Aqlli ko‘zoynaklar Volkswagen ishchi-xodimlariga yordam beradi
15.12.2015
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Volfsburgdagi Volkswagen kompaniyasi korxona ishchi-xodimlarini aqlli ko‘zoynaklar bilan ta’minlashni boshlagani haqida ma’lum qildi. Bunga uch oylik boshlang‘ich loyiha sabab bo‘ldi. Ta’kidlanishicha, ko‘zoynaklar ombor ishchilariga konveyerga yetkazib berish uchun zarur detallarni tanlashga yordam beradi.

Ko‘zoynaklar foydalanuvchi uchun detallarning joylashgan joyi, katalog raqami haqida muvofiq axborotlarni beradi. Ko‘zoynaklar sensorli va ovozli boshqaruvni qo‘llab-quvvatlaganligi sababli ishchining ikki qo‘li ham butunlay bo‘sh bo‘ladi.

aqli_15_12_2015

Ko‘zoynaklar kamerasi bir vaqtning o‘zida shtrix-kodlar skaneri rolini o‘ynaydi. Bu to‘g‘ri tanlangan detalning yorlig‘i yashil rangli tusda, yorqin ko‘zga tashlanishiga imkon beradi. Agar detal noto‘g‘ri tanlangan bo‘lsa, uning kodi qizil tusda ko‘rinadi. Ishlab chiqaruvchi ko‘zoynaklar foydalanishga asta-sekin va ixtiyoriy kiritilishini ma’lum qildilar. Hozirgi vaqtda 30 nafar xodim ko‘zoynaklardan foydalanmoqda.

Manba: www.volkswagenag.com

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq