Aroma One «aqlli» qahva qaynatkich yoqimli ta’mni eslatadi
15.12.2015
Rukn: Texnologiya.
Muallif: Jurnal tahririyati.
Ko‘pchilik qahva tayyorlashda o‘z san’ati, kundalik odatlariga ega bo‘lib, bu alohida e’tibor va vaqtni talab etadi. Aroma Brewer kompaniyasi mazali qahvani Aroma One qahva qaynatkich yordamida tezroq va oddiy usulda tayyorlashga erishdi.
Ishlab chiqaruvchi qurilmani «Qahva fani mashinasi» deb atadi. Uning ajoyib funksiyalaridan biri egasining yoqtirgan qahva ta’mini eslab qolishga qodirligidan iborat. Buning evaziga vaqt o‘tishi bilan Aroma One mustaqil ravishda, foydalanuvchi yoqtirgan bunday qahvani tayyorlay oladi. Qahvaqaynatkich qahva mahsuloti tugashiga yaqin mustaqil ravishda, yana buyurtma berishi va jadvalga muvofiq qahvani tayyorlayverishi mumkin. Masalan, qahvaxo‘r ertalab yangi qaynatilgan qahvani olib — faqat o‘zi istaganicha quyib, ichishi mumkin. Gadjet tayyorlash jarayonida, mahsulot sifati va uni tayyorlashdagi aniq haroratga alohida e’tibor qaratadi. Qahvani ichgandan keyin qurilmaga o‘z fikrini bildirishi mumkin va qahvaqaynatkich mazkur fikrlarga muvofiq, navbatdagi qahva tayyorlashga o‘zgarishlar kiritib, qayta sozlanadi.
Manba: www.onegadget.ru