etadi. Multimedia tizimlarini loyihalash masalalari, nazariyasi va muammolari holatining tahlili TIAV-multimedia tizimlarining axborot, faoliyat, dinamik modellarini, samarali algoritmlari va dasturiy majmuasini tatbiq etishning tashkiliy tuzilmasini yaratishda ma’lum qiyinchiliklar mavjudligini ko‘rsatdi. Shunday qilib, TIAV-multimedia tizimlarida axborot resurslariga ishlov berishning diskret — uzluksiz jarayonlarini boshqarish tizimini loyihalash uchun muammoni yechishga yo‘naltirilgan dasturiy majmualar asosida samarali algoritmlar, matematik va axborot modellarini yaratish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Butun jahon multimedia vositalarining 1994-yildagi yalpi oboroti 16 mlrd. AQSH dollarini tashkil qilgan bo‘lsa, 2014-yili esa 100 mlrd. AQSH dollarini tashkil etdi. Multemedia texnologiyalarni jadal rivojlanishi natijasida, turli ko‘rinishdagi diskret-uzluksiz axborotni saqlash, ishlov berish, murojaat va taqdim etish 2012-yilga kelib, 83 foizni tashkil etdi.

mult_15_12_2015_1

Multimedia tizimlari va muvofiq innovatsion uslubiyatlarining yaratilishi, rivojlanishi diskret-uzluksiz axborot resurslariga ishlov berish jarayonlarida joriy etishning samarali usullarini tubdan o‘zgartirdi, multimedia tizimining barcha bosqichlarida axborot resurslarini qabul qilish, saqlash, taqdim etish, tizimlashtirish, qulay murojaat interfeysini qo‘llash jarayonlarini jadallashtirishi natijasida foydalanuvchi tomonidan axborot resurlarini to‘liq o‘zlashtirishi va anglashiga erishildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 21-martdagi «Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-1730 son Qarorida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va kompyuter tizimlarini joriy etish va rivojlantirish sohasida birinchi navbatdagi masalalari belgilab berildi.

O‘zbekiston Respublikasining Prezidentining 2011-yil 24-fevraldagi «O‘zbekiston Milliy teleradio-kompaniyasining mediamarkazi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi Qarorida ko‘rsatilgan vazifalar ijrosini ta’minlash uchun multimedia tizim va texnologiyalarini ishlab chiqish zarurdir.

mult_15_12_2015_2

Multimedia axborot tizimlarini qo‘llash sohalari kun sayin kengayib bormoqda. Bugungi kunda ular keng doirada o‘z amaliy tatbig‘ini topmoqda, o‘quv auditoriyalari, konferens-zallari, monitoring kompleks tizimlari, holatlar markazi, boshqaruv markazlari va hokazo. Multimedia tizimining rivojlanishi uning arxitekturasini murakkablashini oshishi bilan xarakterlanadi. Multimedia tizimida harakatlanuvchi barcha jarayonlar diskret-uzluksiz xarakterga ega, natijada bunday avtomatlashtirilgan multimedia tizimlari TIAV obyektlar sinfidan foydalanishga asoslangan TIAV konteynerlarini loyihalashning onlayn konstruktorlarini o‘z ichiga oluvchi modellarini, samarali algoritm va dasturiy majmualarini ishlab chiqish zarurati tug‘iladi.

Zamonaviy multimedia komplekslarining o‘ziga xos xususiyatlari ularning faoliyati diskret-uzluksiz xarakterga ega ekanligi aniqlangan. Avvalo, bu holat madaniyat, ta’lim va boshqa sohalarda alohida tizim ostilarida tashkil bo‘luvchi muvofiq ishlab chiqarish tizimlarida namoyon bo‘ladi. Ularning holatlari ma’lum bir vaqtlarda uzluksiz yoki diskret o‘zgarib turadi.

Diskret-uzluksiz ifodalash shunga olib keladiki, uzluksiz jarayon tizimi ma’lum vaqt oralig‘ida analogli tanlanmalar to‘plamiga o‘zgartiriladi va shakllanadi. Diskret-kvant ifodalanishi diskret-uzluksizdan shu bilan farqlanadiki, unda tanlanma raqam shaklida shakllanadi. Umumlashgan diskret ifodalanishda xabar koordinatalari biron bir qator koeffitsiyentlaridan iborat bo‘lib, bu koordinatalar miqdorini, ya’ni tanlanmalar hajmining kamayishiga olib keladi. Funksiya koordinatalari sifatida Cheboshev, Lejandr, Uolsh va boshqalarning polinomlaridan foydalanish mumkin. Diskret-uzluksiz usulda multimedia tizimlarida axborot-resurslariga muntazam tanlanma yordamida ishlov berishda interpolyatsiya kichik xatolikka erishishi uchun so‘rovning katta chastotasini tanlash lozim bo‘ladi. Bunda qo‘shni tanlanmalar orasida kuchli korrelyatsion bog‘lanish yuzaga keladi, bu o‘z navbatida, axborot uzatish kanalida o‘tkazish imkoniyatini kamaytiradi.

Ortiqchalikni kamaytirish uchun ikki yo‘nalishdan foydalaniladi:
1. Muntazam tanlanmalar koordinatasi sifatida foydalanishgan voz kechish. Bunda so‘rovlar signallari chastotasining o‘zgartirish bilan ifodalash samaradorligi oshadi;
2. Kij=0 ifodalash oralig‘ida alohida signallar hisobini boshlash oralig‘ida korrelyatsion bog‘lanishlar sharoitida koordinatalar sonini qisqartirish imkonini beruvchi umumlashgan diskret ifodalardan foydalanish mumkin.

mult_15_12_2015_9

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq