“Aloqa bank” xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha musobaqa
15.12.2015
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: Ra’no To‘rayeva.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiya bayrami arafasida AT “Aloqa bank” xodimalari o‘rasida sportning voleybol turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi. Bu yilgi musobaqa o‘tgan galdagidek, azim Samarqand shahrida, joriy yilning 20-22 noyabr kunlari bo‘lib o‘tdi. Havoning biroz sovuq bo‘lishiga qaramay, Samarqand shahrida yaqindagina qad ko‘targan “Emir han” mehmonxonasi AT “Aloqa banki”ning barcha viloyat fililallaridan tashrif buyurgan jamoalar negizida 134 nafar bank xodimalarini qarshi olarkan, voleybol o‘ynash ishtiyoqida kelgan xotin-qizlarning shiddati va sho‘x-shodan kulgulari barchaning kayfiyatini ko‘tardi.

aloqa_15_12_2015

Bundan 8 yil avval bank xodimlari o‘rtasida o‘tkazib kelinayotgan futbol musobaqalari xodimalar o‘rtasida voleybol musobaqasini tashkil etishga turtki bo‘ldi. Korxona kasaba uyushmasi raisi Ramilya Saxaropovaning tashabbusi bilan birinchi jamoa tashkil etilib, bank xodimalari o‘rtasida sportning voleybol turi bo‘yicha musobaqaning birinchi turi boshlanib, unda 8ta jamoa ishtirok etgan edi. Bugunga kelib, jamoalar soni 14taga yetdi.

An’anaga aylangan ushbu musobaqada AT «Aloqa bank»ning barcha fililalarida mehnat qilayotgan 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan rahbar-ayollar, ishchi-xodimlar (jami 112 nafar)dan tashkil topgan hududiy jamoalar ishtirok etdilar. Tadbirning ochilish marosimida so‘zga chiqqan Samarqand filiali rahbari T. Mamatqulov, AT «Aloqa bank» kasaba uyushma qo‘mitasi raisi R. Saxapova, O‘zbekiston axborot texnologiyalari va ommaviy-kammunikatsiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi mas’ul xodimlari R. To‘rayeva va G. Gulyamovalar mamlakatimizda xotin-qizlarning salomatligiga, iqtisodiy va ijtimoiy manfaatlariga davlat siyosati darajasida e’tibor berilayotganini e’tirof etib, bank xodimalari o‘rtasida o‘tkazilayotgan mazkur sport musobaqasi ham bu boradagi uzluksiz ishlarning amaldagi isboti ekanligiga alohida urg‘u berdilar va ishtirokchilariga omad tilagan holda, musobaqaga start berildi. Musobaqaning birinchi o‘yinini «Toshkent-1» va «Bosh ofis» jamoalari boshlab berishdi. Ayollarimizning shijoat, matonat, tezlik, epchilik, qat’iyatlilik, hamjihatlik, ahillik kabi xislatlari — g‘oliblik supasiga erishishlarida asosiy omil bo‘ldi.

aloqa_15_12_2015_1

O‘yinlarning eng avji Toshkent-1, Navoiy, Farg‘ona, Surxondaryo, Buxoro hamda Jizzax jamoalari o‘rtasida kechdi.

Eng quvonarlisi, ayolarimiz oddiy havozkorlikdan endilikda haqqiy sport o‘yinchilariga aylanib borayotganliklarining guvohi bo‘ldik, ayniqsa, safga kirganiga hali ko‘p bo‘lmagan Qo‘qon jamoasi bu gal shiddatli o‘yin ko‘rsatib, Nukus, Jizzax, Buxoro, Surxondaryo, Toshkent-1 va Farg‘ona jamoalarini anchagina ter to‘kishga majbur qildi. Ha, bu yilgi o‘yinlar juda qiziqarli kechdi. Aytish mumkinki, ushbu musobaqalarda yoshidan qat’iy nazar, barcha ishtirokchilar bir tanu-bir jon bo‘lib bellashdilar. Ishtirokchilarining o‘zaro hurmat va bir-birlarini qo‘llab-quvvatlagan holda yuqori kayfiyatda o‘z mahoratlarini ko‘rsata olishlari esa ayollarmizning nafasati va lobarligini namoyon etdi.

Finalga chiqqan jamoalarning shittadli tortishuvlari natijasida uchinchi o‘rin Toshkent-1 va Surxondaryo jamoalariga, ikkinchi o‘rin Qoqon jamoasiga nasib etdi. O‘yinlarda Farg‘ona jamoasining qo‘llari baland bo‘lib, birinchi o‘rin so‘zsiz farg‘onaliklarga nasib etdi va ko‘chma kubog Toshkent-1 jamoasidan Farg‘ona jamoasiga o‘tdi. Musobaqa g‘oliblari alohida nominatsiyalar, mos darajali diplomlar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi. Xususan, «Eng yaxshi to‘p uruvchi» — nukuslik G. Bazarbayevaga, «Eng tajribali o‘yinchi» — jizzaxlik N. Egamovaga, «Eng yaxshi hujumchi» — buxorolik M. Kazakovaga, «Eng yaxshi o‘yinchi» — andijonlik Sh. Qodirovaga, «Eng yaxshi markaziy o‘yinchi» — navoiylik F. Kazakovaga nasib etgan bo‘lsa, «Eng irodali jamoa» — Bosh ofis, «Eng jozibador jamoa» — Sarmarqand, «Eng intizomli jamoa» — Namangan, «Eng chiroyli sport formasi» — Qarshi filial jamoalariga berildi.

aloqa_15_12_2015_2

Bank xodimalaridan haqiqiy sportchilarni tayyorlay olgan Durdona Adamboyeva «Eng yaxshi murabbiy» nominatsiyasida taqdirlandi. Kechki tushlikni esa an’ana bo‘yicha har bir jamoa tayyorlab kelgan madaniy chiqishlar bezadi. Milliy urf-odatlarimizni qadrlash va avloddan-avlodga yetkazish maqsadida jamoalar tomonidan tayyorlab kelingan sahna ko‘rinishlari, kuy va taronalar namoyishi barchaning olqishiyu ehtiromlariga sazovor bo‘ldi.

Ushbu kun aloqa bank xotin-qizlarining dilbar kuy-qo‘shiqlari, maftunkor raqslari, Xorazm lazgisi, Qoraqalpoq qizlarining nafis kuy-qo‘shiqlari, Toshkent-1 jamoasining sahna ko‘rinishi barchaning xotirasida unutilmas taassurot qoldirdi. Tashkil etilgan tadbirning asosiy maqsadi umumbashariy demokratik, huquqiy talablarga javob bera oladigan fuqarolik jamiyatini barpo etish, xalqaro talab va andozalarga mos keladigan ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy munosabatlarni vujudga keltirish, xalqimiz uchun farovon turmush tarzini barpo etish, mehnatkashlar ongida zaminimizda tinchlik, osoyishtalik, hamjihatlik, totuvlik va barqarorlik bo‘yicha shukronalik hislarini uyg‘otish, xotin-qizlar o‘rtasida sport-sog‘lomlashtirish madaniyatini oshirish, ularning jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlash, oilada sog‘lom muhitni shakllantirish orqali sog‘lom avlodni tarbiyalash hamda ularga munosib sharoitlarni yaratish borasida olib borilayotgan ishlarni keng targ‘ib qilishdan iborat bo‘ldi.

aloqa_15_12_2015_3

Shuningdek, yoshlarimiz, ayniqsa, qizlarimizni ma’naviy-axloqiy kamolotga yo‘naltirish, ularning ruhiyatini, iymon-e’tiqodini, irodasini odamiylik, insonparvarlik, yurtparvarlik, mehr-oqibat, sahovat va kelajakka ishonch fazilatlari bilan boyitish, ularning iqtidorlarini rivojlantirish, milliy mentalitetimizga xos bo‘lgan urf-odatlarimizni qadrlash va avloddan-avlodga yetkazishga yo‘naltirildi. Tadbir ishtirokchilari musobaqalarning ertasi kuni Imom Al Buxoriy majmuasi, Go‘ri Amir maqbarasi, Shohi Zinda, Al Moturidiy, Hazrati Doniyor maqbarasi, Hazrati Hizr masjidi va Registon maydoni kabi shaharning tarixiy qadamjolarini ziyorat qildilar, obod, so‘lim va go‘zal, diqqatga sazovor go‘shalar sayohatida bo‘ldilar. Ha, bu yilgi sport tadbiri musobaqalarida xodimalarimiz o‘z kuchlarini sinadilar, maroqli hordiq chiqardilar hamda ko‘ngillarida unitilmas xotira muhrlandi.

AT Aloqa bank mazkur tadbirni yuqori saviyada o‘tishini ta’minlashda ko‘mak bo‘lgan Samarqand filiali rahbariyatiga o‘z minaddorchiligini bildiradi.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq