D-Link Komfy — aqlli uy uchun kuzatuv kamerasi bilan jihozlangan universal yechim
15.12.2015
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

dlink_15_12_2015

D-Link kompaniyasi Komfy nomli aqlli uy qurilmasi bilan mahsulotlari qatorini boyitdii. Yechim juda universal bo‘lib hisoblanadi. Unda kamera o‘rnatilgan bo‘lib, odatiy kuzatish kamerasining barcha funksiyalarini amalga oshiradi, tovush yoki harakatlardan ta’sirlanadi, shuningdek, tundagi boshqa barcha holatlatlarni xotira kartasi yoki bulutli omborda yozib boriladi.

Biroq shu bilan Komfyning imkoniyatlari cheklanmaydi. Qurilma agar biror ko‘rsatkich sezilarli o‘zgargan bo‘lsa haroratni, havo namligini, uning sifatini nazorat qilish va mobil qurilmasi egasiga xabar yuborishi mumkin. Bundan tashqari, yangilik yoritkichni ishga solish tugmasining o‘rnini bosishi mumkin. Qurilma oq va qora rangli kichik korpusga ega bo‘lib, uning kattaligi 76,2 x 50,8 x 50,8 mm va Wi-Fi hamda Bluetooth adapterlari bilan jihozlangan. Ishlab chiqruvchilar Komfyni $300ga baholaganlar. Yaqin vaqtda yetkazib berilishi boshlanadi.

Manba: http://us.dlink.com

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq