Avtomatlashtirilgan axborot kutubxona tizimini o‘qitishning axborot modellari
15.12.2015
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: Hilola Islomova.

Taraqqiyotining bugungi shiddatkor sur’ati, insoniyatning intelektual-axborot davr muhitida yashayotganligi, globallashuv jarayonlarining turli mamlakatlardagi ta’lim tizimini yangi sifat darajasiga olib chiquvchi imkoniyatlari, axborot-kutubxona muassasalarida Avtomatlashtirilgan axborot kutubxona tizimi(AAKT)ni joriy etishda xodimlar malakasini oshirishdagi muammolarning ilmiy hal etish masalasini dolzarb vazifa sifatida kun tartibiga qo‘yilmoqda.

Respublikamizning ko‘pchilik oliy ta’lim muassasalari va o‘rta maxsus ta’lim tizimidagi axborot-resurs markazlarida (ARM) kutubxona jarayonlarini avtomatlashtirishga mo‘ljallangan axborot-resurs markazlarining avtomatlashtirilgan tizimi (ARMAT) joriy qilinmoqda. Avtomatlashtirilgan axborot kutubxona tizimi beshta avtomatlashtirilgan ish o‘rinlaridan iborat bo‘lib, unda kitobxonlarni ro‘yxatga olish, adabiyotlar elektron katalogini shakllantirish, elektron katalogdan foydalanib, kerakli adabiyotlarni qidirish va buyurtmalar berish hamda elektron kutubxona yaratish imkoniyatlari mavjud. Bulardan tashqari, tizim ARM faoliyatiga oid statistik ma’lumotlarni ham avtomatik tarzda, tayyorlay oladi. ARMlardagi axborot jarayonlarini avtomatlashtirishga imkon beruvchi dasturiy vositani muvofaqiyatli joriy qilish uchun birinchi navbatda, xodimlar malakasini oshirishga e’tibor qaratish lozim.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi ta’lim jarayonini takomillashtirishda ham katta ahamiyat kasb etmoqda. Yangi axborot texnologiyalari asosida mashg‘ulotlar olib borish, innovatsion pedagogik texnologiyalarni mustaqil ta’lim tizimiga tatbiq qilish o‘qitishning axborot modellarini ishlab chiqish va ular asosida ta’lim texnologiyalarini yaratishni taqozo etadi. Shu sababli ham avtomatlashtirilgan axborot-kutubxona tizimlarini axborot-kutubxona muassasalarida joriy qilish maqsadida tashkil qilinadigan o‘quv kurslarida foydalanishga mo‘ljallangan o‘qitishning axborot modellarini ko‘rib chiqaylik.

1-model. ARM xodimlaridan iborat tinglovchilardan 10 kishilik guruh tashkil etiladi. Tinglovchilarga AAKT beshta moduli bo‘yicha ma’ruzalar o‘qiladi. Tinglovchilarning olgan bilimlarini nazorat qilish test sinovlari orqali amalga oshiriladi.

2-model. АRM xodimlaridan iborat tinglovchilardan 10 kishilik guruh tashkil etiladi. Tinglovchilarga AAKT beshta moduli bo‘yicha ma’ruzalar o‘qiladi. Tinglovchilarning olgan bilimlarini nazorat qilish test sinovlari orqali amalga oshiriladi. Olingan natijalar tahlil qilinadi. Tinglovchilar mustaqil ravishda, beshta modul bo‘yicha tay-yorlangan multimediali qo‘llanmalardan foydalanadilar. Mustaqil ta’limdan so‘ng yana test sinovlari o‘tkaziladi. Ma’ruza o‘qilgandan so‘nggi va multimediali qo‘llanmalardan mustaqil ravishda foydalangandan so‘ng olingan test natijalari taqqoslanadi.

3-model. АRM xodimlaridan iborat tinglovchilardan 10 kishilik guruh tashkil etiladi. Tinglovchilarga AAKT beshta moduli bo‘yicha ma’ruzalar o‘qiladi. Tinglovchilarning olgan bilimlarini nazorat qilish test sinovlari orqali amalga oshiriladi. Olingan natijalar tahlil qilinadi. Tinglovchilar mustaqil ravishda, beshta modul bo‘yicha tayyorlangan multimediali qo‘llanmalardan foydalanadilar. Mustaqil ta’limdan so‘ng yana test sinovlari o‘tkaziladi. Ma’ruza o‘qilgandan so‘nggi va multimediali qo‘llanmalardan mustaqil ravishda foydalangandan so‘ng olingan test natijalari taqqoslanadi. Tinglovchilarga mustaqil ravishda, AAKTda ishlash ko‘nikmasi va malakasini rivojlantirishga mo‘ljallangan virtual trenajyorlarda ishlash taklif etiladi. Virtual trenajyorlarda AAKT bilan ishlashni o‘rgangan tinglovchilar test-sinovlari topshiradilar. Olingan natijalar tahlil qilinadi. Uchta model bo‘yicha olingan natijalar tahlil qilinadi.

Avtomatlashtirilgan axborot-kutubxona tizimini axborot-kutubxona muassasalarida o‘qitishni tashkil qilishda birinchi model bilash o‘quv jarayoni tashkil qilinganda, tinglovchilarga tegishli bilim, malaka va ko‘nikmalar faqat ma’ruzachining ma’ruzasi va taqdimoti orqali yetkaziladi. Tinglovchilar tizim bilan ishlashni mustaqil ravishda o‘rganishga majbur bo‘ladilar.

Dars jarayoni ikkinchi model asosida tashkil qilinsa, avtomatlashtirilgan axborot-kutubxona tizimini mustaqil ravishda o‘rganishga mo‘ljallangan multimediali o‘quv qo‘llanmalar yaratish kerak bo‘ladi. Bunday holda, ayniqsa, elektron kataloglashtirish jarayonlarini o‘rgatishga mo‘ljallangan multimediali qo‘llanmalardan foydalanish katta samara beradi. Ma’ruzalar davomida nazariy materiallarni o‘zlashtirgan tinglovchilar, mustaqil ravishda multimediali o‘quv qo‘llanmalardan foydalanishlari ularning olgan nazariy bilimlarini amalda qo‘llab ko‘rish imkoniyatini yaratadi.
O‘qitishning uchinchi modeli asosida mashg‘ulotlar olib borilganda, dastlab ma’ruzalar o‘qildi, tinglovchilar multimediali o‘quv qo‘llanmalardan foydalanib, avtomatlashtirilgan axborot-kutubxona tizimi bilan ishlashni mustaqil o‘rgandilar. Virtual trenajyorlardan foydalanib, kataloglashtirish jarayonini o‘zlashtirish esa ting-lovchilarni passiv kuzatuvchi emas, ya’ni faqat ma’ruza tinglovchisi va multimediali o‘quv qo‘llanmasi bilan qayta va qayta tanishish bilan cheklanmay, balki elektron trejajyor yordamida kataloglashtirish jarayonida bevosita ishtirok etishini ta’minlaydi. Mashg‘ulotlarni tashkil qilishning uchinchi modeli ta’lim jarayonida virtual trenajyorlardan foydalanishni taqozo etadi.

Xulosa qilib, quyidagi natijalarni ko‘rsatish mumkin:
1. Avtomatlashtirilgan axborot kutubxona tizimini o‘qitishning axborot modellarini yaratish va tahlil qilish avtomatlashtirlgan axborot-kutubxona tizimini ARMda joriy qilish jarayonini tezlashtiradi.
2. Avtomatlashtirilgan axborot kutubxona tizimi avtomatlashtirilgan ish o‘rinlarining asosiy funksiyalarini o‘qitishda ta’lim jarayonining maqbul modelini tanlash o‘qitish va o‘zlashtirish sifati va samarasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
3. Avtomatlashtirlgan axborot-kutubxona tizimini axborot-kutubxona muassasalarida samarali joriy qilish uchun faqat ma’ruzalar o‘qish va amaliy ishlar bajarish yetarli emas. Nazariy materiallar ma’ruzalar o‘qish orqali amalga oshirilgach, mustaqil ta’lim, ya’ni multimediali o‘quv adabiyotlardan foydalanish va virtual trenajyorlar bilan ishlash avtomatlashtirilgan axborot-kutub-xona tizimini joriy qilishda katta samara beradi.

AAKT bilan ishlashga o‘rtish va bilimini nazorat qilishning axborot modeli

avto_15_12_2015_1

Avtomatlashtirilgan axborot kutubxona tizimini mustaqil o‘rganishning axborot modeli

avto_15_12_2015_2

Avtomatlashtirilgan axborot kutubxona tizimini o‘rganishda virtual trenajyerlardan foydalanishning axborot modeli

avto_15_12_2015_3

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq